№1 1-mavzu: O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari


  Davlat tili tushunchasi. O‘zbek tili va davlat qonunlari



Yüklə 402,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix03.12.2022
ölçüsü402,96 Kb.
#72037
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu ona tili

2. 
Davlat tili tushunchasi. O‘zbek tili va davlat qonunlari: 
Til - millatning 
ma’naviy boyligidir. Til - davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish - millatning 
yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi 
huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil 
davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya 
qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Bundan 31 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o‘z 
davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan edi. Chunki, Al Xorazmiy, Al 
Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur 
Mirzo singari buyuk siymolarni etishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib qolgan 
edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq prezidentimiz tomonidan 
o‘zbek tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qo‘yilib, bu ish amalga 
oshirilgan edi. Ona tilimiz - o‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktyabrda davlat tili maqomi 
berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga 
aylandi. Agar o‘shanda til to‘g‘risida qonun qabul qilinmaganda edi, o‘zbek tili ham 
tarix saxifalaridan joy olgan bo‘larmidi?!.
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi 
xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan 
edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz 
taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda 
obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va 
jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida 
ham keng imkoniyatlar yaratdi.
Yaqinda butun mamlakat bo‘ylab Prezidentimiz “O‘zbek tili bayrami kunini 
belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzolagani haqida xabar 
tarqaldi. Bu xabarni nafaqat yurtimiz, balki butun dunyodagi 50 milliondan oshiq 
o‘zbeklar va ona tilimiz ixlosmandlari quvonib qarshi oldilar.
O‘tgan yilning 21-oktyabr kuni poytaxtdagi muhtasham majlislar saroyida 
Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich o‘zbek tili haqida yoniq so‘zlarini 
aytganida barcha tik oyoqqa turib, davomli qarsaklar bilan olqishlagan edi. Chunki, 
yangilanayotgan O‘zbekistonning rivojlanish tamoyillari belgilab qo‘yilgan har bir 
sohasi o‘z taraqqiyotida shiddat bilan davom etar ekan, ayni til sohasi e’tiborga 
muhtoj bo‘lib turgan, vaqt-soati kelib bu borada ham tub islohotlar amalga oshiriladi 
degan umid bo‘lsa ham, ayni o‘sha kuni Prezident o‘z xalqiga bunday xushxabarni 
aytishini ko‘pchilik kutmagan edi. Mamlakat rahbari o‘zbek tilining davlat va jamiyat



Yüklə 402,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin