Uluqqa etishsa kichik hurmati,
Ulug` ham kichikka hurmat ko`rsatur.
O`zbek xalqining eng qadimiy davrlaridan boshlab hozirga qaHar davom etib
kelayotgan ajoyib qadriyatlaridan yana biri — ota-onani yuksak darajada e`zozlash,
izzat-ikromlari, hurmatlarini joyiga qo`yishdan iboratdir.
Ota-onani qadrlash, ularning tengsiz, o`lchovsiz xizmatiga sodiq bo`lish,
duolarini olish bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng
muhim talablaridan biridir.
SHe`riyat mulkining .sultoni Alisher Navoiy aytganlaridek, ota-onani hurmat
qilish farzandlar «...uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating
qancha ortiq bo`lsa ham, kam deb bil. Otang oldida boshiigii fido qilib, uning boshi
uchun butun jismingni sadqa qilsang arziydi. Ikki dunyong obod bo`lishini istasang,
shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kunga nur berib to`rgan birisini oy, birisini
quyosh bil, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam bilan Hamma xizmatni sen
odob bilan bajar, «adab» so`zidagi «dol» kabi qomatingni ham qil»
16
.
Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onalarga e`zoz,
farzandlarga mehr-sadoqat—bular insonni inson qilib turadigan axloqiy va ma`naviy
qadriyatlarimizdan hisoblanadi.
Mustaqil O`zbekiston Respublikasining asosiy qonuni —Konstitutsiyasida
odob-ahloq masalasida, xusu-san farzandlarning jamiyat, oila hamda ota-onalari
oldidagi insoniy burchlari va mas`uliyatlari nimalardan iboratligi milliy
qadriyatlarimizdagi asosiy g`oya va qoidalar davr talabiga binoan belgilab berilgan.
Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga etgan, mehnatga layoqatli
farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar
2
.
Milliy qadriyatlar xususida fikr yuritganda yana bir muhim masalani alohida
ta`kidlashga to`g`ri keladi. Ma`lumki, qadimiy urf-odatlarimizga ko`ra, o`zbek
oilalarida, ayniqsa ko`p bolali xonadonlarda yoshlar bolaligidanoq mehnat
quchog`ida tarbiyalanadi, mehnatda chiniqadi. Oilada ota-onaga yordam berib
mustaqil mehnat qilishga intilib, hech bir bola mayib bo`lgan emas. Aksincha mehnat
16
Алишер Навоий. Хайратул Аброр.Т.:Ғофур Ғулом, 1974, 55-бет.
2
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси.-Т.:Ўзбекистон, 2003, 13-бет
qilib bola chiniqqan, murakkab hayot yo`lida uchrashi mumkin bo`lgan har qanday
to`siqlar va qiyinchiliklarni bardosh bilan engib o`tgan, ota-onasining qadriga etgan,
yoshligidan ko`zi pishib, oqu qorani tanigan.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin yoshlar tarbiyasining mazmuni va
mohiyatida, usul va shakllarida jiddiy o`zgarishlar ro`y bera boshladi. Maktablarni
milliylashtirish boshlandi. Ta`lim-tarbiyaga milliy qadriyatlarni joriy etish asosiy
o`rin to`tadigan bo`ldi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarimizga e`tibor
kuchaydi. Eshlarda milliy g`ururni shakllantirish va mustahkamlashga alohida
ahamiyat be-riladigan bo`ldi.
Bilimni sevish va ardoqlash, olimu fuzalolarni, ustozlarni hurmat qilish,
mardlik, odamiylik, kamtarlik, adolat, halollik va haqgo`ylik kabi insoniy fazilatlarni
ulug`lash borasida ham ibrat bo`ladigan ajoyib qadriyatlarimiz ko`p.
Bilim va zakovatning qimmati, jamiyat taraqqiyoti va shahs ma`naviy-ahloqiy
kamoloti uchun ahamiyati shu qaHar kattaki, uni ta`riflashni ado qilib bo`lmaydi.
Bilim eng katta boylik ekanligi, dunyoda undan qadrliroq hech narsa yo`qligi
to`g`risida qadimgi hind dostoni «Kalila va Dimna», Nizomulmulkning
«Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», «Tushioma», YUsuf Xos
Hojibning «Qutag`du bilik» Ahmad YUgnakiyning «Hibatul haqoyiq», Ahmad
YAssaviyning «Devoni hikmat», Alisher Navoiyning «Hamsa» kabi ja-honga
mashhur asarlarida bir-biridan muhim, bir-biridan sermazmun fikrlar bayon etilgan.
Bizning ilm-fanimizda, madaniyatimiz va tariximizda insonni ilm asoslarini
bilib olishga da`vat etmagan, bilimning xosiyati haqida kuyib-yonib baen etmagan
bironta shoir va yozuvchi, bironta olimu ulamo, bironta etuk davlat arbobi bo`lmagan
desak, mubolag`a emas. Buning uchun loaqal Muhammad Xorazmiyning, Abu Nasr
Forobiyning, Ahmad Farg`oniy, Abu Rayhon Beruiiy, Abu Ali ibn Sinoning muborak
nomlarini eslashning o`zi kifoya qiladi.
XII asrda ijod qilgan donishmand shoir Ahmad YUgnakiyning «Hibatul
haqoyiq» («Haqiqatlar armug`oni») asarida ilmli bilan bilimsizni, olim bilan johilni
qiyoslab bayon etgan quyidagi fikri bunga misol bo`ladi: «Bilim to`g`risida
so`zlamoqdaman, so`zimni yaxshi tingla, bilimdon kishilarga o`zingni bog`la. Bilim
bilan baxt saodat yo`llari o`rganiladi, bilim egallab saodat yo`lini top. Bilimli kishi
qimmatli oltindir. Johil, bilimsiz kishilar arzimas qalbaki (aqcha) dir. Bilimli bilan
bilimsiz qachon teng bo`ladi? er kishi bilim o`rganib bilguvchi bo`lib qoladi, bilimsiz
tiriklikda ko`rgiliklar ichida qoladi. Bilimli er o`lsa ham oti o`lmaydi, bilimsiz
kishining hayot chog`ida ham uning oti o`likdir».
YUsuf Xos Hojibning fikrncha, zakovat qorong`u tundagi mash`al kabidir,
bilim esa nur tarqatuvchi yorug`likdir. Kimda zakovat bo`lsa, o`sha asl odam bo`ladi,
kimda bilim bo`lsa u martabaga erishadi, Odam zakovati tufayli asl ataladi. Bilim
gavhar kabi bir erda to`planib turadi, u zakovatning konidir. Mushk-anbar va bilim
bir-biriga o`xshash narsalardir, ularni o`zidan bo`laklardan yashirib saqlab bo`lmaydi.
Mushk-anbarni yashirsang, uning hidi oshkor qiladi, bilimni yashirsang, uni tiling
oshkor qiladi. Bilim o`z sohibini qashshoq qilmaydigan bitmas-tuganmas boylikdir,
o`g`ri va qalloblar uni hech o`g`irlab ola olmaydi.
Odamlarda ilmu hunar qancha ko`p bo`lsa, u o`zini shuncha oddiy, kamtarin
tutadi. Kamtarlik odamni bezay-di, obro`sini oshiradi, do`stini ko`paytiradi.
Kamtarlik, sermulohazalik, vazminlik, og`ir-bosiqlik singari insonni axloqiy-
ma`naviy jihatdan go`zal qilib ko`rsatadigan yuksak fazilat va xislatlar kishining
bilimidan kelib chiqadi. Buni bizning aj-dodlarimiz orasida o`tgan ulug` va dono
kishilar, shoir va faylasuflar ham ko`p ta`kidlab o`tganlar.
Ana shu erda ulug` bobomiz Alisher Navoiyning «Mahbubul-qulub» asarida
kamtarlik, tavoze` haqidagi fikrlarini keltirib o`tish joizdir. «Tavoze` kishi huzurida
o`zini past tutish, kamtarlik ko`rsatish, xalq muhabbatini o`ziga tortar va odamlarni
shu ishni bajaruvchi bilan do`stlashtirar. Tavoze` do`stlik chamanida toza gullar
ochar va u chamandan oshnolik va ulfatchilik bazmiga xilma-xil gullar sochar...
Adabdan muhabbatga bezak va pardoz etadi, adab tarkidan do`stlikning ravnaq va
bahosi ketadi. Tavoze`li va odoblilarga ta`zim va hurmat etadi va urug`ni ekkan bu
qimmatbaho hosilni to`plab oladi».
Mustaqillikning ma`naviy zaminlarini mustahkamlashda diniy g`oyalar va
qadriyatlardan, odob, axloq borasida islom imkoniyatlaridan oqilona, ijodiy
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Islom dinida nafaqat milliy, balki umum insoniy
ahamiyatga ega bo`lgan, hozir ham o`z qimmatyni to`la saqlab qolayotgan eng
muhim ahloqiy qoidalar, falsafiy fikr-muloha-zalar behisobdir. Islom odamlarni
dinidan, millatidan qat`iy nazar, o`zaro hurmat-izzatda bo`lishga, bir-birini moddiy,
ma`naviy, ruhiy qo`llab-quvvatlashga undaydi. Millat ajratish, boshqa millat
kishilarini kamsitish islom dini aqidalariga tamomila yot.
Tabiatga mehr-muhabbat, tevarak-atrofni, suvni, havoni, tuproqni, hayvonotu
nabototni asrab-avaylash islomning asosiy g`oyalaridan biridir. Tabiat ne`matlarini
e`zozlash, ularning qadriga etish—insonning burchi. Tabiiy ne`matlarni e`zozlash
ularni asrash bilan, isrof qilmaslik bilan bo`ladi. Qur`ondagi oyatlarda,
payg`ambarimiz hadislarida hayvonot ol^ami, nabotot olami va atrofimizni o`rab
to`rgan boshqa narsalarni to`la-to`kis himoya qilish, saqlash, ularni buzmaslik, isrof
qilmaslik to`g`risida ta`limotlar borki, ular bilan tanishib, bu ta`limotlar go`yoki
hozirgi kunimizni ko`zlab aytilganday ekandigiga guvoh bo`lasiz.
Jamiki tabiiy boyliklar, dov-daraxtlarni, hayvonot olamiyu suvdagi jonivorlarni
avaylash masalasida islom dinida bayon etilgan eng zarur, eng foydali yo`l-yo`riqlar,
bebaho o`git va g`oyalar umuminsoniy ahamiyatga molik qadriyatlar hisoblanadi, u
millat tanlamaydi. Islom dinida tabiatni ko`z qorachig`idek avaylash haqidagi
g`oyalar umumbashariy qadriyatlardan bo`lib hisoblanadi. Unda alohida
ta`kidlanishicha, kaysi bir mo`min inson ekin eksa, yoki mevali daraxt o`tkazsayu
ulardan qushlar, odamlar yoki hayvonlar esa bu uniig sadaqa hukmida bo`ladi.
Bundan tashqari soyasidan xalq foydalanib to`rgan daraxtni kesib yuborgan odam
do`zaxga mahkum etiladi, degan fikrlar ham bayon etilgan.
«Ekmoq niyatida qo`lingizda ko`chat to`rgan paytda bexosdan qiyomat qoyim
bo`lib qolishi aniq bo`lganda ham ulgursangiz uni ekib qo`yavering», deb
uqtirilganligi qanchalik muhim va zarurligini aytib o`tishning hojati bo`lmasa kerak,
deb o`ylaymiz.
Islom dinida birovlarning haqiga ko`z olaytirish, ichkilikbozlik, o`g`rilik va
qabih ishlar bilan shug`ullanish, foxishabozlik qattiq qoralanadi. Din odamlarni
xarom-harish yo`llardan chetda yurishga, insofli, diyonatli bo`lishiga, o`zidan yaxshi
iz qoldirishga undaydi.
Tarbiya, odob-axloq, o`zaro do`stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va
farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik singari insoniy
qadriyatlar keng tashviq qilinadi. Buning aksicha, razolat, kibr-havo, adovat, hasad,
xiyonat, yolg`onchilik, fitna-fasod, zulm kabi razil sifatlar esa keskin qoralanadi.
Imkoni boricha va qaerda qodir bo`lsang ilm o`rgan ma`rifatingni ziyoda qil,
degan g`oya islom dinining mag`iz-mag`iziga chuqur singdirib yuborilganligini Ha-
disi SHarifdan olingan misollardan ko`r]ish mumkin. «Ilmni CHin mamlakatida
bo`lsa ham talab qilinglar», «Beshikdan to tobutgacha ilm izla» kabi chuqur ma`noli
fikrlar musulmonlar uchun asosiy qo`llanma bo`lgan.
Islom dini va axloqi bayon etilgan, uning butun mohiyati asosiga jo qilib
yuborilgan g`oya va qoidalarni bilib olish, ularga asoslanib ish yuritish, faoliyat
ko`rsatish, shahsning ma`naviy kamoloti, axloqiy poklanishi uchun benihoya zarur va
muhim.
Ma`naviy va ahloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-
muhabbat, vatanparvarlik va insonparvarlik kabi noyob insoniy fazilatlar qanchalik
avaylab-asralsa, hayotga keng joriy etilsa, insonning yaratuvchilik, bunyodkorlik
faoliyati shunchalik kuchayib, takomillashib boradi. Ana shu masalalarga alohida
e`tibor qilinmasa kelajak boy beriladi.
«Mustaqilligimizni mustahkamlash yo`lidagi eng katta masala, kishilarimiz
dunyoqarashida, jamiyatimizda vatanga mehr g`oyasi birinchi o`rinda turishi kerak.
Har qanday ish asosida milliy oriyat, milliy g`urur, millatchilik yoki shovinizmga
aloqasi bo`lmagan, mana shu mamlakat mana shu halqqa mansubligi uchun kuch-
quvvat bag`ishlaydigan g`urur qo`yilishi lozim.
Bu muqaddas tushunchalar millati va diniy e`tiqodidan qat`i nazar, mana shu
yurt, mana shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir kishining hayoti, ongi, qoni
va jismiga singib ketishi kerak.
O`tmishimiz va kelajagimiz bag`ishlaydgan mana shu iftixor tuyg`usi bilan biz
yangi avlodlarni tarbiya qilishimiz, o`z milliy davlatimizni qurishimiz lozim»
17
.
Haqiqiy vatanparvarlik xalq boshiga qora bulutlar yig`ilib, musibat tushgan
vaqtlarda, ayniqsa, namoyon bo`ladi. Buni biz o`zbek xalqi 1941 — 1945 yillarda
fashizmga qarshi olib borgan mardonavor jasoratlaridan, vatanga bo`lgan chuqur
sadoqatlaridan yaqqol ko`rishimiz mumkin.
Urush yillarida ko`rsatgan mardligi, matonati va qahramonligi uchun
O`zbekistonning 120 ming o`g`il-qizlari orden va medallar bilan taqdirlandilar,
ularning 338 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni Oltin yulduzini, 53 nafari esa SHuhrat
ordenining har uchchala darajasini olishga musharraf bo`ldilar. Urush yillari frontga
O`zbekistondan jami 1 million 300 mingdan ziyod ofitserlar va soldatlar jo`nadi.
SHularning 40 mingdan ko`prog`i jang maydonlarida mardlarcha halok bo`ldi, 130
mingdan ortig`i bedarak yo`qoldi.
1995 yilning 1 yanvarida bo`lgan ma`lumotlarga ko`ra hozir O`zbekistonda
108 ming 281 urush qatnashchisi, 171 ming 370 urush ortida mehnat qilganlar,
urushda halok bo`lganlarning 20 ming 676 oilasi istiqomat qiladi.
18
Hukumatimiz ularga katta e`tibor va g`amho`rlik qilayotir. Urush
qatnashchilari «Jasorat», front orti mehnatkashlarining esa «SHuhrat medallari bilan
taqdirlanganliklari buning yorqin dalilidir.
Dostları ilə paylaş: |