International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https:
econferencezone.org June 10
th
2022
146
Zarafshon Vohasining Bronza Davri Madaniyati
Axmedjonov Islombek Odamboy O’g'li
UrDU magisturatura talabasi, Xorazm viloyati Yangiariq tumani 11-son IMI Tarix fani o'qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Zarafshon vohasining bronzadavrimadaniyati, Zarafshon vohasining bronza
davri yodgorliklarining o’rganilish tarixi haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Zarafshon vohasi, Zamonbobo, yodgorliklar, Samarqand arxeologiya.
Zarafshon vohasining tarixiy yodgorliklari haqidagi dastlabki xabarlar ilk bor tog‘ injenerlari K.F.Butenev,
F.Bogoslovskiy, yosh sharqshunos N.V.Xanikov asarlarida uchraydi.
Ushbu asarlar Samarqandning
me’moriy yodgorliklari, shuningdek, Samarqandda temuriylargacha qadimgi shahar xarobasi-Afrosiyob va
«Devori Qiyomat» haqida ilk bor ma’lumot beradi. Zarafshon general gubernatori topshirig’i bilan 1874-
yilda mayor Borzenkov Afrosiyobda ilk bor arxeologik qazishma ishlarini boshlab yubordi. Biroq u hech
qanday ilmiy tayyorgarlik va malakaviy uslubsiz qazish ishlarini olib borgan.
Mashhur sharqshunos va arxeolog olim A.Yu.Yakubovskiyning ta’kidlashicha,
mayor Borzenkov hech
bir arxeologik tayyorgarliksiz qazishmalar olib borgan, chunki uning asosiy maqsadi noyob topilmalar
topish bo’lgan. Shunga qaramay, uning qazishmalari va ular haqidagi M.Rostislov publikatsiyasi
Afrosiyobni o‘rganuvchilar oldiga keng istiqbolni ochib berdi. 1883-yilda
general gubernator
M.G.Chernyaevning topshirig‘i bilan Afrosiyobda qazish ishlari bilan V.V.Krestovskiy shug‘ullandi. U
hatto Afrosiyob qazishmalariga N.I.Veselovskiyni jalb qilish masalasida gubernator M.G.Chernyaevga xat
bilan murojaat qiladi. Birok tarixiy yodgorliklarni o‘rganish bilan bog‘liq ishlar Arxeologiya komissiyasi
ruxsati bilan bilishi kerakligi bois V.V.Krestovskiyning bu xatti-harakatlari Sankt-Peterburg olimlari orasida
norozilik kayfiyatini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. [1]Hatto I.P.Minaev Rossiya arxeologlar jamiyatining
yig’ilishida yodgorliklarni o‘rganish ishi bilan faqat mutaxassis olimlar shug‘ullanishi kerakligini alohida
ta’kidlab o‘tadi. Ammo N.I.Veselovskiy nomzodini komissiya ma’qullaydi va unga Turkiston o‘lkasi
yodgorliklarini o‘rganish bo’yicha
ruxsat berilishi bilan birga, unga arxeologik qazish ishlari bilan bog‘liq
ba’zi bir uslubiy maslahatlar berish ko’zda tutiladi. Chunki u tajribali arxeolog sifatida tegishli ma’lumotga
ega emas edi. N.I.Veselovskiy 1885-yilda Samarqandga yetib kelib, Afrosiyobni o‘rganishga kirishadi. U
o‘zining hisobotida Iskandar fath etgan qadimgi Samarqand aynan Afrosiyob ekanligini, 1220-yilda
Chingizxon vayron etgan Samarqand ham aynan Afrosiyob ekanligini aniq aytadi.[2]
Sobiq sovetlar davrining dastlabki yillarida (30-40-yillarda) Zarafshon vohasi tarixi, madaniyati va
madaniy
merosini, birinchi navbatda, uning har uch vohasi (Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo) arxeologik
yodgorliklarini o‘rganishga qiziqish kuchaydi va bu ishlarda A.Yu.YAkubovskiy, V.A.Shishkin,
M.E.Masson va Ya.Gulomov, G.V.Grigorev va A.I.Terenojkin, A.M.Belenitskiy va D.N.Lev kabi
arxeologlar alohida faollik ko’rsatdilar. Ayniqsa, o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab Zarafshon vohasi
bo’ylab Ya.Gulomov va V.A.Shishkin, A.M.Belenitskiy va D.N.Lev hamda ularning ko’p sonli shogirdlari
tomonidan keng ko’lamli arxeologik
tadqiqotlar olib borildiki, natijada, bugungi kunga kelib, uni ilk
ajdodlar tomonidan o’zlashtirilishidan boshlab to so‘nggi o‘rta asrlarga qadar bo’lgan tarixi arxeologik
jihatdan
davrma-davr, bosqichma-bosqich o‘rganildi, juda katta va ilmiy ma’lumotlarga boy faktik
materiallar to‘plandi, ularni davrma-davr umumlashtirish, har bir davrning o’ziga xos xususiyatlari, tarixiy
taraqqiyoti va etnomadaniy rivojlanish
jarayonlarini ilmiy xolislik, arxeologik obyektivlik, tarixiy ketma -
ketlikda o‘rganish va ularni umumlashtirish imkoniyati tug’ildi.[3]
Zarafshon vohasi, uning tog‘li rayonlari odamzodning ilk ajdodlari tomonidan qadimgi tosh davrining
muste bosqichidan boshlab o‘zlashtirilgan. Bu holda dastlabki ma’lumotlarni Samarqand davlat
universitetining arxeologi D.N.Lev asarlarida o‘qish mumkin. D.N.Lev 1947-yilda
Samarqand shahridan
janubroqda, Taxtaqoracha dovoni yaqinidan Omonqo‘ton g‘orini topadi. Oradan 5 yil o‘tgach, Samarqand