qadriyatlaridir. O`zbekistonda boshqa millat va xalqqa nisbatan do`stlik, birodarlik
munosabatida bo`lish – bu o`zbek xalqi va milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir.
Mamlakatimizda demokratik institutlar faoliyatini yo`lga qo`yish va fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantirish uzoq muddatli jarayondir. Demokratik g`oyalarni
shunchaki bayon qilib, yuqoridan joriy va tatbiq etish bilan odamlar ongida tub
o`zgarishlar qilib bo`lmaydi. Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlaganidek,
«Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog`i kerak.
Bu esa bir zumda bo`ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan
demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo`la olmaydi. Bu tayyorgarlik
ko`rish va demokratiya tamoyillarini o`zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli
jarayondir».
SHu boisdan ham demokratiyani ustuvor qadriyat sifatida o`rganish, ijtimoiy
hayotga joriy etish, bir tomondan jahon xalqlari demokratiya an`analarini puxta
o`rganish va o`zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdod-larimizning adolatli jamiyat
barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga joriy etishni taqozo etadi.
Har bir jamiyat, davlat o`zi uchun mos demokratik taraqqiyot yo`lini tanlaydi.
O`zbekiston ham o`zi uchun maqbul demokratik taraqqiyot yo`lini tanlab oldi.
Bugungi kunda SHarqning ham o`ziga xos davlatchilik an`analari, boshqaruv tizimi,
idora usullari, hokimiyat tarmoqlari bo`lgani, bu borada u Farbdan sira ham kam
emasligi barchaga ayon bo`lib qoldi. Xususan, SHarq demokratiyasining bir qator
ustuvor jihatlari mavjud: 1) Foyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlik
(ajdodlari-mizning bu boradagi boy ma`naviy merosi) negizida siyosiy madaniyat
shakllangan. 2) SHarq falsafasining muhim jihatlaridan biri -
«me`yor» tushunchasi
aslida demokratik me`yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. 3) SHarqda
odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga: saylov tizimi, davlatchilik,
siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari - bularning barchasi
SHarqda o`z xususiyatlariga ega. SHarqda jamoatchilik fikri ham keng rivojlangan.
Umuman, demokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha
yo`nalishda rivojlanib borgan. Demokratiyaning shakllari:
1. SHarqona demokratiya (o`zida milliy umumbashariy, mahalliy
xususiyatlarni birlashtirgan, o`ziga xos ko`rinish).
2. Siyosiy demokratiya (jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlash-tirish,
siyosiy adolatsizliklarning oldini olish).
3. Ijtimoiy demokratiya (bugungi davr demokratik islohotlar jarayo-niga
e`tibor) ko`rinishlari mavjud bo`lib kelgan.
Demokratiya (yunon - xalq xokimiyati) - xalq hokimiyatchiligi, siyosiy
plyuralizm, fuqarolar erkinligi va tengligi, inson xuquqlari singari konstitutsiyaviy
printsiplarni e`tirof etishga asoslangandavlat tuzilishi shakli.
Dostları ilə paylaş: