9- MAVZU: NOMUKAMMAL RAQOBAT: OLIGOPOLIYA VA
MONOPOL RAQOBAT
Darsning o’quv maqsadi:
Talabalarda oligopoliya bozori va uning xususiyatlari, oligopoliya
bozorining asosiy modellari, monopol raqobat bozori, O’zbekiston sharoitida
oligopoliya bozorinig amal qilish xususiyatlari haqida bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirishdan iborat.
Tushunchalar va tayanch iboralar
Oligopoliya, monopolistik raqobat, nomukammal raqobat, raqobatlashgan
monopol bozor muvozanati, duopolik bozor, "narxlar janggi", Kurno modeli,
Kurno muvozanati, kontrakt chizig‘i, "qattiq narx" siyosati, lider firma,
ergashuvchi firma.
Asosiy savollar
1.
Monopol raqobat bozori
2.
Oligopoliya bozori va uning xususiyatlari
3.
Oligopoliya bozorining asosiy modellari
4.
O’zbekiston sharoitida oligopoliya bozorinig amal qilish xususiyatlari
1.
Monopol raqobat bozori
Monopol raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni
ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq
har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida,
maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish
hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga
misol tariqasida ko‘plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va
boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini keltirish mumkin.
Monopol
raqobat
bozorining
asosiy
xususiyati
bu
tovarlarning
differensatsiyasi. Tovarlarning differensiatsiyasi bu har qanday holatda
iste’molchiga xar xil turdagi, markadagi va sifatdagi o‘xshash tovarlarni taklif
etishdir. Tovarlarning differensiatsiyasi bozordagi narxlarga cheklangan darajada
ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi, chunki, ayrim iste’molchilar o‘zlari ishonch
bildirgan savdo belgisining tovarlarini narxi ozgina oshsa ham o‘z talablarini
o‘zgartirmaydilar. Biroq bu ta’sir nisbatan past darajada bo‘ladi. Bunga sabab
raqobatlashayotgan firmalar ishlab chiqarayotgan tovarlarning o‘xshashligidadir.
Sotuvchilar sonining ko‘pligi narxni o‘zaro kelishib olish imkonini
bermaydi, bozordagi narxlarga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Monopol raqobat sharoitida
bozorga kirish nisbatan erkin bo‘ladi, chunki bozordagi korxonalar xajmi kichik,
ularning birlamchi investisiyalari, kapitali ham past darajada. Shu bilan birgalikda
tovarlarning differensiatsiyasi va iste’molchilarning biror-bir savdo belgisiga
bo‘lgan ishonchi bozorga kirishni birmuncha qiyinlashtiradi. Bozorga kirib
kelayotgan yangi firma nafaqat raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishi balki,
mavjud ishlab chiqaruvchilarning mijozlarini o‘ziga qarata olishi ham lozim. Bu
jarayon, ya’ni mahsulotni differensiatsiyalash, uni bozorda sotilishi uchun
reklamani jonlantirish ishlari albatta qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi.
Sof monopoliyaga o‘xshab, monopol raqobat sharoitida ham optimal ishlab
chiqarish xajmiga chekli daromad chekli xarajatga teng bo‘lganda erishiladi.
MC=MR.
|