SHod etmas emish kishini g`urbatda kishi, shod etmas emish ko`ngulni mehnatda kishi, ko`nglum bu g`ariblikda shod o`lmadi, ox g`urbatda sevinmas emish albatta kishi. Bu misralar o`zbek shoiri, Hindistondek buyuk mamlakatning podshosi
bo`lgan Zaxiriddin Boburning qalbidan afsus bilan otilgan nidosidir. Buyuk bir
davlatning podshosi bo`laturib, uning bunchalik afsus nadomat chekishiga nima
sabab bo`ldi? Bunga sabab yurt-mexri, Vatan ishqi emasmikan?!
Vatandan ayriliqda yashagan, o`zining butun borlig`i, g`oyasi, tanu-jonini
millatiga baxsh etgan kishilarni shuro matbuoti, komfirqa mafkurasi va siyosati uzoq
yillar davomida «Vatan xoinlari», «Vatangadolar» deb badnom qildi. Ularga qarshi
qanchadan-qancha kitoblar, maqolalar yozildi, tuhmatlar, ig`volar uyushtirildi.
Ona — Vatan tuprog`idan benasib bo`lib, xorijda makon topgan
vatandoshlarimiz so`nggi nafaslarigacha kindik qonlari tomgan ota meros yurtlari
Turkistonni sog`inib, Turkistonga sig`inib, Turkistonga talpinib va topinib
yashaganlar. Vatan diydorini qayta ko`rolmasdan, uning mehriga to`yolmasdan
olamdan ko`z yumganlar, «O`zga yurtlarda eb ichish, kiyinish va ilm olishdan
kamchiligim bo`lmasa-da, - deb yozadi Buxoro sho`rolar xokimiyatiningbirinchi
raislaridan bo`lgan. Usmonxo`ja Po`latxo`jaevning farzandi, hozir Germaniyaning
Myunxen shahrida yashovchi professor Temurxo`ja, - otamdan eshitganim Turkiston
degan yurtga borishni qirq uch yil kutdim. SHu tuproqqa mexr qo`ydim, hamisha
yodim-da, yuragimning tubida olib yurdim. Otamning tuyg`ulari, azoblari menga
ko`chdi. Vafotidan oldin yonlariga chaqirib «Men senga bankda pul, shoxona qasrlar,
hosildor erlar qoldirayotganim yo`q, seni suyadigan aka-uka ham qoldirmadim, faqat
hamisha yodingda tutishing uchun Vatan xasratini qoldirdim» degan edilar.
Otamning vasiyatlarini eshitgan onimdan boshlab men qayta Vatanlik bo`ldim. Vatan
isming ichimda...»
Aytilganlardan ko`rinib turganidek Vatanimizning ozodligi va mustaqillikkni
qurish istagi va orzusi faqat bizlardagina emas, balki musofir yurtlarda sarson
sargardonlikda yurgan vatandoshlarimizning dillarida ham allaqachonlardan beri
to`lib toshib ketayotgan edi.
Qanchadan-qancha bobokalonlarimiz, avlodu-ajdodlarimiz zo`r intizorlik bilan
kutgan kunni — Vatanimiz ozod, erkin va mustaqil bo`lganini ko`rish har birimiz
uchun eng katta quvonch, buyuk baxtdir. Buning uchun Ollohga ming karra shukur
aytamiz. CHunki bu ulug` tarixiy kunlarga etganlar bor, etmaganlar bor, O`zbekiston
davlat mustaqillik shu tuproqda yashayotgan millatdoshlarimiz qatori uzoq yillar
davomida ona-yurtidan, elidan, qarindoshlaridan ayrilib, musofirlik xijronlarini
tortgan muxojir yurtdoshlarimizni ham xayajonga soldi va cheksiz quvontirdiki,
so`zda ifodalab bo`lmaydi.
Toshkentda tugilib, hozir Olmoniyaning Myunxen shahrida istiqomat qiluvchi
Murod Axmedov «Xalq so`zi» ro`znomasiga yuborgan xatida shunday deydi: «Vatan
yagona tuyg`u bo`lib, uning takrori, o`xshashi yo`qdir. Olisda bo`lsam ham oxirgi
nafasimgacha vatanim yodi bilan yashayman...
«O`z uying ulan to`shaging», degan maqolning qadrini hech kim menchalik
tushunib etmas, desam mubolag`a bo`lmas. SHuning uchun ham vatanni ulug`lovchi
qo`shiqlar ko`rik-tanlovi baxonasida O`zbekiston bilan hayolan suxbatlashdim,
chog`roq she`r ham ezdim:
CHappar urgan chaman Vatan, Bo`lgin doim omon Vatan! Kindik qonim tomgan Vatan, Ko`z yoshlarim yum-yum, Sog`inchlarim lim-lim. Jannatmakon yurtsan o`zing, Nasibasi butsan o`zing, Engilmagan mardsan o`zing, Ko`z yoshlarim yum-yum,