Qadriyatlar falsafasi


Xristianlik jahon dinlaridan



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

Xristianlik jahon dinlaridan biri bo`lib, eramiz 1-asrining 2-yarmida Rim 
imperiyasining sharqiy viloyatlarida ko`p xudolik dinlari o`rniga kullar va mazlum 
elatlarning dini sifatida yakka xudolik (monoteistik) tarzda shakllangan. Xristianlik 
Falastin va O`rta Er dengizi yahudiylari dinlari doirasida vujudga kelgan; o`nlab 
yillardan keyin esa boshqa, asosan geografik jihatdan qaralganda Rim imperiyasi 
bilan bog`liq yoki uning siyosiy va madaniy ta`sirida bo`lgan xalqlar orasida 
tarqalgan. YAngi va eng yangi tarix davrlarida u mustamlakachilik siyosati va 


missionerlik natijasida Evropadan tashqariga ham tarqalgan. Xristianlik Evropa, 
Amerika, Avstraliya hamda qisman Afrika va Osiyo qit`alariga tarqalib dunyo 
xalqlarining teyarli uchdan birini (2 milliardini) tashkil etadi. 
Xristianlik vujudga kelishini Bibliyaning xabar berishicha, Iisus Xristos 
faoliyati bilan bog`lab tushutiriladi.
Xristianlikning vujudga kelishida sharq dinlarining ham ta`siri bo`lgan. 
Jumladan, misrliklarning Osiris va Isida, eronliklarning Mitra, yahudiylikning Muso 
haqidagi rivoyatlari, oxirat to`g`risida xikoya kiluvchi har xil rivoyatlar ham 
xristianlik ta`limotiga kiritilgan. 
Xristianlnkdagi odam-xudo to`g`risidagi tushunchani ishlab chiqishda yagona 
imperiyaga birlashgan Rim imperatorlarining yakka Xudolik to`g`risidagi ichki 
siyosati ham katta ta`sir ko`rsatgan. SHu maqsadda imperatorlarga va Rim shahri 
xudolariga sig`inish yuzaga kelgan. 
Lekin shakllanayotgan xristian mafkurasi asosida birinchi galda iudaizm 
monoteizmining "Qadimgi axdnoma" kitobiga kirgan barcha "muqaddas g`oyalar", 
ya`ni Erni Xudo yaratganligi, o`simlik va
hayvonot dunssining vujudga kelishi, 
insonning yaratilishi, uning tili, axloqi, huquki, oxirat rohatlari haqidagi g`oyalar 
katga rol o`ynagan. 
1947 yili O`lik dengiz qirg`og`idagi qumron yaqinida qadimgi qo`l yozmalar 
topilgan edi. Bular hukmron jamoaning diniy ta`limotlari - iudaizm va xristianlik 
o`rtasidagi oraliq butunni tashkil kilganligani ko`rsatmokda. 
SHunday kilib, xristianlik Rim imperiyasida yashagan ko`pchilik elatlarning 
dinlari, rivoyatlari, urf-odatlari asosida tashkil topgan. Bu din dastlab qullar, ezilgan 
kambag`allarning talablarini, "xoloskorlik" g`oyalarini o`ziga singdirgan din sifatida 
vujudta kelgan. Keyinchalik uning ijtimoiy, diniy strukturasi o`zgarishi bilan 
hukmron tabaqalar qo`lida mazlum xalqlarni ekspluatatsiya qilishning g`oyaviy 
quroliga aylangan. 
Xristianlikning muqaddas diniy yozuvi - Bibliyaning ikkinchi qismi - "YAngi 
axdnoma" bo`lib, u eramizning I-II asrlarida grek tilida yaratilgan. 
Bibliyaning xristianlik naydo bo`lmasdan birmuncha oldin yaratilgad 1 - qismi 
"Qadimiy axdnoma" deb atalib, u iudaizmning mukaddas yozuvi hisoblanadi. 
Bibliyaning ikkinchi qismi - "YAnga axdnoma" deb atalib, u xristianlikning 
muqaddas yozuvi deb hisoblanadi. 
"YAngi axdnoma" 27 kitob (bob) dan tashkil topgan. Uning tarkibiga 4 ta 
"Injil" (Evangilie, ya`ni Xushxabar), havoriylarning (Iso shogardlari, xristianlikning 
dastlabki tartibotlari) amallari, 21 risola va Ioanning "Vaqiynomasi" kiritilgan. 
Xristianlik boshqa jahon dinlari kabi mutlaq, abadiy, o`zgarmas karomatni, 
bilimni, benixoya qudratning egasi bo`lgan yakka xudo haqidagi g`oyani asoslaydi. U 
uch ko`rinishdagi yakka xudoni o`zida mujassamlashtirganlik aqidasini yaratgan. Uch 
kurinishdagi xudo haqidagi ta`limotga binoan, xudoning ichki haeti sababi o`z-
o`zidan mavjud bo`lgan uchlikdagi uch asos yoki "muqaddas uchlik" bo`lgan - ota-
xudo, o`g`il-xudo va muqaddas ruhning o`zaro munosabatidir. Ug`il Iso bayon 
qilingan tarjimai holiga ko`ra ota-xudodan, muqaddas ruh ham ota-xudodan 
yaratilgan (provaslav yo`nalishi ta`limoti), (katolitsizmda esa ota-xudo va o`g`il-xudo 
ham xudodan tug`ilgan). 


Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati - odam mohiyati, xudo 
mohiyati haqida, "Gunohni yuvish", ya`ni Isoning o`zini ixtiyoriy tarzda kurbon 
qilishi" haqidagi ta`limot bilan mustahkamlangan. Xristianlik muqaddas ruh - ota 
xudo, bola xudo va mukaddas ruh - uch yuzli xudo to`g`risidagi ta`limoti, targ`iboti, 
tashkilotchiligi, jannat va do`zax, oxirat ya`ni dunyoning oxiri borligi, Isoning qayta 
tirilishi qaqidagi va boshqa aqidalarni o`z ichiga oladi. 
Xristianlik davlat dini deb e`lon qilingandan so`ng, 325 yili imperator 
Konstamtin boshchiligida Nikey shahrida xristianlarning 1 jahon yig`ilishi bo`lgan. 
Yig`ilish xristian dinining qonun-qoidalarini ishlab chiqqan va xudoni uch shaxsning 
(ota xudo, o`g`il xudo) rux xudo, birlikda ifodalaiishidir deb uqtirgan. 381 yili 
xristianlarning Konstantinopolda bo`lib o`tgan II jag`on yig`ilishida cho`qinish va 
tirilish haqidagi yangi aqida kabul kilingan. 
Ota xudo tabiat, odam va farishtalarni yaratgan, deb hisoblanadi. Iso o`g`il 
xudo hisoblangan. Xudoning gavdalanishi aqidasiga ko`ra, Iso xudoligicha qolgan 
holda Mariya ismli qizdan tug`ilgan odam ham bo`lib kolgan. Butga parchinlangan 
xudo Iso tortgan azoblari va o`limi bilan o`zini odamlarning gunoxlari uchun ota 
xudoga qurbon qilgan va shu bilan gunohini yuvgan. Ushbu aqidaga qo`ra, Iso 
odamzodga gunoxlardan xalos bo`lish yo`lini ko`rsatib bergan. Isoning tirilishi 
aqidasi kelgusida hamma odamlar tirilishining garovi, deb e`lon qilingan. U 
tirilgandan so`ng osmonga - ota xudo huzuriga chiqqanligi, ya`ni osmonga chiqib 
tushishi (islomda me`roj) aqidasi bu dunyodagi xayot oxiratdagi mangulikka nisbatan 
hech narsaga arzimaydi, deb uqtiradi.
Hozirgi zamon xristianligida turli yo`nshshsh va oqimlar orasidagi 
kelishmovchiliklarning kamaytirilishi bugungi kun uchun xosdir. Bunga 1948 yilda 
tashkil topgan Jahon cherkovlari kengashining faoliyatlari va ekumenik xristianlar 
kumaklashmokda. 
Katolitsizm - bu xristianlikda eng ko`p tarkalgan yo`nalishdir. U Evropa, 
Osiyo, Afrika ka Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo`lib, muxlislari 
taxminan 800 mln. kishini tashkil qiladi. 
Katolitsizm ta`limotida jannat va do`zaxlar oralig`idagi dune, gunohkorlarning 
ruhi, jopi haqidagi, Isoi masihni benihoya qurmatlash, uning tanasi va jonimi 
ko`klarga ko`tarish sohalaridagi diniy aqidalar mavjud. 
Katolitsizmda Bibliyani sharxlash huquki faqatgina ruhoniylarga bsriladi; 
chunki ular uylanmaslik haqndagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar 
dabdabali va sahnalashtirilgap ko`rinishga ega; diniy o`qish, duo, iltijolar lotin tilida 
olib boriladi. Pravoslaviedagi kabi katolitsizmda ham farishta, ilohiy kuch, 
chirimaydigam marhum jasadlariga sng`inish odatlari sakdanib qolgan. 
Katolitsizm boshqa yo`nalishlardan farkdi o`laroq markazlashgan tizimga ega. 
Vatikan ana shunday markaz sifatida (maydoni 44 gektar) 1924 yildan boshlab Papa 
Piy XI ning Mussolini hukumati bilan tuzgan bitimiga muvofiq mustaqil teokratik 
davlat hisoblanadi. Rim Papasi cherkovning yakka rahbari bo`lib, u Iso Masihning 
erdagi noibi hisoblanadi. 1870 yili e`tiqod va axloq masalalarida uning bsnuqsonligi 
haqidagi akida qabul kilindi. 1978 yilda sobiq Pol’sha kardinali Korol’ Voytila 264-
Rim papasi etib tayinlandi va u hozirga qadar Ioann Pavel II nomi bilan bu vazifani 
bajarmoqda. 


Son jihatdan unchalik katta bo`lmagan katolik jamoalari Markaziy Osiyoning 
ayrim hududlarida ham mavjud. Toshkentda 1990 yilda katolik markazi tuzilgai, 
uning qoshida jumhuriyatimizning boshqa hududlaridan ro`yxatdan o`tgan katolik 
diniy jamoalari ham o`z faoliyatlarini olib bormokdalar. 
Xristianlikning SHarqiy tarmog`i bo`lmish pravoslaviening rinojlanishi 
jarayonida 15 mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Koistantinopol’, Aleksandriya
Antioxiya, quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, ellada, Albaniya, 
Pol’sha, CHexoslovakiya, Amerika chsrkovlari shakllangan. 
O`zining ahamiyatiga ko`ra pravoslav dunyosida beshinchi bo`lgan, lekin 
muxlislari soni jihatidan birinchi bo`lgan rus pravoslav cherkovi X-XI asrlarda 
vujudga kelgan. Uning paydo bo`lishi endigina shakllanayotgan fsodal 
munosabatlarni himoya qilish uchun, yangi g`oyaga muhtoj bo`lgan Kiev davlatiiing 
ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlarini qondirish uchun kerak edi. Rusning xristianlashuvi 
darrov amalga oshgai ijtimoiy jarayon bo`lmay, bir necha asr davom etgan ziddiyatli 
tarixiy hodisa edi. 
Pravoslaviening Markaziy Osiyo aholisi orasiga kirib kelishi XU1-X1X 
asrlarga to`g`ri keladi. Avval savdo-sotiq, keyin bu mintaqa xalqlarini mustamlakaga 
aylantirishdan iborat bo`lgan harbiy harakatlar jarayonida u kirib kelgan. 1870 yili 
Pokrovsk monastiri koshida missionerlik jamiyati tashkil qilingan. Jamiyat a`zolari 
mahalliy millatlarga mansub aholi orasida, garchi jiddiy natijalarga ega bo`lmagan 
bo`lsa ham, xristianlik bilan bog`liq katta targ`ibot ishlarini olib borganlar. SHu 
maksadda 1844 yili "Karomat ko`rsatuvchi Nikolayning xayot yo`li" nomli risolani 
qirg`iz tiliga tarjima qildilar va chop etdilar, maxsus diniy maktablar ochildi. 1872 
yili Rus pravoslav cherkoviga karashli Turkiston (keyinchalik Toshkent, O`rta Osiyo) 
eparxial boshqarmalari ochildi. 
Pravoslav cherkovi hozirgi kunda jamiyatimizning yuksalishi bilan bog`liq 
tadbirlarni qo`llab-quvvatlamokda, ayniksa dindorlarni axlokiy va vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalash borasidagi o`zining rejalarini ishlab chiqmoqda. Bunda inson 
shaxsining kadr-qimmatini ulug`laydigan, oila asosini mustahkamlaydigan va 
mehnatga, butun jamiyatga nisbatan sofdil va vijdonlilik ruhida bo`lgan 
munosabatlarni qaror toptirish nazarda tutilgan. CHerkovning ichki tartibini qayta 
qurishni amalga oshirishga, cherkov hayotini yangilashga, ruhoniylar orasida 
uchraydigan muhofazakorlik va sustkashliklarni bartaraf qilishlarga ham katta e`tibor 
berilmokda. 1988 yilda bo`lib o`tgan rus pravoslav cherkovining ming yillik sanasini 
tantanavor, ulug`vor nishonlanishi, rus pravoslav cherkovining xalqaro obro`sini 
ko`tarilib borishiga ta`sir etdi. Muhim sanani nishonlash bilan bog`liq bo`lgan 
tantanalar, bayramlar va boshqa turli-tuman tadbirlar ruhoniylar uchun o`zlarining 
faqatgana ilohiyotchilik, cherkovning ichki hayoti va tartibi bilan bog`lanib kolmadi; 
balki jahonda, xususan Osiyo mintaqalarida tinchlik uchun kurash, irqiy 
kamsitishlarga barham berish, tabiatni muhofaza kilish, sog`liqni sakdash, 
demokratik jarayonlarni rivojlantirish, jamiyatda adolatli hayotni karor toptirish bilan 
bog`liq ko`pgana masalalarni muhokama qilish uchun foydalandilar. Ulug` bayram 
kunlari diniy e`tiqod va marosimchilik masalalarini hal qilishga Ham qaragildi. 
Toshkent va O`rta Osiyo eparxial boshqarmasi (unga 22 diniy jamoa 
bo`ysunadi) ham mustaqil jumxuriyatlarda vijdon erkinligi talablariga rioya kiladigan 


tadbirlar o`tkazmokda, xalqlar o`rtasida osoyishtalik qaror toptirish uchun harakat 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin