Qadriyatlar falsafasi


Buddaviylikning ta`limoti, uning Markaziy Osiyoga tarqalishi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

Buddaviylikning ta`limoti, uning Markaziy Osiyoga tarqalishi. 
Buddaviylikning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda 
hisoblangan. U tarixiy shaxs bo`lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar 
mavjud. Uning nomi hind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan ma`noni 
anglatadi. Rivoyatlarga qaraganda, keng ma`noda ko`p marta ilohiy tug`ilishlar 
tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshkalarga ham diniy najot yo`lini ko`rsata 
oladigan odam bo`lgan. 
Tarixiy manbalarning dalolat berishicha buddaviylikning asoschisi shahzoda 
Sidxartxadir. U vafot etgandan so`ng Budda -"haqiqatga erishgan" deb atalgan; u 
ushbu oliy maqsadga erishish uchun Gautama urug`idan bo`lgan eng obro`li SHak`ya 


qabilasini tanlagan; ana shundan bu diniy rivoyatda Budda-Gautama nomi keng 
tarqalgan. Diniy rivoyatlarga ko`ra Gaugama hind qabilasi hukmdorlaridan birining 
o`g`li bo`lib, u befarzand bo`lgan; ammo uning xotini g`oyibdan homilador bo`lib, 45 
yoshida o`g`il tukqan; bola tug`ilganda mo``jiza yuz bergan: tabiiy hodisalar - er 
kimirlab, chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumbirlab turgan; uning ovozini 
Koinotdagi ilohiy kuchlardan tashqari barcha tirik mavjudodlar ham eshitib 
turg`angar; chaqaloqqa Sidxartxa (topshiriqni bajaruvchi) deb nom qo`yganlar; U 7 
kundan keyin yurib ketgan va gapira boshlagan. 
Sidxartxaning otasi o`g`lini din yo`liga bag`ishlashga rozi bo`lmay, unga 
yaxshi ma`lumot bergan hamda yaxshi sharoitlarda tarbiyalagan va u hech qanday 
qiyinchilik ko`rmay o`sgan; o`spirinligidayok o`zining donoligi, kuchliligi va 
epchilligi bilan xammani hayratga solar ekan. U bir cholga duch kelgan, kasal yotgan 
kishini, o`likni ko`rgandan so`ng hayotning mohiyati, maqsadi, og`irliklari, kasallik 
va o`lim hakida o`ylay boshlagan. Binobarin, hayotning behudaligani anglab, tarki 
dunyo qilgan, darvesh yo`liga kirgan; bu bilan u kishilar boshiga tushadigan kulfatlar
azob-uqubatlar sabablarining mohiyatiga tezroq etib, ulardan qutulish yo`lini 
topmoqchi bo`lgan. Nihoyat, 36 yoshida "haqiqiy bilim" ni topganligani e`lon qilgan. 
SHundan so`ng u Budda deb nom olgan ("budda" so`zi ilohiy haqiqatga erishgan, 
degan ma`noni anglatadi). SHu tariqa unda ulug`vor hakiqat siri ochilgan, ular 
buddaviylik ta`limotiga asos qilib olingan. 
Har qanday dinlar kabi buddaviylikning ham kelib chiqishi sababini 
xalqlarning yashash sharoiti va hayotidan, muayyan davrdagi ijtimoiy 
munosabatlardan izlash va topish lozim. 
Buddaviyliqda bir necha mazhabdar paydo bo`lgan. Bulardan eng yirigi I - 
asrda undan ajralib chiqqan hinoyana ("kichik arava", tor yo`l ma`nosida) SHri 
Lanka, Birma kabi mamlakatlarda keng tarqalgan; maxoyana ("katta arava", keng 
yo`l ma`nosida) Tibet, Xitoy, YAponiya, Mongoliyada hamda Oltoy va Uzoq 
SHarqda yashovchi ba`zi xalqlar o`rtasida keng tarqalgan. 
Buddaviylikka xos mazhablardan biri Tibet va Mongoliyada ham tarqalgan 
bo`lib, u lamaizm degan nom bilan yuritiladi. Buddaviyliknnng bu mazhabi mahailiy 
xalqlar o`rtasida qadimdan mavjud bo`lgan diniy tasavvur va urf-odatlarni 
o`zlashtirgan. Lamaizmda buddavishshkka xos tasavvurlar bilan bir qatorda, 
Buddaning yana kaytib kelishi va er yuzida adolatli hokimiyat o`rnatishi to`g`risidagi 
rivoyatga keng o`rin berilgan. Lamaizmni ko`chmanchi, qaloq, savodsiz xalq 
hayotiga moslashtirishga urinish mavjud; undagi ibodat qilish tartibi xam ancha 
soddalashtirilgan 
Markaziy Osiyoda bir necha yuz mingdan iborat koreys millatiga mansub kishilar 
yashaydi. Ularning oilaviy-maishiy an`analari, milliy udumlarining ayrim tarkibiy 
qismlari mahoyana (shimoliy) ko`rinishdaga buddaviylik ta`sirida shakllangan. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin