bilan Yerning o‘z orbitasidagi harakatining qo‘shilishidan kelib chiqadigan
natijadir. “Umumiy astronomiya”.
Masalan, 18-asrning boshida Bradley parallaks
o‘rniga yorug‘lik aberatsiyasi hodisasini, V.Gershel' esa o‘sha asrning oxirida
qo‘shaloq yulduzlar sistemasidagi orbital harakatni kashf qildi. “Umumiy
astronomiya”.
ABGOR [
f. راگفا –
yaralangan, majruh; toliqqan] Nochor holatli, ahvoli
xarob.
Umarqul abgor bir ahvolda o‘rnidan turib, xurjunini ochdi. H. G‘ulom,
Mash’al.
Juda tirikchiliging o‘tmay, abgor bo‘lib qoldingmi? H. Nazir, Ko‘kterak
shabadasi.
Murojaatda fuqarolar o‘zlarining yashash sharoiti og‘irligi, istiqomat
qilayotgan xonadonlari abgor holatdaligini bayon etishgan. Gazetadan.
ABGORLIK Abgor holat, nochor ahvol.
Boylar va ruhoniylar quvvatlab
kelgan bu xurofiy urf-odatlar ko‘p kosib va dehqonlarning... abgorlik bilan hayot
kechirishlariga sabab bo‘lar edi. M.
Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
Hayotimdagi ayovsiz zirqiratgan yolg‘izlik silsilalari, abgorlik tahlikalari davri
tugul, eng baxtli kunlarda ham o‘sha tunni, o‘sha xiyobonni, uning ochiq
yelkalarini, suyub erkalashlarini unutolmadim. M. Ismoil, Oppoq gulday oydin
xotira.
Dostları ilə paylaş: