O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
133
TOHIR MALIK
(1946)
Tohir Malik 1946
yili Toshkentda, ziyoli oilasida
dunyoga kelgan. U ham ba’zi
tengdoshlari kabi o‘rta maktabni tugatgandan keyin kunduzlari qurilishda ishlab,
kechqurunlari Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limida o‘qiydi. Maktablarda
o‘qituvchilik qiladi, nashriyotlarda xizmat etadi. «Lenin uchquni» ro‘znomasida bo‘lim
boshlig’i bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. So‘ngra Resdublika radiotelevideniye qo‘mitasida,
«Guliston» tahririyatlarida ishladi. «Sharq yulduzi» oynomasida mas’ul kotib, «Yoshlik»
oynomasida bosh muharrir hamda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi bo‘lib ham
xizmat qiladi.
Tohir Malik birinchi asari 1971 yilda «Hikmat afandining o‘limi»
nomi bilan chop
etilgan fantastik qissasi bo‘ldi. So‘ngra «Zaharli gubor» (1978) ilmiy-fantastik asari
«Somon yo‘li elchilari» (1079), «Chorrahada qolgan odamlar» (1985), «Qaldirg‘och»
(1987), «Bir ko‘cha, bir kecha» (1988), «Alvido, bolalik» (1989), «So‘nggi o‘q» (1990)
kabi o‘nlab hikoya va qissalar to‘plamlari chon etildi. U yaratgan nasriy asarlar o‘zga
nosirlardan o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turadi.
Yozuvchi ko‘pincha fantastik, ilmiy-fantastik va sarguzasht yo‘nalishda yozadi. Shu
orqali ham hayot, odamlar va jamiyat haqida ancha keng mushohada yuritadi. Shu bilan
birga, «Qaldirg‘och» kabi epik asarlar ham yaratgan. Mazkur
qissada Abdulla Avloniy
hayoti va faoliyati, tarixi, taqdiri misolida 20-yillar o‘zbek ziyolilari sinfining shakllanishi
haqida bahs yuritadi. Shu orqali xalqimiz madaniy-ilmiy dunyoqarashi, kurashnni
umumlashtirib beradi.
Tohir Malik mohir hikoyanavis, qissanavisgina emas, jamoatchi.
jurnalist va tarjimon sifatida ham faol xizmat qiladi. Uning bolgar adabiyotidan qilgan
tarjimalari, Emil Amit,
Axier Hakimov, Suhrob Muhamedov kabi adiblar yaratgan bir
qator hikoya, qissalarni o‘zbek tiliga tarjimasi keng o‘quvchiga taqdim etilgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: