№4 2022
37
TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI
Madiyorova Shohista Sabirjonovna
Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning
o‘zbek tili fani o‘qituvchisi
Otamuratova Intizor Komilovna
Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 6-son maktabning
tarix fani o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7256231
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim jarayonida interfaol metodlardan
foydalanishning ahamiyati hamda darslarda qo‘llaniladigan ba’zi
interfaol metodlar
haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: ta’lim jarayoni, metod, interfaol,
innovatsiya, “6x6x6 metodi,
“Qorbo‘ron” metodi, “Qalin va ingichka savollar” metodi.
Ma’lumki, bugungi kunda darslarni interfaol metodlarsiz tasavvur qilish
mushkul. Negaki hozirgi taʼlim jarayonida interfaol metodlar,
innovatsion
texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʼquv jarayonida qoʼllashga
boʼlgan qiziqish, eʼtibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Oʼqituvchi bu jarayonda
oʼquvchining shaxsiy rivojlanishi, shakllanishi, bilim
olishi va tarbiyalanishiga
sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yoʼnaltiruvchilik
funksiyasini bajaradi.
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol usullar muayyan guruhlarda
o‘qitiladigan o‘quv fanining bosh maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Aks holda,
qo‘llanilgan interfaol usul hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi. O‘qituvchi
tanlagan usul dars davomida bolaning faolligini, kattalar va tengdoshlari bilan to‘g‘ri
muloqot qila olishini ta’minlashi,
tilda mavjud, biroq o‘quvchi uchun notanish
bo‘lgan yangi so‘z va iboralarning mazmunini anglash,
eslab qolishga, muloqot
jarayonida qo‘llashga harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishi zarur. Interfaol
usullardan foydalanilgan holda o‘tilgan darslar o‘quvchilarni
ijobiy fikrlashga,
olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon qilishga,
tashabbuskorlikka, guruhlarda
masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish
yuritishga chorlaydi.
Hozirda taʼlim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yoʼnalishlardan
biri interfaol taʼlim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni
qoʼllash natijasida oʼquvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish,
oʼz fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda
himoya qila bilish, sogʼlom muloqot,
munozara, bahs olib borish koʼnikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.