O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

birinchidan, boshqa firmalar e’tibor bermasligi mumkin
ikkinchidan, ular ham narxni 10 foizga tushirishi mumkin, natijada firmalar 
oladigan foyda miqdori kamayadi, hatto nolga teng bo‘lishi ham mumkin:
uchinchidan, boshqa firma bu firmani sindirish maqsadida mahsulotiga 
bo‘lgan narxni 10 foizdan yuqoriroqga pasaytirishi mumkin, lekin bunday holatni 
davom etishi narxlar jangiga olib kelishi mumkin.
Narxlar janggi - bu raqobatlashadigan firmalar tomonidan oligopolik 
bozorda narxlarni bosqichma-bosqich tushirishidir.
Oligopol bozorda ishlab chiqarilayotgan tovar bir turdagi ham 
diversifikatsiyalashgan ham bo‘lishi mumkin. Agarda iste’molchilar biror bir firma 
savdo belgisiga alohida e’tibor qaratmasalar, bozordagi aksariyat tovarlar absolyut 
o‘rnini bosuvchi tovarlar bo‘lsa, bu bozor sof yoki bir turdagi oligopoliya bozori 
hisoblanadi. Bunday bozorlarga misol qilib, sement, alyuminiy, qog‘oz, kimy 
mahsulotlari bozorini keltirish mumkin.


Agarda tovarlar o‘z savdo belgisi bo‘yicha yuqori mavqega ega bo‘lsa va 
ularning absolyut o‘rnini bosuvchi tovarlari bo‘lmasa (ba’zi bir elementlariga 
ko‘ra), unda bu bozor differensiallashgan oligopoliya bozori deyiladi. Bu bozorga 
misol qilib, avtomobil, kompyuter, televizor, alkogolsiz ichimliklar bozorini 
keltirish mumkin. 
Oligopol bozor sharoitida narxlarga ta’sir ko‘rsatish va bozordagi xokimlik 
darajasi nisbatan yuqoridir. Lekin amaliyotda oligopoliyalar narx raqobatidan 
qochib, stabil narxlarni ushlab turishga xarakat qiladilar.
Oligopol bozorlarga kirish va chiqish, u yerdagi to‘siqlar xaqida 
gapirishdan oldin, bozorlarni ikkiga bo‘lish lozim, ya’ni, asta-sekinlik bilan 
rivojlanib, o‘sib borayotgan bozorlar va yangi nisbatan yosh endi rivojlanayotgan 
bozorlar. Albatta, birinchi turdagi bozorlarga kirish qiyin chunki, u yerda yirik 
ishlab chiqarish, yuqori texnologiyalar o‘rnatilgan va iste’molchilar ishonchi 
qozonilgan bo‘ladi. Ikkinchi turdagi bozorlarga esa kirish nisbatan oson, chunki u 
yerda bozor xali to‘liq egallanmagan, investision faollik yuqori emas
iste’molchilar talabi xam to‘liq qondirilmagan bo‘ladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin