tartibini esda saqlash uchun o‘ylab topilgan sakkizta so‘zdan (
abjad, havvaz, hutti,
kalaman, sa’fas, qarashat, saxaz, zazag‘) birinchisining va shu sakkiz so‘z
majmuyining nomi.
O‘zbek adabiyotida Abjaddan maxfiy yozuvlar yozishda ham
foydalanilgan. “O‘zME”.
Abjad hisobi yoki hisobi abjad Arab harflarining abjad tizimidagi son qiy-
matiga muvofiq biror so‘z yoki iboradan ma’lum bir son, sanoq, tarix chiqarish.
2 Eski usuldagi maktablarda o‘qitilgan boshlang‘ich ta’lim alifbosi.
Hamma
narsa bolalar uchun yangi, qiziq edi, chunki ular abjaddan, haftiyakdan bo‘lak
kitob ko‘rmagan edilar. M. Ismoiliy,
Farg‘ona t.o.
Shu kun ahli irshod, ahli
donolar, “Abjad” hisobini bitdilar ravon. T. Nizom, Alisher.
Dostları ilə paylaş: