Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi hakida kitob"
risolasida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni o`rganishga
qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog`lanishlarini aniqpash
orqali o`rganadi. Din esa voqelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli),
ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalanish orqali e`tiqod qilishga chakirish
yo`li bilan yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab va oqibat bog`lanishlarining
moddiy asosini o`rganmasdan izoxlashga kirishadi. Ayni zamonda voqelikni falsafiy
bilish, o`z mohiyatiga ko`ra, diniy bilishdan ustivordir.
Beruniyning dinga munosabati uning "qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar"
va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bo`lib,
bunday bilim vokelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan o`rganish
mumkin bo`lmagan joyda qo`llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e`tiqodga, ilmiy bilim esa
dalillashga, isbotlashga asoslanadi. Beruniyning o`zi esa butkul dalillarga asoslangan
bilimlar bilan shugullangan. U moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal qilishda
dinning ta`sirini cheklashga intilgan. Forobiy va Beruniy dinga bunday yondashishlar
orqali ilmiy bilimni din ta`siridan xalos etishga g`oyat o`rinli harakat qilganlar. Ular
dinga emas, unga singib qolgan mutaassiblikka qarshi chiqqanlar.
Umuman din, xususan islom dini 5 asosiy funktsiyani boshqaradi. Bular
qatoriga kompensatorlik, to`ldiruvchilik, integrativ (birashtiruvchilik), regulyativ
(nazrat qiluvchilik), kommunikativ (aloqa bog`lovchilik), legitimevchilik
(qonunlashtiruvchilik) funktsiyalar kiradi.
Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo`lgan din xalqlar hayoti
bilan bog`liq holda rivojlangan, moslashgan, sekin-asta diniy tizimni vujudga
keltirgan. Natijada muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, tarbiyaviy
vazifalarni bajarishni o`z zimmasiga olgan. Bunday vazifalar jamiyat taraqqiyotining
yuqori bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko`zga tashlanib muayyan qolipga tushib, har
biri maxsus qoida, g`oya, mafkura, dastur sistemasiga aylangan.
Dinning yuqorida qayd qilingan besh funktsiyasining qg`sqacha ta`rifi va
tavsiflari quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: