marosim va bayramlari bo`lib, ularni o`z vaqtida, diniy ta`lim va talab asosida
bajarilishi shart qilib qo`yiladi.
To`rtinchidan, din dindorlarning birligini, jamiyat bilan shaxsning o`zaro
aloqasini ta`minlovchi xususiyat - aloqa bog`lashlik vazifasiga ham egadir.
Bunda
konkret bir dinga e`tiqod qiluvchi kishi shu dindagi boshqa kishilar bilan bog`liq
bo`liish, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo`lib ado etish ko`zda tutiladi. CHerkov,
masjid va diniy tashkilotlar dinning bu funktsiyasini amalga oshirishga
ko`maklashadi, ayni paytda, bu holatni nazorat kiladi.
Beshinchidan, har qanday din ijtimoiy tizim sifatida muayyan cheklovlarsiz
bo`la olmaydi. SHuning uchun u qonun darajasiga ko`tarilgan axloq normalarini
ishlab chiqadi. Bu bilan u legityumlovchilik-qonunlashtiruvchilik funktsiyasini
bajaradi.
Har qanday dinning muayyan tarixiy sharoitda bajaradigan funktsiyalari
yig`indisi uning ijtimoiy rolini belgilaydi. Dinning ijtimoiy hayotga ta`siri hamma
vaqt ham bir xil bo`lgan emas. U vaqtga, o`ringa, sharoitga qarab sezilarli darajada
o`zgarib boradi.
O`rta Osiyo, jumladan O`zbekistonda islomning o`ziga xos xususiyatlarini
tushunish uchun muayyan-tarixiy sharoit, xalqning o`tmishi, turmush tarzi, ishlab
chikarish usullari, etnik xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Islom va Qur`onning vujudga kelishi tarixi bilan bog`liq bo`lgan muammolar
va ularning echimlari XIX asrning o`rtalaridan
boshlab avvalo, SHarq so`ngra Evropa
islomshunosligida o`rganila boshlangan. Evropa, Amerika islomshunosligi va
Qur`onshunosligida olib borilgan tadqiqotlarning ko`pchiligi, aniq dalillarga
boyligidan qat`i nazar, ularning barchasi uslubiy jihatdan cheklangan.
Din tarixida dinshunoslar dinning paydo bo`lishini turlicha izoxlab kelganlar.
Uming paydo bo`lish sabablari qadimgi dunyo dinshunoslarini qiziqtirgan, binobarin,
unga javob topishga harakat qilishgan. qadimgi Xitoy, Hindiston va xususan,
qadimgi
grek faylasuflari borliq to`g`risida fikr yuritganlarida din, uning kelib chiqishi va
mohiyati to`g`risida ham ayrim g`oyalarni olg`a surganlar.
Dinning paydo bo`lishi va rivojlanishini ilmiy asoslarda o`rganish quyidagi: a)
ob`ektivlik; b) muayyan tarixiy sharoitni hisobga olish; v) ilmiylik; g) qiyosiylik; d)
umuminsoniy qadriyatlar bilan bog`liqliq, e) din mavjudligini, umuman gnoseologik,
ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik sabablarni hisobga olishni taqozo etadi.
Hozirgi zamon voqeligining xarakterli xususiyati shundaki, jamiyatning
hamma tomonlariga ilmiy tafakkurning ta`siri
keskin kuchaymoqda; uning ijtimoiy
taraqqiyot omili sifatidagi roli tobora ortmoqda. Fanning XX asrdagi
muvaffaqiyatlari chindan ham g`oyat buyukdir. Ular bevosita ishlab chiqaruvchi
kuchlarga aylanib, insonga tabiat sirlarini tobora chuqur anglash imkonini bermoqda.
Bu yo`nalishdagi eng muhim bosqich - inson omili va uning ma`naviy qadriyatlariga
bo`lgan ijobiy munosabatlardir. Talabalar bu imkoniyatlardan to`la foydalanish uchun
har xil uydirmalarga, buzg`unchilik g`oyalariga mutlaqo ishonmay, ilm-fangagina
ishonishlari, uni chuqur egallab, shaxsiy va ijtimoiy hayotga tatbiq etishlari lozim.
Hozirgi vaziyatda ilmiy dinshunoslikning
nazariy yutuqlari va
mamlakatimizdagi diniy tashkilotlarning g`oyaviy va amaliy ish faoliyatini hisobga
olganda, din va dindorlarga O`zbekiston davlatining adolatli munosabati o`rnatildi.
Bu hol diniy tashkilotlarning hozirgi ijtimoiy tuzumga bo`lgan xolisona, do`stona
munosabatlariga ob`ektiv baho berishni talab etadi.
Bularning hammasi davr talabidan va kelajakdagi mas`uliyatni his etgan holda
respublikamizda aholi dindorligi darajasini aniqlash, dindorlar va diniy
uyushmalarning jamiyatda tutgan
o`rnini oshirmay-toshirmay to`g`ri talqin etish
hamda din bilan davlat o`rtasidagi munosabatlarning umuminsoniylik tamoyillarini
tiklash va hokazolar din va diniy muassasalarga doir muammolarga bo`lgan
xolisona
yondashishdir. Bu yondashuv ko`pyoqlama xususiyatga ega bo`lib, mustaqil
respublikamizning ichki va tashqi siyosatida ham o`z aksini topmoqda.
Mamlakatimiz SHarq va g`arbdagi barcha tinchliksevar davlatlar bilan ularning
ijtimoiy tuzumi, dinga munosabatidan qat’i nazar, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy
aloqalarni keng yo`lga qo`ymokda. Ijtimoiy, siyosiy hayotda diniy tashkilotlar
faolliganing ortib borishini demokratik jarayonda ular o`rnining mustahkamlanishi
deb qarash mumkin. Avvalo diniy tashkilotlarni davlatdan ajratish, ularning
siyosatdan uzoqlashuviga olib keladi; ammo bu tashkilotlarning faoliyati muayyan
ma`noda siyosiy xarakterga ega bo`lib kelgan. Diniy tashkilotlarga xos ijtimoiy,
siyosiy faollikning tobora ortayotganini e`tiborga olib, uni ikki yo`nalishda - ijtimoiy
hayotda va dunyoqarashda shaxsning faolligini talabalarning oshirish talab etiladi.
Diniy tashkilotlarning ijtimoiy, siyosiy yo`nalishlarda ob`ektiv voqelikka oshkora va
ijobiy yondashishlari kengayib borayotganligi an`ana tusiga kirib bormoqda. Bunga
respublikamiz hayotiga hozirgi kunda diniy tashkilot va ruhoniylarning xolisona
munosabatlari, berayotgan ijobiy baholari jonli shohid bo`la oladi. Bunda ayrim diniy
tashkilotlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatlari muayyan ahamiyatga molikdir.
SHuning
uchun hozirgi davrda ularga nisbatan bo`lgan munosabatlarda umuminsoniylik,
demokratik xolislik tamoyillari tiklanmoqda. Dinga e`tiqod qiluvchilarga sho`rolar
davridagidek ma`muriy-buyruqbozlik tazyiqi o`tkazishdan voz kechildi.
Tabiat va jamiyatdagi kuzatilayotgan hodisalar moxiyatiga ko`ra nihoyatda
murakkabdir. Tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarda buyuk muvaffaqiyatlarga
erishilgan hozirgi zamonda ham hali bilib etilmagan sirli jarayonlar mavjud. Tabiat
va jamiyatda hamma narsa va hodisalar doim o`zgarib va rivojlanib boradi.
Fan ham doim o`zgarib va rivojlanib borar ekan, unda hali echilmagan yangi-
yangi jumboqlar, muammolar yuzaga kelib turadi. Fanning rivojlanishi yo`li ham
shundan iboratki, tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar tobora boyib boradi.
Kuzatilayotgan hodisalarning mohiyatiga yanada chuqur kirib boraveradi. Odamzod
aqli tabiatda ko`p ajoyib-g`aroyib narsalarni kashf etgan, shu bilan tabiat sirlarini
o`rganib boradi. Bu jarayon hozir intensiv tarzda davom etmoqda.
Dostları ilə paylaş: