Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

1. «An`anaviy madaniyat»ning birinchi saralash davri eramizdan oldingi ikki 
ming yillikning so`nggi choragi va birinchi ming yillik boshlariga to`g`ri keladi. Bu 
davr jamiyat barcha tomonlarining o`sishi va o`zgarishiga asos bo`lgan yangicha 
ijtimoiy munosabat, mezonlarning qaror topishi bilan bog`liq. Bu davr ijtimoiy-
siyosiy o`zgarishlarga mos keladigan, an`anaviy qadriyatlar mezoni hisoblangan 
«Avesto» yozma yodgorligi bilan uzviy bog`liq. Bu davrda nisbatan tor doiradagi 
hududlar, urug` va qabilalar manfaatlariga mos kelgan qadriyatlar mezoni o`rniga 
keng doiradagi hududlar va elatlar mushtarak manfaatlarining izchil ifodasi bo`lib, 
ibtidoiy ko`p xudolik (poleteistik) tasavvurlar o`rniga yakka xudolik (monoteistik) 
tasavvurlarning qaror topa boshlaganligini ko`ramiz. Mazkur jarayonning ilk 
bosqichlarida nisbatan kengroq hududlarda istiqomat qiluv-chi urug` va qabilalarning 
umumiy manfaatlarini ifoda etuvchi obrazlarning yaratilishiga kuchli ehtiyoj 
sezilgan.
Qabilalar o`rtasida umume`tirof etilgan dastlabki obraz «Hamma narsani 
ko`rib turuvchi, hamma narsadan xabardor, ming ko`zli va ming qulog`i bor, 
qabilalar o`rtasidagi kelishilgan shartnoma talablarining bajarili-shini qattiq nazorat 
qiluvchi adolat tarozisini qo`lida tutgan quyosh timsolidagi «mitra» bo`lib shakllandi. 
Umuman, o`sha davr uchun o`ta muhim bo`lgan narsa qabilalar o`rtasidagi 
umumiy an`anaviy axloqiy normalarni qaror toptirish va unga izchil amal qilish 
zaruriy ehtiyojga alanadi. CHunki Irtish-Urol hududlaridagi yuzlab qabilalar o`rtasida 
umumiy kelishuv (shartnoma)lar tuzilib, unga qat`iy rioya qilmasdan turib, tabiatning 
injiqliklariga birgalikda (hamjihat-likda) kurash olib borish, boshqa hudud 
qabilalaridan o`z hududlarini himoya qilishning imkoni yo`q edi.
«Avesto» ta`limotidagi an`anaviy qadriyatlar mezoni to`la sof diniy-
mifologik mazmun bilan cheklanib qolmasdan, balki shu bilan birga ijtimoiy muhit 
talablarini ham, tabiiy hodisalarni o`rganish asnosida vujudga kelgan bilimlarga ham 


suyanadigan dunyoviy harakterga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, yovuz dev 
Axrimon odamlarga dahshat urug`ini sochish uchun o`n ming turdagi kasalliklarni 
yuboradi. Unga qarshi ezgulik tangrisi Axura Mazda 9999 ta kasallikning davosini 
tabiatdagi narsa-hodisalar (jonsiz, tirik va o`simliklar) dunyosining xossalari, sifatlari 
ko`rinishda odamlar uchun yaratadi. Odamlar tabiatni chuqur o`rganishlari orqali 
mazkur shifobaxsh xossa va sifatlarni ajratib olib, o`z dardlariga shifo topgan-lar. eng 
muhimi, tabiatni o`rganish orqali ortirilgan bilimlar qadriyat darajasiga ko`tarilgan. 
SHundan bo`lsa kerak, Otashparastlar qadimda, hatto o`rta asrlarda ham 3 ta narsa 
bilan mashhur bo`lganlar: 1) sehrgarlik; 2) tabobat ilmida; 3) vinochilik bilan 
shuhrat qozonganlar. Bu fazilat-larning uchalasi asosida ham tabiatni chuqur 
o`rganish yotganligini ko`ramiz.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin