Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

3. Ommaviy madaniyat - XX asr o`rtalarida ommaviy muloqot va axborot 
vositalarining jamiyat hayotiga chuqur kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar 
uchun etarli bo`lishi natijasida shakllangan va mohiyatan barcha yoshdagi aholi 
uchun tushunarli bo`lgan madaniyat namunalari (ommaviy estrada musiqasi, tsirk va 
h.k.) qadriyatlaridir.
Ommaviy madaniyat odatda kiborlar yoki xalq madaniyat qadriyatlariga 
nisbatan kamroq badiiy qadrga ega va u ommaviy iste`molga mo`ljallab madaniy 
qadriyatlarni ishlab chiqishni ifodalaydi hamda u industrial jamiyatlarga xosdir. 
Ommaviy madaniyat barcha odamlarga qaratilgan bo`lib, muttasil ravishda kundalik 
hayot uchun ishlab chiqiladi va ommaviy muomala vositalari faoliyatida yorqin 
namoyon bo`ladi.
Bundan tashqari madaniy qadriyatlarning 2 xili mavjud: 1. Submada-niyat. 2. 
Kontrmadaniyat.
1. Submadaniyat - (lot. atrofida, ostida va madaniyat) - har bir ijtimoiy guruh 
va avlodga xos bo`lgan, jamiyatdagi hukmron madaniyatdan farqlanuvchi madaniyat 
olami (masalan, yoshlar submadaniyati, milliy guruhlar, qariyalar, jinoiy guruhlar 
submadaniyatlari va h.k.). Submadaniyat hukmron madaniyatdan tili, kiyinishi, 
odatlar va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. YOlg`iz odamlar, sport bilan 
shug`ullanuvchilar, tilanchilar, o`g`rilar, kar-soqovlar va boshqa o`z madaniyatiga 
egadirlar. Turli ijtimoiy tabaqa vakillari farzandlari ham o`zaro farqlanadilar - ular 
turli maktabga qatnaydilar, turli kitoblar o`qishadi va h.k. 
2. Kontrmadaniyat - qarama-qarshilik asosida rivojlanadigan va unga javob 
tariqasida yuzaga keladigan madaniyat qadriyatlaridir.
Madaniyat dinamikasida a) makondagi madaniyat; b) zamondagi mada-
niyatlar ham mavjud.


Makoniy munosabatlar: a) mavjud voqealarning tartibini; b)moddiy 
ob`ektlarning ko`lamini ifodalaydi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin