O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‘sqinlik qilib, nisbatan
kuchsiz bo‘lgan korxonalarni o‘zlariga bo‘ysundirishlari, jamiyatga o‘z
ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to‘lash, past sifatli tovarlarni
ishlab chiqarish, o‘ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan
xarid narxlari), o‘z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash
kabi o‘zlarining kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin. Bundan
ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta’sir
ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin. Shunga ko‘ra, bugungi
kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat
tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini
monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli
darajada rivojlangan bo‘ladi.
3. Optimal ishlab chiqarish xajmini tanlab olish. Monopolist korxona yoki firma o’z mahsulotining yagona ishlab
chiqaruvchisi va sotuvchisi bo’lsa ham narxlarni o’z-o’zicha belgilay olmaydi,
chunki bozorda u yagona iste’molchi talabiga emas, bozor talabiga duch keladi.
Bozordagi talab narx ortib boraversa, pasayib ketishi mumkin. Shuning uchun
monopolist firma optimal ishlab chiqarish xajmini ishlab chiqishi lozim. Bu holatni
quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin.
Monopolist firma ishlab chiqarish xajmini faqatgina unga bo’lgan narxni
pasaytirish evazigagina oshirishi mumkin, chunki narxning oshishi natijasida uning
mahsulotiga bo’lgan bozor talabi pasayib ketadi. Sof monopoliya sharoitida
bozordagi narx xar doim ishlab chiqarish xajmidan yuqori bo’ladi. Buning
oqibatida
ishlab
chiqarish
oxiriga
yetkazilmaydi,
resurslar
samarali
taqsimlanmaydi, iste’molchilarning talabi yuqori darajada qondirilmaydi.
Bunday xolatlarda narx diskriminatsiyasidan foydalaniladi, ya’ni turlicha
narx belgilash siyosati amalga oshiriladi.