2.
Hukumat qarorlari xalq tomonidan nazorat qilinishi
3.
Oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishi.
SHuningdek demokratiya vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiyaga
bo`linadi. 1.Vakillik demokratiyasi - demokratiyaning bir shakli bo`lib davlatni
boshqarishda, davlat va jamoat ishlarida fuqarolarning vakillari orqali ishtirok
etishidir. Vakillik demokratiyasining yorqin ifodasi xalq deputatlari bo`lib, ular
saylovchilarning vakilidir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ham xalq vakilidir.
Vakillik demokratiyasi amal qilishi natijasida fuqarolarning aksariyat ko`pchiligi
davlat va jamiyatni boshqarishda, ularning faoliyatida keng ishtirok etish
imkoniyatiga ega bo`ladi.
2.
Bevosita demokratiya - demokratiyaning bir shakli bo`lib, u har bir
fuqarolarning davlatni boshqarishda, davlat ishlarida bevosita - ya`ni shaxsan ishtirok
etishidir. Bevosita demokratiyaning ko`rinishlariga saylovda ovoz berish, saylov
komissiyalari tarkibida ishtirok etish, qonun loyixalari va boshqa tadbirlarning
muxokamasi, referendum (umumxalq ovozi), fuqarolar yig`ini ishlarida
hamda davlat
organlariga takliflar kiritishda ishtirok etish va boshqalar kiradi.
Demokratiya - faqat nazariya yoki siyosiy jarayongina bo`lib qolmay, shu bilan birga
xalqning turmush tarzi va uning butun ruhiyati, an`analari, madaniyati,
psixologiyasining xususiyatlari hamdir. Demokratiya g`oyalarini bayon qilish
mumkin. Siyosatda demokratiyani yuqoridan «tushirish» mumkin. Lekin bu
bilan
demokratiya sizu bizning amaliy hayotimizga singmaydi. Demokratiya jamiyatning
qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog`i kerak. Bu esa bir zumda
bo`ladigan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi bo`la olmaydi. Bu
tayyorgarlik ko`rish va demokratiya tamoyillarini o`zlashtirishdan iborat ancha uzoq
muddatli jarayondir. Ba`zi davlatlarda bunga erishguncha ko`plab avlodlar o`tgan.
Demokratik jamiyatni barpo etishning xalqaro tamoyillari, dunyo hamjamiyati e`tirof
etgan qoidalari bor. Bular: 1) fuqaroning o`x hoxish-irodasini erkin ifodalash
huquqiga egaligi, 2) ozchilikning ko`pchilikka bo`yosunishi, 3)
barcha fuqarolarning
millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e`tiqodidan qat`iy nazar, teng huquqligi,
4) davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi, 5) saylov va saylanish huquqi va
boshqalardir, Bular qaryib barcha mamlakatlar Konstitutsiyalarida belgilab qo`yilgan
tartib-qoidalardir. Biroq demokratiyani joriy etishda bularning o`zi kifoya qilmaydi.
Faqat shuning o`zi aholi barcha ehtiyojlarini, ma`naviy-ruhiyolamini qamrab
ololmaydi. CHunki har bir xalqning o`z turmush va tafakkur tarzi, tarixiy an`analari,
xayotga munosabati va boshqa jihatlari bor. Demak, demokratiyaga yondashish usuli
bor. Demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan
erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni xurmat qilish,
boshqalarning haq-huquqini ximoya qilishdir. O`zbekiston
respublika Konstitutsiyasi
mamlakat demokratik taraqqiyotining strategik yo`nalishlarini, insonning siyosiy
huquqlarini xalqaro andozalar yo`nalishlarini, insonning siyosiy huquqlarini
miqyosida belgilab beradi, xalqaro huquq ustunligini, hokimiyatlar taqsimlanishini,
davlatning asosiy muassasalari va mahalliy o`zini o`zi boshqarish idoralarining
saylanishini, ko`ppartiyaviylikni, mafkuraviy plyuralizmni o`zida aks ettiradi.
Umuman, milliy g`oya, erkin fuqaro va demokratiya - yuqori darajada
rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne`mat, ko`pchilikka ma`qul
yashash tarzi. Ammo uning amalga oshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har
bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyil-larini o`z milliy
qadriyatlari zaminida, o`z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an`analari
bilan qo`shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSH yoki Angliya, Frantsiya
(boshqa Evropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo`lsalar-da, lekin har biri
o`z milliy ruhi, an`analarini ham saqlagan.
SHu kabi YAponiya, Koreya, Malayziya
kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy e`tiqod udumlar negizida
amal qilmoqda.
SHubhasiz, O`zbekistonda ham biz ana shunday bo`lishi uchun intil-
moqdamiz. YUrtboshimizning barcha asarlarida bunga alohida e`tibor qilinib, milliy
qadriyatlarni tiklash, milliy axloq-odobni mustahkamlash uchun sa`y-xarakatlar
qilinmoqda. Biz demokratiya yo`lini, dunyoviy taraqqiyot yo`lini tanladik, hamda
rivojlanayotgan davlatlar erishgan darajaga etish uchun bosqichma-bosqich qadam
tashlamoqdamiz
12
.
SHunday qilib, milliy g`oya hayotiy va istiqbolli g`oyadir. U taraqqiyotga va
mamlakat fuqarolarini chinakam hamjihatlikka, ma`rifatga
olib boradigan
insonparvar va taraqqiyotparvar g`oyadir.
SHunga ko`ra milliy g`oya har qanday «izmlar» (kommunizm, panis-lomizm,
panturkizm kabi) zararli va umrini o`tab bo`lgan fikrlarni rad etadi. Vatanga, xalqiga
muhabbatli odamgina etuk ma`naviyatli, ma`rifat-lidir. Ma`rifatli odam o`z erkini
boshqalar erki bilan birga deb biladi, o`zgalarning yashash tarzi, e`tiqodi huquqini
hurmat qiladi. Bizning ulug` ajdodlarimiz Forobiy, Bahovuddin Naqshband, Alisher
Navoiy ana shunday etuk, komil inson bo`lish uchun kurashganlar. «Naqshband
uchun
shohu gado barobar edi, u qul saqlamas va o`zi ham hech kimga qul
emasligidan faxrlanardi», deb yozadi Navoiy. Hazrat Navoiy asarlarida kuylangan
g`oyalar bugun ham bizga ibrat va saboq bo`lib kelmoqda.
Mustaqillik, demokratiya va taraqqiyot o`zaro uyg`un va bir biri bilan bog`liq
tushunchalar. CHunki agar milliy mustaqillik bo`lmasa, erkinlik ham, erkin
rivojlanish ham bo`lmaydi. SHaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas.
SHu bois, O`zbekiston XX asr 90-yillarida istiqlolni qo`lga kiritganda bir - biri bilan
bog`liq bo`lgan ikki vazifa kun tartibida turardi:
biri - mustaqillikni mustahkamlash
bo`lsa,
ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish.
Hozirgi paytda O`zbekistonda bu ikki jarayon muvaffaqiyat bilan davom
etmoqda va mamlakatimiz tobora iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar safiga kirib
bormoqda. Iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy-ma`rifiy yuksalish bilan
uzviy aloqada kechishi lozim. Boshqacha aytganda, iqtisodiy taraqqiyotni
O`zbekiston xalqining o`zi amalga oshiradi. YA`ni xalqimizning ma`naviy-ma`rifiy
saviyasi, bilim va malakasi, salohiyati, umummadaniy darajasi qanchalik baland
bo`lsa, iqtisodiy taraqqiyot ham shuncha tezlashib, «erkin, farovon hancha tezlashib,
«erkin, farovon hatiladi».
1
Aholining
har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi angab etib, shunga qarab
faoliyat olib borishi lozim bo`ladi. Ammo bu sohada muammolarimiz ko`p. Zero,
Dostları ilə paylaş: