Milliy hisob tizimi, YaIM, YaMM, xarajatlar bo’yicha YaIM, daromadlar
bo’yicha YaIM, nominal YaIM, real YaIM, Laspeyrs va Paashe indekslari
Asosiy savollar
1.
Makroiqtisodiyotga kirish
2.
Milliy hisob tizimi
3.
Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: miqdoriy
4.
Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari: qiymat
Ilm parazit kabidir, kasallar qancha ko’p bo’lsa, fiziologiya va
patologiyada ham shunchalik yutuqlarga erishiladi…1932-yildagi Buyuk
Depressiya natijasi o’laroq hozirgi o’rganilayotgan makroiqtisodiyot fani
yuzaga keldi.
Pol
Samuelson,
amerikalik
iqtisodchi
1. Makroiqtisodiyotga kirish
Ilk bobda ta’kidlanib o’tilganidek, makroiqtisodiyot fani butun
iqtisodiy tizimning faoliyat olib borishini o’rganadi.
Makroiqtisodiyotni o’rganish ob’ekti milliy daromad va umumiy mahsulot,
iqtisodiy o’sish va umumiy bandlik darajasi, yalpi talab va yalpi taklif, iste’mol va
xarajatlar va boshqa ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Iqtisodiyot nazariyasining doimiy savollari-nima?, qanday?,
kim uchun
ishlab chiqarish kerak? degan tushunchalar, avvalo
mikroiqtisodiyot miqyosida
taxmin qilinadigan bo’lsa, makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot darajasida
o’rganiladi.
Makroiqtisodiyot miroiqtisodiyotdan
farqli ravishda, yaqindan o’rganilib
kelinmoqda. Uning fan sifatida paydo bo’lish tarixiga nazar soladigan bo’lsak,
1936-yili J.M.Keynsning mashhur “Bandlik, foiz va pulning nazariyasi” nomli
asari makroiqtisodiyot uchun katta yo’l ochdi. Umuman,
Keyns iqtisodiyotda
keynschilik yo’nalishining asoschisi hisoblanadi.
Odatda, turli makroiqtisodiy muammolarni tahlil qilishda 2 tomondan:
klassik maktab (bozor tarafdorlari) nazariyasi vakillari,
keynschilik nazariyasi
(davlat tarafdorlari) nuqtai nazaridan yondashiladi.
Makroiqtisodiyot bozor iqtisodiyoti sub’ektlari va davlat o‘rtasidagi
munosabatlarni
milliy
iqtisodiyot
darajasida
o’rganadi. Asosiy e’tibor
makroiqtisodiyotda davlat va uning boshqaruviga, tuzumiga berilganligidir.
Shuning uchun ham pozitiv va normativ iqtisodiy tahlildan keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: