Zamoniy munosabatlar: a) almashtiruvchi voqealarning tartibidan;
b)ularning uzunligidan iboratdir.
Materialistlar: makon va zamonni ongdan tashqarida, ongga bog`liq-mass,
olamda sodir bo`ladigan protsesslar makon va zamonda yuz beradi deb
hisoblovchilar.
Idealistlar: makoniy- zamoniy munosabatlar ongga, absoyut ideyaga,
olamdan ustun turuvchi ongga bog`liq, deb tushuntiradi.
XX asr tasavvuriga ko`ra makon: 3 o`lchovli kontinuumni tashkil qiladi:
zamon: 1 o`lchovga ega. Ular birgalikda yagona 4 o`lchovli kontinuumni
tashkil qiladi.
SHu boisdan ham bugungi kunda an`anaviy madaniyat va milliy-ma`naviy
qadriyatlarga faqat eskilik sarqiti deb qaramaslik lozim. Bularni to`g`ri anglamaslik,
yoki milliy-ma`naviy qadriyatlarga eskicha yondashish birinchidan, milliy
qadriyatlarni to`g`ri anglashda xudbinlik (sinfiy egoizm) hodisasini keltirib chiqarishi
mumkin. Ikkinchidan, Bertran Rassel tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy
munosabatlarda eng avvalo umuminsoniy manfaatlar ustuvorligini e`tirof etish ham
milliy nigilizm (ya`ni, millat haq-huquqlarining poymol qilinishiga olib keluvchi
siyosiy yo`nalish) hodisasini keltirib chiqarishi mumkin.
Milliy qadriyatlarni inkor etishning milliy g`oyaga zidligi. Milliy qadriyatlar
ba`zilari o`tmish mustabid tuzum sharoitida tazyiq va tahqirga uchragan, ularga
«eskilik sarqiti», «o`tmishning qodig`i» degan tamg`alar bosilgan edi. Xatto, bolani
beshikka belash, isiriq tutatish, maxsi-kavush kiyish, oyoqni sandalda issiq tutish kabi
beg`ubor odatlar ham shu tahqirdan chetda qolmagan.
Mustamlakachilik siyosati sohta qadriyatlar, begona taomillarni zo`rlab
kiritishga urindi. Xalqimizning ruhi va tabiatiga zid bo`lgan - ichkilikbozlik va
giyohvandlik, behayolik va andishasizlik illatlari ildiz ota boshlagan edi. Milliy
ma`naviy qadriyatlarni himoya qilish millat-chilik deb baholandi.
O`zbekiston mustaqilligi ma`naviy qadriyatlarni yuksaltirish uchun
mustahkam poydevor yaratdi. Milliy istiqlol g`oyasi bu qadriyatlarni tiklashni yanada
yuqori bosqichga ko`tarishga xizmat qiladi.
Prezident Islom Karimov «Ota-bobolarimizdan qolgan ezgu udumga
muvofiq, keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko`rsatishdek noyob insoniy
qadriyatlarni yangi mazmun va amaliy ishlar bilan boyitish va mustahkamlash zurur»,
deb ta`kidlagan edi. SHu boisdan ham «An`anaviy qadriyatlar»ni yo`q qilib
taraqqiyotga erishish mumkin degan g`oya xavflidir.
«Nur borki - soya bor» deganlaridek, o`z farzandlik yoki ota-onalik
burchlarini unutayotgan, muqaddas milliy qadriyatlarimizni oyoq osti qilayotgan
ayrim kimsalar ba`zan uchrab turibdi. O`zlarini dunyoga keltirgan otalari yo
volidalarini «Qariyalar uyi»ga joylaydigan, farzandlarini «tirik etim» qilib,
«Mehribonlik uyi»ga tashlab ketadigan kimsalar nafaqat milliy or-nomus, oddiy insof
va vijdon, umuman, odamgarchilik yo`qligi milliy qadriyatlarimizga zid bo`lgan
achinarli hol.
Milliy g`oya ruhiga yot bo`lgan salbiy xislatlardan biri - boqiman-dalik,