Ayni vaqtda bir qator tarmoqlarda monopolizm hali ham saqlanib qolmoqda.
Masalan, neft kimyosi bozorida 19 ta, oziq-ovqat tovarlari bozorlarida 13 ta,
qurilish materiallari bozorida 17 ta korxona monopolistdir
3
.
Monopollashuvning yuqori darajada saqlanib qolayotganligining obyektiv
sabablari:
Ishlab chiqarishning kapital sig‘imi kattaligi;
Katta quvvatga ega bo‘lgan agregatlardan foydalanilishi;
Texnologiya jarayonlarining uzluksizligi.
Bular
ushbu
tarmoqlarda
raqobatning
rivojlanishini
qiyinlashtirib
qo‘ymoqda.
5. Narx diskriminatsiyasi
Aloxida monopol firma ega bo‘lgan salmoqli bozor xukmronligi unga
narx va ishlab chiqarish xajmini belgilash shuningdek, narxli diskriminatsiya deb
nomlanuvchi narx siyosatini o‘tkazish imkonini beradi.
“Diskriminatsiya” (lotinchadan olingan bo‘lib, dicriminatio – farqlanish,
turlanish) tushunchasi texnik atama hisoblanadi va salbiy ma’noga ega emas.
Narxli diskriminatsiya – turli birliklarga har xil narxlar o‘rnatish amaliyoti.
Narxli diskriminatsiyaning maqsadi, umumiy xarajatlarining o‘zgarmas
darajada ushlab turgan holatda firmaning qo‘shilgan daromadlarini
maksimallashtirish hisoblanadi.
U yoki bu kompaniyaning narx strategiyasini tahlil qilayotganda har doim
ham narxlardagi farqlanish narxli diskriminatsiyaning belgisi emasligini, yagona
narx esa uning yo‘qligi darakchisi emasligini xisobga olish muhimdir.
Shunday qilib, masalan, bir xil (bitta) tovarni turlicha narxlarga turli
mintaqalarga, turli vaqt oraliqlarida (fasllarda), turli sifatlarda va h.k. yetkazib
berish narxli diskriminatsiya hisoblanmaydi. Shuning bilan birgalikda alohida
(o‘ziga xos) holatlarda turli (har xil) yerda joylashgan xaridorlarga bir xil (bitta)
tovarni yagona narx bo‘yicha yetkazib berish narxli diskriminatsiya sifatida
ko‘rilishi mumkin.
Monopolist tomonidan narxli diskriminatsiyaning amalga oshirilishi uchun
ba’zi shartlarning bajarilishi zarur, hususan, tovarga bo‘lgan narxli talab
egiluvchanligi turli xaridorlarga jiddiy ravishda turlicha bo‘lishi va xaridorlarning
o‘zi oson tenglashishi, shuningdek, tovarga qiziqqan shaxslarga keyingi olib
sotishning imkoni bo‘lmasligi kerak.
Narxli diskriminatsiya tushunchasini iqtisodiyot nazariyasiga birinchi bo‘lib
ingliz iqtisodchisi Artur Pigu (1877-1959) kiritgan. U uning 3 bosqichi (darajasi)
ni farqlashni taklif etdi.
Birinchi
darajali
narx
diskriminatsiyasi
(yoki
mukammal
narxli
diskriminatsiya) tovarning har birligi firma tomonidan uning talab bahosi bo‘yicha,
ya’ni xaridor to‘lashga tayyor bo‘lgan maksimal narx bo‘yicha sotilganda o‘z
o‘rniga ega. Ba’zida bunday siyosatni
xaridor daromadlari bo‘yicha narxli
Dostları ilə paylaş: