ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 1219 www.ares.uz NATIJALAR Biz ushbu maqolada faqat tibbiyot sohasiga oid publitsistik matnlardagi
metaforalarnigina tahlilga tortishga harakat qilamiz. Kuzatishlarimizdan ayon bo‘ldiki,
tibbiy matnlarda inson a’zolari ishtirok etgan metaforalarning quyidagi turlari mavjud
ekan:
1. Bosh bilan bog‘liq metaforalar.Bosh – tananing bo‘yindan yuqori qismi.
Miya – nerv sistemasining markaziy bo‘limi, tafakkur a’zosi. Soch – odamning bosh
terisida o‘sadigan qil tolalar qoplamasi.
“Boshning miya qismi miya gumbazi deb ataladi. Peshona, tepa, ensa chakka suyaklari hisobiga tashkil topgan. Boshning katta qismi terisi sochlar bilan qoplangan. Boshning qon va asab tomirli tutamlari teri osti yog‘ klechatka sohasida joylashgan (Alijon Zohidiy, “Bosh og‘rig‘i”, T., 2012. –B.16.).
“Miya qancha boy bo‘lsa, tana shuncha sog‘ bo‘ladi” (“SHIFO-info”
gazetasi, 06.02.2020, 4-bet).
“Xotira susayishi, asabiylashish miyada qon maromida aylanmasligidan ham kelib chiqadi. Xalq tabobatida bir necha usullar yordamida miyani tozalash mumkin” (“SHIFO-info gazetasi, 12.12.2019, 19-bet).
“Bosh miya ikkita yarim sharlardan, ularni tutashtirib turuvchi sohalardan (miya ko`prigi), miyachadan va uzunchoq miyadan iborat. Uzunchoq miya orqa miyaga davom etadi” (Safar Muhammad. “Asab va salomatlik ”, T.,2016 – B.13.14].
“Bosh miyada ikkita yarim sharlar va miyaning sopi farqlanadi… Kulrang modda bosh miyaning po‘stlog‘ini,oq modda esa mag‘iz qismini tashkil qiladi”
(Alijon Zohidiy. “Bosh og‘rig‘i”, T., 2012 – B.24).