Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi yoki iqtisodiyotning mafkuraviy maqsadlarga 
bo`ysundirilmasligi. Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosatdan ortda qolmasligi 
zarur, u biror mafkuraga bo`ysundirilishi aslo mumkin emas. Ichki va tashqi iqtisodiy 
munosabatlar mafkuradan holi bo`lishi lozim. Bozor mexanizmlarini ishga solish 
uchun avvalo: 
1) Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish siyosatini o`tkazish; 2) 
bahoni, narh-navoni bosqichma-bosqich erkinlashti-rish; 3) bozor infratuzilmasini 
shakllantirish; 4) aholini ijtimoiy himoya qilish siyosati olib borilmoqda.


2. Davlat - bosh islohotchi. U islohotlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilab berishi, 
yangilanish va o`zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga 
oshirib keldi va kelmoqda. Bozor iqtisodiyotini davlat yo`li bilan tartibga solish, 
iqtisodiyotning davlat sektorini rivojlantirishni boshqarish hamda ijtimoiy 
muammolarni hal etish yo`li bilan bevosita, huquqiy va iqtisodiy vositalar yordamida 
bilvosita amalga oshirilmoqda.
3. Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi. Demokratik yo`l bilan 
qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va 
ularni og`ishmay amalga oshirish lozim. Huquqiy davlatning elementlari: a) qonun 
ustuvorligi; b) qonun oldida hammaning tengligi; v) hamma o`z ish faoliyatini qonun 
doirasida bajarishi; g) hokimiyat organlarining bo`linish kabi printsiplariga amal 
qiladi. 
4. Kuchli ijtimoiy siyosat. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda, 
kuchli ijtimoiy siyosat yuritib kelinmoqda. Bozor munosabat-larini joriy etish bilan 
bir vaqtda, aholini, ayniqsa kam ta`minlangan oilalarni, bolalar va keksalarni ijtimoiy 
himoyalash yuzasidan oldindan ta`sirchan chorlar ko`rilishi lozim. Bunda 1) daromad 
(pul) siyosati yani pul-kredit siyosati, pul daromadi siyosati o`tkazilib kelinmoqda. 2) 
Ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy kafolatlar, kam ta`minlanganlarni ijtimoiy qo`llab-
quvvatlash. 4) Aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko`rsatish. 5) Xalqning moddiy turmush 
sharoitlarini yaxshilash kabilar amalga oshirilmoqda.
5. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning bosqichma-bosqich o`tishi - tadri-jiy yo`li. Bozor 
iqtisodiyotiga ob`ektiv qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, tadrijiy asosda, 
puxta o`ylab, bosqichma-bosqich o`tilmoqda. Bu yo`l Evropadagi sobiq sotsialistik 
mamlakatlar qo`llayotgan «SHoka terapeya» yo`lidan tubdan farq qilib (ular 
birdaniga), bozor iqtisodiyotiga iqtiso-diyotda, siyosatda, ma`naviy hayotda, ijtimoiy 
jarayonlarda bosqichma-bosqich o`tilmoqda.
Ushbu tamoyillar O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`lining asosini, o`tish 
davri dasturining negizini tashkil etadi. Ularning amalga oshirilishi mamlakatimizda
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi,
bozor munosabatlarini izchil joriy etishni ta`minlamoqda.
Taraqqiyotning o`zbek modeli xalqimizning milliy davlatchilik an`analari, 
qadriyatlari va mentalitetiga tayangani, ayni vaqtda, jamiyatni isloh etish borasidagi 
dunyo tajribasining ilg`or yutuqlariga asoslangani tufayli xalqaro hamjamiyat 
tomonidan e`tirof etilmoqda. 
Xalq farovonligi g`oyasi, uning mohiyati va yo`nalishlari. Tarix va taraqqiyotning 
bosh maqsadlaridan biri - bu xalq farovonligiga erishishdir. Mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan islohotlar inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi 
kerak.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oliy maqsadi - xalqimizga 
munosib turmush sharoiti yaratishdan iborat. YA`ni islohot - islohot uchun emas, 
inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Jamiyatimizdagi har 
qanday yangilanish, har qanday o`zgarish mohiya-tida ana shu maqsad mujassamdir.
Bu haqiqatni odamlar ongiga singdirish, keng aholi qatlamlarining islohotlar 
mohiyatini anglab etishga va uning faol ishtirokchisiga aylanishiga erishish zarur. 
buning uchun esa ularning dunyoqarashini, hayotga, mehnatga, erga munosabatini 
tubdan o`zgartirish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki farovon turmush asosi - 


erkinlik, tadbirkorlik va tashabbuskor-likdir. Biz bularning har bir haqida qisqacha 
to`xtalishni lozim topdik:
1. Erkinlik - farovon turmush asosi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 
o`zining qator asar va chiqishlarida bu masalaga alohida e`tibor berib kelmoqda. 
Xususan, «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida mamlakatimiz uchun XXI asr 
boshlaridagi asosiy ustuvor yo`nalish-laridan birini ham ana shu masala bosh vazifa 
qilib qo`yildi. “Birinchi ustuvor yo`nalish - mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini
davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish”. 
Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayon-larini erkinlashtirish
masalasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu bora-dagi asosiy vazifalar hokimiyat 
barcha tarmoqlarining bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini 
mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, 
fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o`tkaza borish, 
ularning haq-huquqlarini va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat.
Prezident I.A.Karimov 2005 yil 28 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi yig`ilishida bu masalaga 
alohida e`tibor berib shunday degan edi: «Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi 
eng muhim vazifa bu qonunchilik hokimiyati bo`lmish mamlakat Parlamentining roli 
va ta`sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o`rtasida 
yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat». SHuningdek, 
yurtboshimiz «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili haqida 
to`xtalib, o`zini-o`zi boshqarish organlari - mahalla, mahalla qo`mitalari va qishloq 
fuqarolik yig`inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish lozim»ligi 
bayon etildi. 
Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish maqsadi - birinchi navbatda davlatning 
boshqaruv rolini chegaralash, xo`jalik yurituvchi sub`ekt-larning iqtisodiy 
erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini 
kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquq-larini mustahkamlash demakdir. 
2. Tadbirkorlik - farovon turmush asosi. Prezidentimiz Islom Karimov 1994 yil 16 
dekabrda Prezident huzuridagi Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va xorijiy sarmoyalar 
bo`yicha idoralararo Kengashning navbat-dagi majlisida “Tadbirkorlik - iqtisodiyot 
kelajagi” mavzuida mazkur masala yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bayon etgan 
edi. Unda bozor muno-sabatlariga o`tishning keyingi bosqichida quyidagi 3 ta 
ustuvor yo`nalishni belgilab berdi:

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin