O`zbekiston tabiiy resurslarga nihoyat darajada boy, nisbatan
yuqori iqtisodiy
va ishlab chiqarish-texnika qudratiga ega. Mamlakatimiz korxonalarida, ilmiy hamda
ilmiy-ishlab chiqarish, loyiha konstruktorlik va boshqa tashkilotlarda asosan yuqori
malakali, bilimdon mutaxassislar mehnat qiladi.
Mana shunday qudratga ega bo`lgan mehnatkash xalqimiz o`tmishda ancha
nochor kun kechirib keldi. Buning sababi shundaki, Respublika iqtisodiyoti sobiq
SSSR yagona iqtisodiy tarmog`ining ajralmas qismi deb xisoblanib faqat xom-ashyo
etkazib beradigan o`lkaga aylanib qolgan edi. Xalqimiz ehtiyojlarini qondirish uchun
zarur bo`lgan iste`mol mollari boshqa respublikalardan keltirib berilardi. Natijada
respublikamiz Markazga to`liq qaram bo`lib qolgan edi.
Hayot shuni ko`rsatdiki, faqat xom-ashyo etishtiruvchi va
sotuvchining kosasi
oqarmaydi, u surunkali nochorlik ka giriftor bo`ladi. SHuni hisobga olgan holda,
respublikamiz o`ziniig barcha imkoniyatlari va rezervlarini to`g`ri hisobga olib
chiqib, O`zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini ta`minlash imkonini
beruvchi tuzilmani vujudga keltirishni, o`zimizning mustaqil iqtisodiy sistemamizni
yaratishni asosiy maqsad kilib quydi.
Endilikda tabiiy qadriyatlarimizdan ayovsiz foydalanishga, atrof-muxitga ziyon
etkazilishiga yo`l qo`ymaslik O`zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama— xom-
asheviy yunalishiga qat`iy bardam berish Respublika ichki siyosatining eng muqim
strategiyasi hisoblanadn.
«Xalq xo`jaligining xom-ashyoviy yo`nalishini bartaraf etish, — deydi I.
Karimov, — Respublikamiz iqtisodiyotining barqaror va jo`shqin rivojlanishini
ta`minlash imkonini beradi, ish bilan ta`minlanmagan ishchi kuchlarini ishlab
chiqarishga jalb etishga, kadrlarning kasb-korlik savodini oshirishga, maqsulotlarni
keltirish va chetga chiqarishni mutanosiblashtirishga ko`maklashadi, eng asosiysi—
O`zbekistonning mustaqilligi, uning xalqi turmush darajasining o`sishi uchun
ishonchli kafolatlar yaratadi»
4
.
Mazkur siyosatni amalga oshirish niyatida hozirgi kunda xukumatimiz
Respublikaning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash,
import xajmlarini
kamaytirish va eksportga mo`ljallangan ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga
qaratilgai siyosatni muntazam ravishda amalga oshirmoqda. endilikda biz xorijdan
keladigan sarmoyalarga qaram bulib o`tirmasdan
o`z ichki imkoniyatlarimizni ishga
solib iqtisodiyotni rivojlantirishimiz darkor.
SHuningdek, hozir ustuvorlik tarmoqlarini, ya`ni neft’ va gaz sanoati,
elektenergetika, mashinasozlik va kimyo sanoatini tezkorlik bsh:an rivojlantirilib,
tarmoqlar va mintaqalararo nomutanosiblikni qisqartirishga e`tibor kuchaytirilmoqda.
Tabiiy, moddiy kadriyatlarimizdan unumli foydalanishda mulkiy
munosabatlarni tubdan o`zgartirish katta ahamiyat kasb etadi. SHuni e’tiborga olgan
holda Respublikamizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarib, uni haqiqiy
egalari
qo`liga berishni tezlashtirish, tadbirkorlik uchun keng yo`l ochib berish va mulkdorda
mulk egasi xissiyotini tarbiyalashga qaratilgan ishlar rivoj topmoqda. Bunda o`rta-
kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish qo`l kelayotir. «Xususiy tadbirkorlik va
tashabbusni qo`llab-quvvatlash haqida»gi qonunning qabul qilinishi, «Biznes fond»
amaliy aloqalar markazi, «Madad» sug`urta jamiyatining to`zilishi kichik
tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
4
Каримов И.А. Ўзбекистон миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. -Т.:Ўзбекистон, 1993, 73-бет.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda tayyor maxsulot ishlab chiqarishni
kengaytirish, uning sifati va raqobatbardoshligini jahon bozori talablari darajasiga
etkazish katta ahamiyat kasb etadi. Bunda iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan
tarkibiy strukturaviy o`zgarishlar qo`l kelmoqda.
O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloqda tub islohotlar o`tkazish,
qishloq xo`jaligini taraqiy qildirish, qishloq xo`jaligi ishlab
chiqarishi samaradorligini
oshirish muhim omil bo`lib hisoblanadi. Bu soxada ham keyingi vaqtda ancha ijobiy
o`zgarishlar sodir bo`lmoqda. Birinchidan, xukumatimiz qishloq xo`jaligida band
bo`lgan ortiqcha ishchi kuchlarini boshqa sohalarga jalb etishga harakat kilayotgan
bo`lsa, ikkinchidan, qishloq joylariga sanoatni olib borish va keng joriy etish, kichik
va o`rtacha korxonalarni kurish, yangi ish joylarini yaratish ishlari avj olib bormokda.
Hozirgi kunda qishloq xo`jaligida xizmat ko`rsatish tarmog`ini keng
rivojlantirish,
kichik biznesga, xususiy tadbirkorlikka keng yo`l ochib berish — iqtisodiy
islohotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishning asosiy garovi bo`lib turibdi.
SHuningdek, «bugungi kunda makroiqtisodietni barqarorlashtirish bilan bir
qatorda milliy valyutani mustahkamlash, uning joriy va to`liq almashadigan
bo`lishiga erishish... bizning asosiy vazifamizdir»
5
. Bu borada, birinchidan, aholining
ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltirilayottan mollar bilan raqobat qila
oladigan o`z maxsulotlarimizni ishlab chiqarishimiz kerak bo`lsa, ikkinchidan,
eksport qilinadigan mollarni ko`paytirib, valyuta zahiralarini to`ldirishga,
uchinchidan, yonilg`i energiya manbalarini, ko`pgina uskuna va oziq-ovqat
maxsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o`zimizda ishlab chiqarishni
ta`minlashga asosiy e`tibor qaratilmog`i lozim.
YUqorida aytilgan va boshg`a qilayotgan ishlar iqtisodiyotimizni tarkibiy
jihatdan yangilab, uning samaradorligini oshirib, xalqimiz turmush
tarzini yanada
yuksaltirishga keng imkoniyat ochib beradi. Prezidentimiz ta`kidlaganidek:
«Tuzilmalarni qaytadan yangilamasdan turib, o`z iqtisodiyotimiz va ishlab chiqarish
kuchlarimizga suyanmasdan turib, biz iqtisodiy mustaqillikka erisha olmaymiz,
mehnatning xalqaro taqsimotidagi o`z munosib o`rnimizga, binobarin, xalqimizning
munosib turmushi uchun zarur shart-sharoitga ega bo`la olmaymiz»
6
.
SHunga ham alohida e`tibor berish kerakki, yangi iqtisodiy to`zilmalarni joriy
etishda tijorat banklari tizimi, sug`o`rta kompaniyalari, auditorlik xizmatlari,
zamonaviy kommunikatsiyalarning zarur tizimlarini jadallik bilan shakllantirish
muxim o`rin tutadi. Mazkur masalalarni xal qilishda ham davlatimizning o`zi bosh-
qosh bulmoqda.
Respublikamizda utkazilayotgan islohotlar—bu avvalambor institutsion
islohotlar, ya`ni eski, mustabid iktisodiyotning qotib qolgan, g`oyat
markazlashtirilgan tizimini yangi, erkin boshqaruvga kuchirish, ragbatlantirish va
jonlantiruvchi tizimga aylantirish poydevori hisoblanadi. «SHu o`zgarishlarni
nufuzli
xalqaro tashkilotlar tayyorlagan maxsus dastur asosida utkazish, zamonaviy uslub va
komp’yuterlar tizimini joriy qilish, yosh, iste`dodli mutaxassislarimizni jadal sur`atlar
bilan xorijiy mamlakatlarda uqitib tarbiyalash diqqat e`tiborimiz markazida turmog`i
kerak», deydi Prezidentimiz.
5
«Халқ сўзи», 1995 йил 22 декабрь.
6
«Халқ сўзи» 1995 йил 24 февраль