Iqtisodiyot va siyosatning o`zaro aloqadorligi
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muxim xususiyati
iqtisodiyotning mafkuradan batamom holi ravishda rivojlanishidir. «Iqtisodiyot,—
deb yozadi I.А.Karimov, — siyosatdan ustun turmog`i, uning ichki mazmunini
tashkil qilmog`i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish muammolari
hozirgi siyosatimizning asosiy mazmunidir»
10
.
Mazkur tamoyil ikdisodiyotni tubdan isloh qilishning nazariy asosi sifatida
bejiz e`tirof qilingani yuq. Ma`lumki, eski ma`muriy buyruqbozlik tuzumi
xukmronlik qilib turgan vaqtlarda, KPSS mafkurasining bevosita ta`siri ostida
jamiyatimizda «siyosat iqtisodiyotga nisbatan ustivor rol’ o`ynaydi, chunki uning
mavjudligi, rivojlanishini istiqboli siyosiy xokimiyat tomonidan belgilanadi», degan
soxta g`oya keng ildiz otib kelgan edi. Natijada jamiyatda vujud a kelgan barcha
iqtisodiy muammolar, ularning katta kichikligidan qat`iy nazar, KPSS MKning
siyosiy byurosi, s`ezd va plenumlar tomonidan berilgan ko`rsatmalarga muvofiq xal
qilinardi. Iqtisodiy taraqqiyotning ob`ektiv qonunlarini nazar pisand qilmasdan,
faqatgina siyosiy ehtiyojlar, qiziqishlardan kelib chiqib qabul qilingan KPSS
xukjatlariga muvofiq xalqimiz milliy daromadining salmoqli qismi chet-ellardagi
siyosiy partiyalar, milliy harakatlar, sotsialistik mamlakatlarga baynalmilal yordam
sifatida ajratilib berilardi. Natijada qanchadan qancha mablag`larimiz shamoldek
ko`kka uchib ketardi.
Ichki siyosat yuritishda ham mana shunday axvol ko`zga tashlanardi. Ishlab
chiqarish kuchlarining joylashishi, ularning rivojlanishi, xom-ashyolar bilan
ta`minlanishi, ishlab chiqilgan mahsulotlarni qasrda, kim va qancha iste`mol qilishi,
ularning narx-navolari ham siyosiy ko`rsatmalar asosida qat`iy ravishda belgilab
qo`yilardi. Xo`jalik ishlarini mana shunday usulda olib borish iqtisodiy jihatdan
foydalimi yoki zararlimi—buning siyosat yurituvchi raxbarlar uchun ahamiyati yuq
edi.
Iqtisodiyot qonunlari bilan xisoblashmay yurgizilgan siyosat oqibatida ijtimoiy
ziddiyatlarni keskinlashtirib jamiyatda iqtisodiy va siyosiy inqiroz vujudga keldi.
Mana shunday axvol sobiq SSSRning barcha respublikalarida sodir
bo`lganidek bizning jumxuriyatimizni ham chetlab o`tmadi. Jamiyatimiz iqtisodiyoti
bir tomonlama rivojlanib, respublikamiz asosan xom-ashyo etkazib beradigan o`lkaga
aylanib qolgani hammamizga ma`lum. eng achinarlisi shundaki, zaxmatkash
halqimizning mehnat va ko`p mashaqqatlar bilan etishtirilgan xom-ashyolari Rossiya
va boshqa respublikalarga arzon narx bilan olib ketilardi, u erda qayta ishlov berilib
tayyor iste`mol mollari ishlab chiqilardi va ularning muayyan qismi qimmatbahoda
Respublikamizga sotilardi. Bunga paxta xom-ashyosidan Rossiya, Boltiqbuyi
Respublikalarida qayta ishlab chiqilgan kiyim-kechak paxta yog`i, shrot va boshqa
iste`mol mollari misol bo`la oladi.
Xuddi shuningdek, qishloq xo`jaligining boshqa mahsulotlari, jumladan, poliz
va sabzavot, uzum, mevalar ham arzon narxda markazning ko`rsatmasi bilan Moskva,
Sibir’ va boshqa joylarga olib ketilardi. Mahalliy aholining mazkur maxsulotlarga
bo`lgan ehtiyojlari zsa Vengriya, Bolgariya va boshqa chet-mamlakatlardan olib
kelingan konservalar, vino, meva hisobidan qondirilardi.
10
Каримов И.А. Юксак малакали мутахассислар – тараққиёт омили // «Халқ сўзи», 1995, 4 октябрь.
Respublikada chiqariladigan gaz, qimmatbaxo qazilmalar, uran rudalari ham
Rossiyaga xom-ashyo tarzida olib ketilardi. O`z navbatida Respublikamizning
issiqlik energiyasi, yokilg`i va boshqa narsalarga bo`lgan ehtiyojlari Sibir’ va boshqa
joylardan qimmatbahoda keltirilgan ko`mir hisobidan ta`minlanardi. Respublikamiz
xom-ashyosi talon-toroj qilinib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hisobidan
olingan sof daromad boshqalarning hamyoniga tushardi.
Mazkur iste`mol mollarini respublikamizning o`zida ishlab chiqsa bo`lardi,
bunga barcha imkoniyatlar mavjud edi. Zero, mamlakatimizimiz boy xom ashyoga
ega, malakali va zahmatkash ishchilarimiz bor. Nega shunday qilinmadi? Gap
shundaki, markazdagi siyosatchilarni O`zbekiston xalqining farovon yashashi
qiziktirmas edi, ular jamiyatimiz iqtisodiyotini o`z qo`lida jilovlab, o`lkamizning
boyligidan istagancha foydalanib, xalqimizni batamom markazga qaram qilib
qo`yishdan manfaatdor edi. Bunga xukmron siyosiy tuzum va siyosatchilar astoydil
xizmat qilib kelishdi.
Istiqlol sharofati bilan bunday adolatsizlikka chek qo`yildi. Bozor
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatimiz bundan buyon siyosat va siyosatchilarning
ikdisodiyotga qo`pol ravishda aralashishiga yo`l qo`ymaydi. «Ichki iqtisodiy
strategiya, - deydi I.Karimov, - har qanday siyosiy mafkura ta`siridan butunlay holi
bulishi kerak. O`tgan yillar iqtisodiyoti o`ta siyosiylashtirib yuborilgan edi. Iqtisodiy
maqbullikdan siyosiy kon’yunkuraviy manfaatlarning ustun kelishi sobiq Ittifoq xalq
xo`jaligini parokandalik yoqasiga, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning jiddiy
buzilishiga, ishlab chiqarishniig texnika jihatdan qoloqligiga olib keldi. Iqtisodiyot
faqat unga xos bo`lgan ichki qonuniyatlar asosida rivojlanmogi darkor. Bizning
vazifamiz ularni yaxshi tushunib etishdan va o`z xalqimiz manfaatlari yo`lida
moxirona qo`llashdan iboratdir»
11
.
Nafaqat siyosat, balki davlatning ham xo`jalik faoliyatiga bevosita
aralashuvidan voz kechish — bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotning
xususiyatidir. Buni biz qancha tez anglab etsak islohotlar shuncha tez amalga oshadi.
Zamonaviy iqtisodiyot ishlarini yuritish buyruqbozlik bilan o`z xukmini
o`tkazish, tazyiq qilish kabi usullarga tamomila ziddir. Iqtisodiyot o`z ichki
konuniyatlariga ega, ana shu qonuniyatlarni chuqur bilib olib, o`z xatti-
harakatlarimizni shularga mos ravishda qilsakkina oldimizga qo`ygan maqsadlarga
erishishimiz mumkin. Aks holda iqtisodiyot sohasida ijobiy o`zgarishlarning yuzaga
kelishi amrimaholdir.
Bozor iqtisodiyotiga xos qonuniyatlarni o`rganishda iqtisodiy o`quvni ta`sis
etish, marketing, audit, bank moliya ishlarini yuritish muammolariga bag`ishlangan
har xil seminarlar, simpozium, kengashlar o`tkazish muvofiqdir. Keyingi yillarda
mana shu masalalarga Respublikamiz raxbariyati katta ahamiyat beryapti.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda mazkur yo`nalish bo`yicha turli
xil ishlar qilinib, mulk egalarining iqtisodiy saviyalari kundan kunga ortib bormoqda.
By esa o`z navbatida iqtisodiyo timizning yuksalishiga ijobiy hissa qo`shmoqda.
Iqtisodiyot bilan siyosatning aloqadorligi ustida gap ketganda shuni esdan
chiqarmaslik kerakki, siyosat qo`pqirrali tushuncha bo`lib, u iqtisodiyot bilan bevosi
ta va bilvosita bog`langan bo`ladi. Iqtisodiyot bilan bevosita bog`langan siyosatning
ichki mazmuni to`la to`kis iqtisodiyot talablari, ehtiyojlari, qonuniyatlari bilan
11
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.-Т.:ЎЗбекистон, 1993, 63-64-бетлар.
belgilanadi. Respublikamizda shiddat bilan ro`y berayotgan iqtisodiy islohotlar, ko`p
ukladli iqtisodiyotga o`tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarib uni xaqikiy egalari
qo`liga berishni tezlashtirish, tadbirkorlik uchun keng yo`l ochib berish, kichik va
o`rta korxonalarni rivojlantirish, ularga imkoniyat va imtiyozlar yaratib berish, kichik
texnologiyani joriy etish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, uning sifati
hamda raqobatbardoshligini jahon bozori talablari darajasiga etkazish maksadida
iqtisodiyotda tarkibiy strukturaviy o`zgarishlarni amalga oshirish, qishloqda tub
isloxotlar o`tkazish, qishlok xo`jaligini taraqqiy qildirish, qishloq xo`jaligida ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish, shu bilan
bir qatorda milliy valyutani mustaqkamlash, uning joriy to`la almashadigan
bo`lishiga erishish, bank moliya, kredit tizimlarini takomillashtirish, ularni jahon
talablar darajasiga ko`tarish, to`lovlarni tartibga solish, ustuvor tarmoqlarni tezkorlik
bilan rivojlantirish, import xajmlarini kamaytirish va eksportga mo`ljallangan ishlab
chiqarishni rivojlantirish kabilar hozirgi kunda xukumatimiz iqtisodiy siyosatining
asosiy yo`nalishlarini tashkil etadi.
Bundan yaqqol ko`rinib turibdiki, iqtisodiyot siyosatning mazmunini belgilaydi
va unga nisbatan ustuvor turadi. Mana shu ma`noda iqtisodiyot mafkuradan batamom
holi bo`lishi kerak degan g`oyaning hozirgi kunda keng ildiz otgani bejiz emas. Lekin
siyosat iqtisodiyot bilan chegaralanib qolmaydi, u davlat, siyosiy partiyalar, siyosiy
tashkilotlarning ko`pqirrali faoliyatining majmui, yigindisidan iborat bo`lgan xatti-
harakatdir. SHunday ekan, siyosat iqtisodiyotga oid masalalar bilan cheklanmaydi.
Masalan, inson huquqi va erkinliklarini ximoya qilish, jamiyatda demokratik
jarayonlarni chuqurlashtirish, milliy va millatlararo munosabatlarni takomillashtirish,
ta`lim-tarbiya masalalari, milliy merosimiz, tariximiz, urf-odat va an`analarimizni,
ma`naviyat va xaloliylikni tiklash, o`zbek tilining davlat tili maqomini izchil va tulik
ruyobga chiqarish, Respublika xududida yashovchi barcha xalqlarning madaniyati va
tillarini hurmatlash, xurfikrlik vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish,
ijtimoiy adolatni ta`minlash, onalik va bolalikni muxofaza qilish, yangi demokratik
ta`lim kontseptsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, ijodning barcha turlarini
rivojlantirish, fuqarolar tinchligi va huquq tartibotini qaror toptirish qabilar
davlatimizning ijtimoiy, ma`naviy soxadagi ichki siyosatini tashkil etadi.
SHuningdek o`zining milliy davlat manfaatlarini har tomonlama hisobga olish,
xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mojarolarni tinch yo`l
bilan xal etish, yadroviy qurol mintaqa bo`lib qolish, tajovuzkor harbiy bloklar va
uyushmalarga kirmaslik inson huquqlari to`g`risidagi, birinchi bo`lib xujum qilmaslik
xaqidagi, nizoli masalalarni xal etishda kuch ishlatishdan voz kechish to`g`risidagi
hujjatlarni tan olish va ularga rioya qilish, Respublikaning tashqi siyosatini teng
xuquku va fuqaro manfaatdorlik boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalarni o`rnatish,
xalqaro huquq me`yorlari ustuvorligini tan olish kabilar esa — O`zbekistonning
tashqi siyosatini amalga oshirishda asosiy negiz qilib olingan.
Demak, mafkura va uning shakli bo`lmish siyosat jamiyatning ustqurmasi
sifatida bazis — iqtisodiyot bilan ham bevosita, ham bilvosita bog`langandir.
Jamiyatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga tegishli muammolar siyosat bilan
bevosita bog`liq bo`lsa, uning boshqa sohalariga (ijtimoiy, ma`naviy va xokazolar)
oid bo`lgan siyosat iqtisodiyot bilan bilvosita bog`liqdir.
Iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish kerak degan g`oya, iqtisodietga
bevosita taalluqli bo`lgan siyosatgagina daxllidir. Iqtisodiyotdan boshqa sohalarga
tegishli bo`lgan siyosat mafkuraning ifodasi sifatida nisbiy mustaqillikka ega.
SHuning uchun ham uni bevosita iqtisodiyotga bog`lab tavsiflash noto`g`ridir. Aks
holda iqtisodiy determenizmga, ya`ni ijtimoiy hodisalarning asosini birdan bir
iqtisodiyot tashkil etadi, deb jamiyat taraqqiyotini bir tomonlama tushuntirishga olib
keladigan xatolarga yo`l ochilishi hech gap emas.
Dostları ilə paylaş: |