Qo`shimcha adabiyotlar.
1. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent, 1998.
2. Tulenov J. Milliy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. – Toshkent: O`zbekiston,
1999.
3. Tulenov J, Qodirov B, G`o`ofurov Z. Ma`naviy yuksalish sari. – Toshkent:
Mehnat, 2000.
4.Uvatov U. Donolardan saboqlar. – Toshkent: Abdulla Qodiriy, 1994.
5. Yusupov E. Falsafa. – Toshkent: Universitet, 2000.
6. Tulenov J. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. Ilmiy ishlar to`plami. – Toshkent:
O`zbekiston, 1997.
7. Hakimov I. Sog`lom muhit - sog`lom avlod. – Toshkent: O`zbekiston, 1999.
8. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent:O`FMJ, 2004
9. Achildiyev A.S. Milliy g`oya va millatlararo munosabatlar. – Toshkent:
O`zbekiston, 2004.
8-Mavzu: Madaniy - ma`naviy qadriyatlar, ularni inson va jamiyat
hayotidagi o`rni.
Reja:
1. Ilm-fan yutuqlari qadriyat sifatida.
2. Markaziy Osiyo olimlarining jahon fani taraqqiyotiga qo`shgan xissasi.
3. O`zbekistondagi Arxitektura, Madaniy obida va yodgorliklar, ularni
jamiyatimiz ma`naviy rivojidagi roli.
4. Adabiyot va san`at asarlari, xalq hunarmandchiligi – ma`naviy qadriyat sifatida.
5.O`zbekistonning ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyati – uni ilg`or
mamlakatga aylanishining zamini.
Prezident I.A.Karimov takidlaganidek, «Mustaqiligimizning dastlabki
kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan kup asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat
ulkan, bebaxo manaviy va ma`daniy merosning tiklash davlat siyosati darajasiga
kutarilgani nixoyatda muxim vazifa bo’lib qoldi».
Natijada xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z
taqdirining chinakam egasi, o’z taqdirining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatning
soxibiga aylandi.
Istiqlol diyorimizning ulug’ farzandlari, buyuk siymolarining nomlarini faxru
iftixor bilan tilga olishga, tavalludlarini umumxalq tantanasi sifatida keng
nishonlashga, ularning asarlarini ona tilimizda chop etib, xalqimiz ma`naviy
kamolotini ta`minlashga qulay imkoniyatlarni yuzaga keltirdi.
SHuningdek, mustaqillik sobiq ijtimoiy-siyosiy tuzum xukmronlik qilgan
yillardagi xalqimiz tarixiga, madaniyatiga, biryoqlama yondoshishdek ijtimoiy
illatdan ongimizni xoli etdi.
Mustaqillik bizning milliy ma`naviy ildizlarimiz naqadar teran, naqadar
baquvvat ekanligini ochiq-oydin ko’rsatib berdi.
«Biz, - deydi I.A.Karimov, - boshqalarni kamsitish niyatidan yiroqmiz. Ammo
bugungi ayrim saltanatlar ahli qabila-qabila bo’lib yashagan zamonlarda bizning
muborak zaminimizda ilmu-fan barq urub yashnagan, tabiiy ilmlar, xususan, tibbiyot,
matematika, astronomiya kabi fanlar madrasalarda o’qitilgani, ilmiy akademiyalar
tashkil etilib, mag’ribu-mashriqqa nom taratganini eslasak va bundan har qancha
g’ururlansak arziydi»!
Mazkur asarning oldingi saxifalarida keltirilgan ma`lumotlar shundan dalolat
beradiki, o’lkamiz olimlari nafaqat tibbiy ilmlar mantiq, huquqshunoslik,
san`atshunoslik, tarix va xokazolar ham o’zlarining ilmiy maktablarini yaratib, jahon
madaniyatini rivojlantirishga salmoqli xissa qo’shib kelganlar.
Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma`naviyati, adolatparvarlik,
ma`rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari sharq falsafasi va islom dini ta`limoti bilan
uzviy ravishda rivojlanib kelgan. endilikda bizning vazifamiz ana shu an`anani
yanada taraqqiy ettirib o’z xalqimiz tafakkuriga mos, tushunarli va yaqin bo’lgan
sharq falsafasi bilan bir qatorda islom ta`limotidan ham bekamiko’st foydalanishimiz
lozim.
«Bizning kelajagi buyuk davlatimiz, - deydi I.A.Karimov, - ana shu falsafaga
uyg’un xolda, Xoja Ahmad YAssaviy, Xoja Baxouddiy Naqshban, Imom Al Buxoriy,
Imom At-Termiziy, Amir Temur, Mizo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo
singari mutafakkir ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg’un xolda shakllanishi
lozim».
Darhaqiqat, islom ta`limoti ming yillar mobaynida xalqimiz yaratgan boy
madaniy va mafkuraviy merosdir, uning jamiyatimiz taraqqiyotidagi ijobiy rolini aslo
inkor etib bo’lmaydi. Akademik Izzat Sulton ta`kidlaganidek, «Diniy e`tiqodlarga
keng yo’l ochilgan, din bizning madaniyatimizning ajralmas qismi bo’lib qolgan
bugungi kunda bizga diniy e`tiqod bilan sug’orilgan Olohni tanishga asoslangan
ahloq zarur. Xalqimizning butun tarixi mobaynida ishlangan, asrdan asrga boyitib va
mukammallashtirib borilgan ahloq bugungi va kelajagimizdagi ahloqiy
qoidalarimizga asos bo’la oladi».
Mustaqillik bizga ma`naviy mulkimizni, tariximizni, ulug’ bobolarimiz ruhini
shod etishni imkoniyatini qaytarib berdi. Istiqlol tufayli tariximizga munosabat ijobiy
tomonga o’zgardi. Bugungi kunda ulug’ bobolarimiz Imom Al-Buxoriy, Imom At-
Trmiziy, Xoja Ahmad YAssaviy, Xoja Baxouddin Naqshbandiy, Najmiddin
Kubroning insonni ma`naviy etuklikka chorlovchi diniy, ahloqiy va huquqiy
xikmatlari qaytadan jaranglay boshladi.
Avlod-ajdodlarimiz tarixi tiklanayotganligi mustaqilligimizning ajoyib
samarasidir. Xalqimizning kechmishi, tarixi va xayotini aks ettirgan asarlarning o’z
ona tilimizda nashr etilayotganligi quvonchlarimizga quvonch qo’shmoqda.
Endilikda o’tmishimizning ko’pgina saxifalari xujjatlar, qo’lyozma materiallari
birinchi manbaalar asosida yoritilmoqda. Tarixiy xaqiqatlar asl manbaalarga tayanib
tiklanyapti.
Bularning hammasi tarixiy adolatning buyuk g’alabasi, tantanasidir.
Mustaqillik sharofati bilan tiklanib, qaddini rostlayotgan, to’xtovsiz rivojlanib
borayotgan milliy madaniyatimiz jamiyatimiz taraqqiyotini tezlashtirish, insonni
ma`naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash va kamol toptirishda o’rni benihoyat kattadir.
Jamiyatimizda ro’y berayotgan ma`naviy yuksalish, insonning ahloqiy, g’oyaviy,
siyosiy kamoloti mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy uyg’onish jarayonlari
bilan uzviy aloqadorlikdadir.
Insonning ma`naviy-ahloqiy kamoloti nihoyatda keng, ko’p qirrali, mazmun
mohiyati jihatidan chuqur bo’lib, o’z ichiga juda ko’plab sohalarni qamrab oladi.
SHularning ichida markaziy o’rnini dunyoqarash masalasi egallaydi.
Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak madaniyat va ilmiy
kashfiyotlar jamiyatimizning oliy qadriyati bo’lgan insonning dunyoqarashini
shakllanitirish va rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Ma`lumki, dunyoqarash
bu kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi xaqidagi, ilmiy, falsafiy,
huquqiy, ahloqiy, estetik, diniy va xokazo qarashlari va tasavvurlari majmuasidan
iborat. Demak, dunyoqarash olam xaqidagi yaxlit, umumlashtirilgan bilimlar
to’plamidir. Kishilar tevarak atrofdagi narsa va xodisalar to’g’risida qancha ko’p
ma`lumotga, bilimga ega bo’lsalar ularning dunyoqarashi ham shu darajada
mukammal va puxta bo’ladi.
Dunyoqarashning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, u insonni qurshab
turgan voqelikni anglash, tushunish bilan bir qatorda uni baholash hamdir. Ilmiy
bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo’shilib baholangach, insonning tevarak atrofdagi
ijtimoiy va tabiiy reallikda bevosita, amaliy yo’l tutish maqsadiga xizmat qiladi.
SHundan ko’rinib turibdiki, dunyoqarash insonning voqelikdagi o’z o’rni va rolini
belgilab beradigan ongli ravishda to’plangan, izoxlangan va baholangan bilimlar
majmuasidir.
Dunyoqarash tarkibiga kishilarning olamni bilishi va baholashiga oid bo’lgan
ishonch va e`tiqodlari, niyat va maqsadlari, orzu-umidlari, ular faoliyatiga ma`lum
yo’nalish beruvchi barcha qadriyatlar ham kiradi.
Mifologiya, diniy, falsafiy dunyoqarash – ijtimoiy borliqning in`ikosi bo’lib, u
muayyan tarixiy davrda insoniyat yaratgan bilimlar darajasiga hamda ijtimoiy
tuzumga bog’liq bo’ladi.
Inson faoliyatida ilmiy falsafiy dunyoqarash asosiy rolь o’ynaydi. Uning o’ziga
xos xususiyati shundan iboratki, u kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri
rivojlanishining umumiy qonuniyatlari xaqida yaxlit ma`lumot beradi. SHu bilan
birga u insonni qurshab turgan moddiy olamni bilish mumkiniligini materiyaning
doimo harakatda va rivojlanishidaligini ta`kidlaydi. Falsafiy dunyoqarash asosida
kishilar ob`ektiv olamdagi hamma narsa va xodisalar jarayonlar o’zidan boshqa
narsalar bilan ichki, zaruriy muhim aloqadorlikda, ta`sir va aks ta`sirida ekanligini
chuqur anglab oladilar.
Kishilar dunyoqarashini shakllantirishda, ularda tabiat, jamiyat, insonning kelib
chiqishi, rivojlanishi xaqida tasavvurlar xosil qilishda Markaziy Osiyo mutafakkirlari
tomonidan yaratilgan ilmiy, falsafiy meros bitmas-tuganmas boylik xazinasi
xisoblanadi. Undan unumli va samarali foydalanishni xozirgi vaqtda mustaqil
jamiyatimizning oldida turgan dolzarb vazifasidir.
Falsafiy dunyoqarash narsa va xodisalarni inson ongida yaxlit aks ettirish bilan
bir qatorda u kishilarning tafakkurlash madaniyatini, ichki ma`naviy dunyosini
shakllantiradi, ularni ma`naviy kamol toptirishga yordam beradi.
Falsafiy dunyoqarash kishilarga xos bo’lgan rostgo’ylik, poklik, insonparvarlik,
vatanparvarlik kabi olijanob fazilatlarni, ahloqiy normalar va qoidalarni
mujassamlashtiradi.
Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar jamiyatning tabiat bilan uzviy birligi,
inson va insoniyat taqdirining mushtarakligi, turli-tuman xalqlar madaniyatining
xilma-xilligi va birligi xaqida ishonch xosil qiladi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining fikricha, barcha insonlarga xos bo’lgan
olijanob fazilatlar eng avvalo faylasuflarda o’z aksini topmog’i lozim.
«Faylasufning xulq-atvori, ahloqi ham o’z kasbiga loyiq bo’lishi kerak.
SHuningdek, o’z xalqini ra`yini va o’z xalqida bo’lgan eng yaxshi urf-odatlarini
qattiq tutgan bo’lishi kerak.
Faylasuf bo’lmoqchi bo’lgan odam o’z ahloqi va xislatlari bilan bu aytilgan
shartlarga javob bera olsa, shundan keyn u faylasuf bilimini o’rganishiga va uni
boshqalarga o’rgatishga kirishuvi mumkin», - deb yozadi Farobiy.
Inson ma`naviy kamolotining eng muxim ko’rinishi va zarur shartlaridan biri
siyosiy madaniyatning o’sib borishidir. Agar har bir millat vakilida, har bir insonda
yuksak siyosiy bilim va madaniyat, siyosiy ziyraklik bo’lmasa Mustaqillik barqaror
bo’la olmaydi.
Siyosiy madaniyat o’zida xalollik va poklikni, ishchanlik va uzoqni ko’zlab ish
tuta bilish fazilatlarini mujassam etgan odamlarning g’oyaviy-siyosiy etukligi,
nazariy bilimlarni istiqbrlni yorqin tasavvur etgan xolda amalda qo’llay bilish, kun
tartibidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va mafkuraviy muammolarini keng miqyosda
hal etish mahorati demakdir. Siyosiy madaniyat, aytilganlardan tashqari, insondagi
faollig va tashabbuskorlikni, yuksak ahloqiylik, qat`iy irodalik, xushmuomulalik,
ziyraklik, uzoqni ko’ra bilishni o’z ichiga oladi.
SHarq mutafakkirlari jamiyatni ilmiy asosda boshqarish masalalariga katta
e`tibor berib kelganlar. Jumladan, Farobiy, Beruniy YUsuf Xos Hojib, Amir Teiur,
Ulug’bek, Navoiy va boshqalarning asarlarida davlatning tuzilishi, uning ichki va
tashqi siyosatning asosiy tamoyillari, davlat rahbarlarining hususiyatlari bo’yicha
muhim malumotlar berilgan. ularni sinchiklab o’rganib, xayotga ijobiy tadbiq etish
mustaqil davlatimizning siyosiy asosini yanada baquvvat qilishda katta zamin bo’lishi
shak-shubxasizdir.
Mustaqilligimiz olidida turgan muammolarni, milliy istiqlolimizning nazariy
masalalarini yuzaki bilishni, ularning tub mohiyatiga tushmaslik va so’zda shunchaki
qayd etishni siyosiy onglilikham, siyosiy madaniyat ham deb bo’lmaydi. Nazariy
bilimlar mustaqillikning amaliy masalalari bilan bog’langan, har bir insonning
iymon-e`tiqodiga aylangandagina faoliyatnig asosi yuzaga chiqadi.
YUksak siyosiy bilim va madaniyatga, iymon-e`tiqodga ega bo’lgan inson
jamiyatimiz, davlatimiz, xalqimiz va millatimizning eng katta boyligi hisoblanadi.
Ma`naviy barkamollik huquqiy ongni ham o’z ichiga oladi. Inson muayyan
jamiyatda yashar ekan, uning ahloq-odobi shakllanishi mavjud huquqiy mezonlar
bilan bog’lanmog’i kerak. Insondagi faollik u xohlagan ishni qila berishdan iborat
emas. Faollik jamiyat qabul qilgan qonun va qoidalar chegarasida bo’lmog’i zaruryu
Jamiyat qabul qilgan qonunlarni hurmat qilish, unga asoslanib ish ko’rish,
huquqiy qoidalar va mezonlarning buzilishiga yo’l qo’ymaslik ma`naviy kamolot,
ahloqiy nopoklik belgisidir.
Inson huquqiy madaniyatining darajasi uning huquqiy bilimi va saviyasi qabul
qilingan qonunlar soni bilan emas, balki o’sha qonunlarning barcha sohalarda to’la
ijro etilishi bilan belgilanadi.
Prezidentimiz tomonidan alohida ta`kidlanganidek, «Huquqiy madaniyat
darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma`lumotlardan xabardor
bo’lishdangina iborat emas. U qonunlarga amal qilish va ularga bo’ysunish
madaniyati demakdir. U – odil sudni hurmat qilish, o’z haq-huquqlarini himoya qilish
uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat degani – turli
mojarolarni hal qilishda qonunga xilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir».
Insonda huquqiy ong va madaniyat o’z-o’zidan shakllanmaydi. U jamiyatda,
oilada, jamoatchilik o’rtasida ta`lim-tarbiya natijasida shakllanadi.
Ta`lim-tarbiya olidida turgan asosiy maqsad yosh avlodga ajdodlarimizning
dono tajribalarini singdirish, insoniy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, vatan
va millat oldidagi burch va mas`uliyatni xis qilishg o’rgatish, qonunlarga rioya etish
xislatini qaror toptirishdan iboratdir. Bu borada ham SHarq falsafasi va islom
ta`limotidan unumli foydalanmog’imiz lozim, chunki ajdodlarimiz tomonidan
qonunga rioya qilish, unga bo’ysunish kabi masalalar chuqur va atroflicha ishlab
chiqilgan. Bunga islom ta`limotining durdonasi hisoblangan «SHariat» va «Xidoya»,
Amir Temur «Tuzuklari» va boshqa manbalar, huquq masalasiga oid fikr-
mulohazalar misol bo’la oladi.
Madaniyatning inson ma`naviy-ahloqiy kamolotidagi ahamiyati aytib
o’tilganlardangina iborat emas. O’z erkini qo’lga kiritgan mamlakatda milliy ong,
milliy birdamlik tuyg’usini qaror toptirish juda muhim. Mustaqillik, davlatning asosiy
ishlab chiqaruvchi kuchlari bo’lgani xolda etuk milliy ong bo’lmasa erkinlik, hurriyat
qo’lda ushlab turish behad mushkullashadi.
Ma`naviy barkamol inson o’ziga loyiq ko’rmagan biron-bir nojo’ya kishi
o’zgalarga ham ravo ko’rmaydi, hech bir kishiga jabr-zulumni xohlamaydi, jonzotga
ozor bermaydi. Vatanga va millatga sodiqlik ham madaniyatlilik, ma`naviy
barkamollik, ahloqiy nopoklikning belgilaridan hisobalandi.
Jismoniy baquvvat, ma`naviy-ahloqiy jihatdan bo’lmasdan turib shaxs barkamol
bo’lolmaydi. Ma`naviy, jismoniy sog’lom aloddan tarbiyalash bu boradagi ishlarning
asosiy mohiyati va yo’nalishni tashkil etadi.
Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida aytilganicha,
«badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadurki...
Maishatimizni rohatda bo’lmog’i jasadimizning sog’lom bo’lmog’iga bog’liqdir. Biz
sihatimizni saqlamoq ila amr bo’linganimiz, shuning uchun vujudimizni har sihatga
zid bo’lgan yomon odatlar ila churitmoqdan saqlanmog’imiz lozimdir».
Jismoniy sog’lom, baquvvat, lekin ma`naviy qashshoq kishilar insoniyat uchun
foydadan ko’ra zarar keltiradilar.
Xalqimizda, «sog’lom tanda sog’ aql» degan dono naqil bor. Sog’lom ijtimoiy
muxit shaxsiy kamolot zaminiga aylana oladi. «Badan tarbiyaning fikr tarbiyasiga
xam yordami bordur,-deydi Abdulla avloniy eslatib o’tilgan asarida. – Jism ila ruh
ikkisi bir choponning o’ng ila tersi kabidir. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa,
yomon huquqlardan saqlanmasa choponning ustini qo’yib, astarini yuvub ovora
bo’lmoq kabidirki, har vaqt ustiga kir chiqadur».
Allomalarimiz asarlarida ta`kidlanganidek, insonning ma`naviy kamolotida
jismoniy va badan tarbiyasidan tashqari aqliy tarbiya va go’zallik tarbiyasining,
shuningdek, ahloqiy, ruhiy diniy tarbiyaning ham ahamiyati shak-shubxasizdir.
«Qadimgi ajdodlarimiz komil inson xaqida butun bir ahloqiy talablar
majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanlar.
Kishi qalbida haromdan hazar nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz, isyon
bo’lishi kerak»!,-deydi I.A.Karimov.
Insof va adolat tuyg’usi, imon va halollik, xushmuomalalilik va xushxulqlik-
bular inson ma`naviy barkamolligining namoyon bo’lish shakllaridir.
Biz xozir milliy tiklanish davrida yashamoqdamiz. Har qanday milliy tiklanish
milliy uyg’onish zaminidagina muvaffaqiyatli amalga oshadi. Milliy uyg’onish
asosan ma`naviyat sohasida, milliy ong, insonning ma`naviy, ahloqiy kamolotida yuz
beradi. Ma`naviy kamolot faqat o’tmishni to’la tushunib olishgina emas, balki
kelajakka intilishdan ham iboratdir. « Taraqqiyot taqdirini ma`naviy jixatdan etuk
odamlar halm qiladi. Tehnikaviy bilim, murakkab texnalogiyani egallash qobiliyati
ma`naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy
zakovat va ruxiy-ma`naviy salohiyat –ma`rifatli insonning ikki qanotidir.»
Ajdodlarimizning ma`naviy merosi asosida xalqimiz ma`naviy barkamolligini
shakillantirish xususida gap ketganda bu borada olimlarimiz oldida turgan
masalalarni ham chetlab o’tib bo’lmaydi, albatta. Fikrimizcha, Markaziy Osiyo
mutafakkirlarning asarlarini sinchiklab o’rganibchiqib, ularin ona tilimizda chopr
etib,xalqimizga etkazib berish, respublika olimlarining oldida turgan birinchi vazifa
bo’lsa, SHarq falsafasi va islom ta`limotidagi milliy qadriyatlarimizga asoslangan
yangi, zamonaviy darsliklar, o’quv qo’llanmalarini yaratib, yosh avlodni milliy
qadriyatlar asosida tarbiyalashni yo’lga qo’yish ikkinchi vazifa deb, bilmog’imiz
kerak.
Dostları ilə paylaş: |