№4 2022 38
Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsion
texnologiyalar pedagogik jarayon hamda oʼqituvchi faoliyatiga yangilik, oʼzgarishlar
kiritish boʼlib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan toʼliq
foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa boʼlib fikrlash deb yuritiladi, yaʼni
pedagogik taʼsir etish usullari boʼlib taʼlim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bu metodlarning oʼziga xosligi shundaki, ular pedagog va oʼquvchilarning birgalikda
faoliyat koʼrsatishi orqali amalga oshiriladi. Ushbu maqolada keltirilgan zamonaviy
metodlar oʼquvchida mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni
shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, yetuk mutaxassis
boʼlishlariga hamda mutaxassisga kerakli boʼlgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga
yordam beradi.
Maʼlumki, interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud boʼlib, ularning
aksariyati tajriba-sinovdan oʼtib, yaxshi natija bergan. Keng qoʼllaniladigan usullar:
“Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom yettir”, “Taqdimot”, “Blits-soʼrov”, “Muammoli
vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin.
Darsning oʼtilgan mavzuni soʼrash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi”
metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”,
“Bumerang”
texnologiyalarini,
mavzuni
mustahkamlash
qismida
“Venn
diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”,
“Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-
jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda
“FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qoʼllash dars samaradorligini taʼminlab,
oʼquvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Quyida ushbu metodlarning
ayrimlari haqida kengroq ma’lumot berib o‘tiladi.
“6x6x6 metodi. ”Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar
o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal
etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning
qarashlarini bilib olish mumkin. «6x6x6» metodi asosida tashkil etilayotgan
mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi
tomonidan o‘rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan
vaqt nihoyasiga etgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan
guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhlar bittadan vakil bo‘ladi. Yangi
shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo
(masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur
yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar
o‘quvchidan iborat bo‘lgan bir necha guruhlarda ham qo‘llash mumkin. Biroq yirik
guruhlar o‘rtasida «6x6x6» metodi qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri
keladi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun
ham birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z yuritilayotgan metod qo‘llanilayotgan