ABJO‘SHshv. 1 ayn.objo‘sh.
2ayn. abjo‘shi.Oyog‘in tosh urmasin deb, Abjo‘shdan nag‘al qoqilgan.
E. Jumanbulbul, Xushkeldi.
ABJO‘SHIshv. sft. Suv berib ishlangan (temir, po‘lat kabilar haqida).
…o‘ynatib shu tulpor otti, abjo‘shi po‘lat nag‘allar tog‘ning toshin yong‘oq etdi.
Islom shoir, Zulfizar bilan Avazxon.
ABLAH [a. هلبا – tentak, beaql, nodon] 1Xulq-atvori tuban, yaramas
axloqli. Ablah odam. ▬ Mendaqa befahm-befarosat ablahlarni ayash – gunoh! Feleton qiling, feleton! O. Yoqubov, Bir feleton qissasi.
2 Shu belgi-xususiyatga asoslangan haqoratni bildiradi. Iye, ablah, boshqa gap qurib qoldimi? Oybek, Tanlangan asarlar.
ABLAHLIK Yaramas xatti-harakat, ablahga xos qiliq. Bosh vazir janoblari, bu ko‘rnamak bilan qadrdon do‘st edik, bunday ablahlik qilishiga sira ko‘zim etmas edi. J. Sharipov, Xorazm. [Gо‘rо‘g‘li] – Gо‘rga kirgach, hammasi unutiladimi, tuproq hamma ablahliklarni kо‘mib tashlaydimi? T.Malik, Shaytanat.
ABLAHONA Ablahga xos, ablahniki kabi. Lekin Gulandom bilan so‘zlashgan sari u ba’zi qo‘pol harakatlardan, ablahona qiliqlardan o‘zini tiyishga tirisha boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar. Azizbekning bu ablahona qarorig‘a qarshi qizishdi. A.Qodiriy, O‘tgan kunlar.
ABLAQ [a. قلبا – ola-bula, oq-qora] Chipor, chavkar (ot tusi haqida).
ABO [a. ءابع– choponga o‘xshash jun kiyim] tar.Avrasi jun yoki boshqa
matodan tikilgan uzun, keng, lekin yengi kalta erkaklar ust kiyimi. Shayboniyxon boshiga qizil bo‘rk ustidan salla o‘ragan, ko‘k movutdan abo kiygan. P. Qodirov,
Yulduzli tunlar. Uning chakmonidan o‘tgan yomg‘ir kalta yenglik abosini nam qilgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.