Evropaliklar uchun har tomonlama ibrat namunasiga aylangan musulmon
sharq madaniyati tarkibi bir vaqtlar YUnon va Rim madaniyatiga xos bo`lgan
elementlarni g`arb yana qaytadan o`zlashtirib olishga kirishdi. Musulmon zadoganlari
oilalaridagi o`ta nozik munosabatlar va islom dinidagi
kibor oilalarda ayollarga
berilgan huquq va erkinliklarni katolik cherkoviga qaram xristianlar hatto orzu ham
qila olmaganlar.
Biroq bir narsaga alohida urg`u berish lozim, u ham bo`lsa Evropa SHarq
xalqlari madaniyati va ma`naviyatiga faqat havas qilish bilan cheklanib qolmadi. U
endi SHarq ma`naviyati yutuqlarini o`zlashtirib olish bilan jiddiy shug`ullana
boshladi. Evropaliklar musulmon sharq madaniyatidan ancha orqada qolib
ketganligini ilk bora anglab etgan edilar.
Suqrot, Aflatun va Arastulardan boshlangan dunyoni bilishda ratsional
aqlning hal qiluvchi roli to`g`risidagi ratsionalizm Forobiy, Ibn Sino va Ibn Ro`sht
ijodlari orqali Evropaga keng tarqalishi natijasi o`laroq evropaliklarda oldin an`ana
tusiga kirgan dunyoni Injil dogmalari orqali idrok etishlariga barham berdi.
endilikda
tevarak-atrofdagi narsa-hodisalarga mantiq talablari va qoidalari orqali qarashga
bo`lgan intilishning kuchayishiga sabab bo`lgan edi.
XVIII asr Frantsuz ma`rifatparvarlari esa tabiiy va ijtimoiy hodisalarni
o`rganishda diniy dunyoqarashdan foydalanishni butunlay man qilish va hatto
cherkovni davlat siyosatidan, umuman maorif va tarbiya masalalaridan ajratish zarur
deb chiqdilar. Xuddi o`sha davrlarda
jamiyat va davlat, umuman ijtimoiy hayotning
dunyoviy taraqqiyot yo`li to`g`risidagi ta`limotlar etilib kela boshladi. O`sha
davrning yirik ma`rifatparvar mutafakkirlaridan Volter, J.J.Russo, D.Didro va
boshqalarni ko`rsatib o`tishimiz mumkin.
Ular Evropa madaniyati asosida xristianlik dunyoqarashi, marosim va urf-
odatlari, axloq normalari va h.k.lar yotishini bilar edilar. Lekin xristianlik
dunyoqarashi jamiyatning keyingi taraqqiyotini ta`minlashga qodir bo`lmay qolgan,
aksincha taraqqiyot to`siq kuchga aylanganligini fosh qilib xristianlik insoniyat
(Evropa)ning keyingi taraqqiyoti oldida jahillikdan o`zga narsa emas, deb chiqdilar.
Mazkur mutafakkirlar tomonidan gumanizm g`oyalarining ishlab chiqilishi
«Butunjahon inson huquqlari dekloratsiyasi»ning moddalari uchun asos bo`lib xizmat
qildi. J.J.Russo tomonidan «Ijtimoiy shartnomalar» kitobi (ta`limoti)ning yaratilishi
Evropada xristian qadriyatlari orqali-gina ijtimoiy
hodisalarga baho berib, odatlangan
jamoatchilik uchun inqilobiy dunyoqarash bo`lib xizmat qildi.
Dunyoviy taraqqiyot yo`li o`z ichiga asosan: 1) dunyoviy fan yutuqlari; 2)
gumanizm tamoyillariga; 3) ijtimoiy talablar asosida shakllangan an`anaviy axloq
normalariga rioya qilishni va hokazolarni qamrab oladi.
An`anaviy madaniyat qadriyatlarining 3 ta shakli mavjud:
1.
Elitar madaniyat
2. Xalq madaniyati
3. Ommaviy madaniyat
Dostları ilə paylaş: