www.ziyouz.com кутубхонаси
131
HOJIAKBAR SHAYXOV (1945) Hojiakbar Shayxov fantast yozuvchi, sehrli adabiy janr ijodkori. U Xitoy Xalq
Respublikasining Chuguchak shahrida 1945 yilning 25 martida tugilgan. O’rta maktabni
bitirgach, 1964—1967 yillarda sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. 1967—1971
yillarda Toshkent politexnika oliy bilimgohida tahsil ko‘rgan. So‘ngra, 1971—1978 yillar
mobaynida elektr tarmoqlari idoralarida, O’zbekiston Fanlar akademiyasining Elektronika
institutida ishlagan. 1978 yilda «Yosh gvardiya» nashriyotida bo‘lim boshlig’i,
O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi birinchi kotibining ijodiy ishlar bo‘yicha muovini
bo‘lib xizmat qilgan. Hozirgi kunda u «Sirli olam» oynomasi va uniig ilovasi bo‘lmish
«Qalb ko‘zi» ro‘znomasining bosh muharriri, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi taftish
hay’atining a’zosi.
U yozuvchi sifatida 70-yillar boshida adabiyotga kirib kelgan. Shu vaqtgacha uning
o‘ttizga yaqii kitoblari chop etilgan. Jumladan, «7-SER»—ilmiy-fantastik hikoya va
qissalari (1972, hamkorlikda yozilgan), «Rene jumbog’i — ko‘lanka» (1980), «Olmos
jilosi» (1983), «Telba dunyo» — roman (1990), «Ko‘z» — qissa (1986) kabi asarlari
kitobxonlarning sevimli asarlariga aylanib qolgan. Shuningdek, u «Umid sayyorasi»,
«Uyg’ongan vijdon», «Olis sayyorada», «Nishon», «Olovdan chiqqan odam», «Darxon
qo‘shig’i» kabi o‘nlab hikoyalar muallifi hamdir.
Hojiakbar Shayxov mohir tarjimon sifatida o‘nlab qardosh va chet el adiblari asarlarini
o‘zbek tiliga o‘girgan. Ayni chog‘da u munaqqid, olim va adabiyotshunos sifatida 20 dan
ortiq maqolalar yaratgan. Ular orasida fantastika, folklorshunoslik va mifologiyaga oid
maqolalari e’tiborlidir.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
132