International Conference on Developments in Education Hosted from Bursa, Turkey https: econferencezone.org June 10 th 2022 147
shahridan 50 kmlar chamasi janubiy-sharqdan Taqalisoy g‘orini topib o‘rgandi. Har ikkala g‘orlarda olib
borilgan arxeologik izlanishlar ularni qadimgi tosh davrining muste bosqichiga tegishli ekanligini ko‘rsatdi.
Zirabuloq va Ziyovuddin tog‘ etaklaridan (Zirabuloq va Qo‘tirbuloq) topib o’rganildi. Ta’kidlash joizki,
vohaning muste davri yodgorliklari asosan tog‘ bag‘ridan qaynab chiqqan buloq bo’ylarida, suvga yaqin
g‘orlarda makon topganlar.
Darhaqiqat, Sarazmning yuqori qatlamida dasht qabilalariga xos qo‘lda ishlangan Andronova madaniyati
sopol parchalari uchraydi. Shuningdek, Sarazm IV davri metall komplekslari orasida ham bronza davri dasht
qabilalari madaniyatiga tegishli pichoq va xanjarlar uchraydi. SHu bilan birga, Sarazmning eng Yuqori
madaniy qatlam chuqurchalarida qo‘lda yasalgan, sirti qizg‘ish oq tiniq angob bilan pardozlangan rangli
naqshli sopollar seriyasi uchraydi. Bu sopollar bir qarashda chust madaniyati sopollarini eslatadi. Demak, bu
ashyoviy dalillar tahliliga ko‘ra, sarazmliklar dasht qabilalari bilan (Dashti Qazoni eslang) ma’dan konlari
mojarosi tufayli Sarazmni tashlab ketgach, u joyda ma’lum vaqtlar o‘tgandan so‘ng so‘nggi bronza davri
rangli sopol madaniyati (Chust) qabilalarining kulbalari paydo bo‘ladi. Agar masalaga A.Isxoqov
xronologik davriy sistemasi nuqtai nazaridan yondashilsa, bu faraz g‘ayritabiiy bir hol edi. Ammo qadimgi
Sarazmning eng yuqori qatlami kompleksida so‘nggi bronza davrining rangli sopol madaniyati sopolining
uchratilishini ikki holat bilan tushuntirish mumkin: birinchisi, keyingi yillar tadqiqotlarida chust madaniyati
sanasini arxeologlar orasida mil. avv. II-ming yillik o‘rtalarigacha qadimiylashtirish kayfiyati hukm
surmoqda, ikkinchisi, Sarazm IV yuqori sanasini miloddan avvalgi II-ming yillikning o‘rtalarigacha
yoshartirish g‘oyasi olga surilmoqda. Shunday qilib, Yuqorida keltirilgan faktlardan kelib chiqib, Sarazm 1-
Nomozgoh III bilan, Sarazm II - Nomozgoh IV bilan, Sarazm III - Nomozgoh V bilan, Sarazm IV -
Nomozgoh VI bilan davrlashtirish mumkin.
Zarafshon vohasining ilmiy adabiyotlarda so‘nggi eneolit va ilk bronza davri madaniyati hisoblanib
kelingan Zamonbobo yodgorligi shu madaniyatga tegishli manzilgohlarning topilishi munosabati bilan
A.Asqarov tomonidan muxtasar o‘rganilib, ularning yoshi miloddan avvalgi II-ming yillikning birinchi
yarmi bilan belgilandi. Biroq V.I.Sarianidi go‘yoki Dashli kompleksida zamonbobo madaniyatiga xarakterli
qushdonlarning topilishi bahonasida Zamonbobo madaniyatining yoshi miloddan avvalgi II-I ming yilliklar
oralig‘idan uzoqqa bormaydi, degan da’vo bilan chiqadi. V.I.Sarianidining xato xulosasi ta’sirida A.Asqarov
Zamonbobo madaniyatining sanasini yoshartirish yo‘lida maxsus maqola bilan chiqadi. B.A.Litvinskiy ham
Zamonbobo manzilgohi yuzasidan terib olingan dasht qabilalarining sopollariga ishora qilib, V.I.Sarianidi
taklifini asoslashga urinib ko‘radi.[4]
Darhaqiqat, Katta tuzkon 35 manzilgohidan terib olingan sopollarning 98 foizini naqshsiz kulrang,
shamot aralashmali qalin sopollardan iborat ekanini va manzilgoh maydonidan mis igna-bigiz va pichoq
siniqlari
hamda
Zamonbobo
qushdonlari
parchalarining
topilishini
hisobga
olganda Zamonbobo
madaniyatining so‘nggi eneolit va ilk bronza davriga tegishli ekanligiga hech bir shubha qolmaydi.