Xulosa:
Zarafshon
vohasi bronza davri, ayniqsa, miloddan avvalgi II-ming yillikning ikkinchi yarmida chorvador
qabilalar tomonidan keng o‘zlashtiriladi. Yodgorliklardan topilgan ashyoviy dalillar
orasida sopol idishlar,
turli xil taqinchoqlar, metalldan ishlangan uy-ro‘zg‘or va mehnat qurollari ob’ektlar
xronologiyasini
o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ulardan qolgan ashyoviy dalillarning uchrashi oriy
qabilalarining janubga migratsiyasi bilan bog‘lanmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, oriylarning
janubga Yurishi Avestoda ko‘rsatilganidek, bir sana doirasida bo‘lmagan. Ularning O‘rta
Osiyoga ommaviy
ravishda kirib kelishi ikki bosqichda yuz bergan. Birinchi bosqich – miloddan avvalgi II-ming yillikning
o‘rtalariga to‘g‘ri kelsa, ularning ommaviy ravishda kirib kelishining ikkinchi bosqichi mil. avv.
II-ming
yillikning oxirgi choragiga to‘g‘ri keladi. Bu davr materiallari shimoliy Baqtriyada Qo‘ng‘irtut va Teguzak
manzilgohlarida uchraydi. Bu yodgorliklar davriy jihatdan Sopolli madaniyatining Mo‘lali
bosqichi bilan
zamondoshdir. Bu sanalar mutaxassislar orasida tan olingan. Shu bilan birga, ular
orasida qadimiylikka davo
qiluvchi Jukov memorial diniy kompleksi xronologik jihatdan Evroziya cho‘llarida chorvachilik xo‘jaligi
International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https:
econferencezone.org June 10
th
2022
148
endigina shakllanib borayotgan ilk bronza davri madaniyatlarining hosilasi bo‘lishi mumkin. Undan keyingi
xronologik prioretitga da’vo qiluvchi obyektlar To’qayli
manzilgohi, Chakka qabristoni va Siyob yolg‘iz .
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ibragimov R. Z. Arxeologiya va etnologiya. (nashrda).[1]
2.Egamberdieva N. A., Arxeologiya. O’quv qo’llanma.Toshkent. 2011.[2]
3. Kabirov J., Sagdullayev A. O’rta Osiyo arxeologiyasi. – Т., 1990.[3]
4. Annayev T., Tilovov B., Xudoyberdiyev Sh. Boysun arxeologik yodgorliklari. – T., 1999.[4]