114
1. Nomzodlarni rivojlantirish. Bu rejalantirilgan tadbirlar –
nazariy va amaliy (boshqaruv) bilimlarni, ko‘nikmalarni
takomillashtirish aniq vazifalarini bajarishdir.
Ularga quyidagilar
kiradi:
- mashq (trening) larda ishtirok etish;
- malaka oshirish kurslarida o‘qish;
- seminar, konferensiya va kongresslarda ishtirok etish;
- stajirovkalar
(o‘quv markazlari,
ishlab chiqarishni
boshqarishning ilg‘or texnologiyalari joriy etilgan korxonalar, Shu
jumladan chet el kompaniya va firmalarida);
- tavsiya etilayotgan lavozimda (asosiy rahbar yo‘q vaqtida)
stajirovka;
- xizmat vazifalari rotatsiyasi;
- mehnat faoliyatining gorizontal kengayishi (o‘zaro
bog‘liq, doirasi kengaytirilgan vazifalarni bir darajada bajarish);
- mehnat faoliyatining vertikal kengaytirilishi (xizmat
vazifalariga egallab turgan lavozimidan yuqori darajadagi
mansablarda ko‘zda tutilgan vazifalarni ham kiritish);
- ishlab chiqarish ayrim amaliy masalalarini, korxona va
uning bo‘linmalari
faoliyati tajribasini, yuzaga chiqqan
muammolar kelib chiqishi sabablarini o‘rganishga hamda bular
xususida asoslangan xulosa va tavsiyalar tayyorlashga jalb etish;
- o‘z korxonasi hamda boshqa kompaniya va firmalar ishlab
chiqarish o‘quvlarida o‘qituvchi sifatida ishtirok etish;
Zaxirani shakllantirish umuman korxonada hamda uning
bo‘linmalarida rahbarlik lavozimlarini
egallash uchun maxsus
tanlab olingan nomzodlarni aniq maqsadni ko‘zlagan holda
rivojlantirishdir. (1-rasm).
Zaxirani shakllantirish yuzasidan ishlarni tashkil etish uchun
eng avvalo quyidagilar hisobga olinishi talab etiladi:
- zaxirani shakllantirish maqsadlarini aniqlash;
- zaxirani shakllantirish tamoyillarini belgilash;
- zaxiraga kiritish mezonlarini belgilash;
- zaxira lavozimda ko‘tarilishi uchun tayyorligini baholash
tizimini ishlab chiqish;
115
- zaxirani shakllantirish va undan foydalanish usullarini
belgilash;
- personalni boshqarish xizmatining kadrlar zaxirasi bilan ish
olib borish yuzasidan vazifalari.
Zaxirani shakllantirish usuli odatda kompaniya yoki firmaning
kadrlar zaxirasi to‘g‘risidagi nizomida aks ettiriladi.
Personal
ushbu hujjatdan yaxshi xabardor bo‘lishi darkor, chunki xodim-
larni zaxiraga kiritish ular uchun katta qiziqtirish kuchiga ega.
Zaxirani shakllantirish quyidagi bosqichlardan iboratdir:
- zaxiraga kiritishga mo‘ljallangan nomzodlarni dastlabki
o‘rganish va baholash;
- zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash;
- zaxira tarkibiga kiritish;
- zaxirani
tayyorlashni tashkil etish;
- zaxira tayyorlashni baholash.
Zaxiraga kiritish uchun nomzodlarni shakllantirishda ikkita
ro‘yxat tuziladi:
- kadrlar zaxirasiga kiritish uchun nomzodlarning umumiy
ro‘yxati;
- aniq lavozimlarni egallash uchun nomzodlarning umumiy
ro‘yxati.
Umumiy ro‘yxatga kiritilishi mo‘ljallangan nomzodlardan
qaysilarini o‘qitish darkorligi, nomzod
shaxsiy xususiyatlarini
hamda kelajakda undan rahbarlik lavozimida foydalanishni
hisobga olgan holda uni tayyorgarlikdan o‘tkazishning qaysi
shaklini tanlashga aniqlik kiritish lozim.
Aniq lavozimga zaxiraga kiritilishi mo‘ljallangan nomzod-
larni shakllantirishda esa eng avvalo bu nomzodlarni baholash
kerak. Baholash jarayonida nomzodning kelajakda egallashi mo‘l-
jallanayotgan lavozim talablariga naqadar muvofiqligi aniqlanadi.
Mehnat jamoasiga rahbarlik
uchun chetdan jalb etilgan
xodimni yangi vazifaga ko‘niktirish yanada murakkabroqdir.
Chunki ular nafaqat o‘zi rahbarlik qiladigan jamoa bilan, balki
korxona, uning tuzilishi, an’analari, o‘ziga xos xususiyatlari va
hokazolar bilan mutlaqo notanish bo‘ladilar.
Shuning uchun
personalni boshqarish xizmatlarining zaxirani tayyorlash dasturi
116
doirasida yangi lavozimga ko‘niktirish maxsus dasturlarini ham
ishlab chiqishlari talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: