savdoga chiqarilmoqda. Natijada biz o`z ixtiyorimiz bilan
chet ellardan keltirilgan
moddiy va ma`naviy afyun bilan xalqimizni, ayniqsa, yosh avlodni jismoniy va ruhiy
jihatdan zaharlantirishga imkoniyat yaratib berayotirmiz. Axir rivojlangan xorijiy
mamlakatlarning o`zida ham sifati past, zararli mahsulotlarni iste`mol qilish u yoqda
tursin, ularni ommaviy axborot vositalari orqali tashviq qilish ham man qilingan-ku!
Prezidentimiz xalq deputatlarini Samarqand viloyat kengashi sessiyasida
so`zlagan nutqida (1995 yil-21 noyabr’) «televidenie ko`proq chet el videofil’mlarini
namoyish qilish bilan cheklanib qolmoqda» deya yana bir
bor yoshlar tarbiyasiga
e`tiborni kuchaytirish zarurligini uqtirib o`tdi.
Xo`sh, buning uchun nimalar qilish kerak? Xorijdan keltirilayotgan axloqiy va
g`oyaviy sust, ur-yiqit, jin-siy aloqa, giyohvandlik, terrorizmni targ`ib etuvchi kino
— video mahsulotlarini savdoga chiqarmaslik kerakmi? Yo`q, albatta. Bozor
iqtisodiyoti rivojlanayotgan ekan, yuqorida atalgan
mahsulotlar istaymizmi-
istamaymizmi baribir mamlakatimizimizga olib kelinaveradi. Bu tabiiydir. Ma`muriy
yo`l bilan bularni to`xtatib bo`lmaydi. Lekin bundan mazkur jarayonga biz hech
qanday ta`sir ko`rsata olmaymiz, degan xulosa chiqarish noto`g`ridir.
Fikrimizcha, chet ellardan kirib kelayotgan milliy urf-odat, an`analar va
ma`naviyatimizga tamomila zid bo`lgan axloqiy buzuqlik, hayosizlik va bema`nilikni
yoqlovchi asarlarga qarshi o`zimizning ko`p asrlik tarixga ega, jahon xalqlari
tomonidan z`tirof etilgan sharqona yuksak madaniyatimiz va ma`naviyatimizni
qalqon etib qo`yishimiz kerak. Bunga erishish uchun har bir kishida biz yuksak
madaniyat va ma`naviyat vorislari ekanligimiz haqida va bu bilan qanchalik
faxrlansak
arzirlik ekanligi haqida fikr, his-tuyg`ularni hosil qilishimiz darkor. O`zini
yuksak madaniyatli millatga mansub ekanligini ongli ravishda his qiluvchi va bu
bilan qonuniy ravishda faxrlanuvchi insonni hech qachon axloqiy va g`oyaviy
jihatdan past madaniyatga (u qanday shaklda namoyon bo`lmasin) qaram qilib
qo`yish mumkin emas!
SHunday ekan, bugungi kunda yoshlarimizning g`oyaviy-madaniy saviyasini yanada
oshirishga qaratilgan tadbirlarni o`tkazish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.
Bunga
erishish uchun yoshlarga milliy qadriyatimiz, ma-daniyatimiz va ma`naviyatimizni
yanada chuqurroq va to`laroq o`zlashtirib olishga har tomonlama ko`maklashish bilan
bir qatorda o`tmishda keng qo`llanilgan siyosiy oqartuv ishlarini jonlantirish, oliy va
o`rta maxsus o`quv yurtlarida, maktablarda, mehnat jamoalarida sharoitga qarab
kamida har haftada siyosiy o`quv o`tkazishni tiklashimiz zarur, deb o`ylaymiz.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizimiz va jahon xalqlari hayotida o`ta murakkab
jarayonlar va hodisalar ro`y bermoqda. Ular har bir kishidan nihoyatda
ehtiyotkorlikni, ziyraklikni, xatti-harakatlarini puxta o`ylab, uzoqni ko`rib amalga
oshirishni talab etadi. Bunga siyosiy o`quv orqali erishish mumkin. YUksak
madaniyatli, ma`rifatli, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma`naviy,
g`oyaviy-siyosiy etuk inson—davlatimiz xavfsizligini, mustaqilligini ta`minlovchi
kuch ekanligini hech ham esdan chiqarib bo`lmaydi!
Dostları ilə paylaş: