VATANPARVARLIK - OLIYJANOB FAZILAT
Vatan — sermazmun, juda ham keng tushuncha. U yashab to`rgan uyimizdan
boshlanadi. Xalqimiz uy qurgan odamni «vatanli bo`lib qoldi», deyishi bejiz emas.
«Vatan ostonadan boshlanadi» degan ibora barcha xalqlarda borligi ham shundan
dalolat beradi.
Bizning xalqimiz o`zi tug`ilgan joyga juda katta muxabbat bog`laydi. SHuning
uchun ham ular boshqa joyga ko`chishni xoxlashmaydi. Boshqa joylarga ketganda
ham doimo o`zi tug`ilgan el-yurtidan aloqasini uzmay, uni ziyorat qilib turadi. Bu
ham Vatanga sadoqatli bo`lishning ko`rinishidir.
Vatan — insonning ota-onasi, qarindosh urug`lari, tug`ilib o`sgan joygina
emas, balki yoshlik davrlarni boshidan kechirgan, yugurib elib o`ynagan, sayr qilgan
dalalar, cho`milib yurgan soylar, daryolar, oromgox bog`lar, tog`lar, tabiat muhitdir.
Demak Vatanni sevmoq — kindik qoni tug`ilgan joy tabiatini sevmoq uning uchun
qayg`urish ham demakdir.
Vatan — bu birinchi maktab, birinchi bilim, orttirilgan do`stlar, bilim berib
voyaga etkazgan o`qituvchilardir. SHuning uchun ham inson qancha yoshga
kirmasin, qaerda ishlamasin birinchi maktab, birinchi o`qituvchi, maktabdoshlarini
hech qachon yoddan chiqarmaydi, ularga doimo xurmat-izzat bilan qaraydi.
Vatan — bu o`sib ulg`aygan maxalla. Maxalla yoshlik davriniig eng yaxshi
kunlari kechgan hozirgi hayotida ham hamdard, hamnafas bo`lib kelayotgan qo`ni-
qo`shni, do`stu birodarlar maskanidir. Maxallaga hurmat, maxalla axli bilan doimo
maslaxatli ish qilish, to`y-tomoshalar va boshqa tadbirlarni o`tkazishni har bir inson
o`zining muqaddas burchi deb bilgan. Hozir ham maxalla axlining roli tobora
kuchayib bormoqda.
Vatan — bu oila hamdir. SHunday ekan oilaga, kindik qoni to`kilgan joyga
mexr-muxabbatda bo`lish ayni vaqtda Vatanga sadoqatli bo`lish demakdir. Oila
jamiyatimizning asosini tashkil qiladi. Oila a`zolarini, ular tug`ilgan va istiqomat
qiladigan uy joyni e`zozlab ayni vaqtda har bir oilaning, insonning shajarasini,
tarixini yaxshi bilishini taqozo etadi. Hap bir inson, o`z oilasi, ota-ona, el-yurt
tarixini, shajarasini yaxshi bilib olishi lozim. Bunda ayniqsa oila, maktab katta rol’
o`ynaydi.
Vatan — bu har bir inson ishlayotgan mehnat jamoasi, o`qiyotgan bilim yurti,
ijtimoiy siyosiy muhit hamdir. Mehnat jamoasining inson hayotida tutgan o`rni katta.
CHunki mehnat jamoasida har bir inson hayot maktabini o`tab, mutaxassis bo`lib
etishadi, ma`naviy kamol topadi, hayotda o`z o`rnini egallaydi, shuxrat qozonadi.
Vatan – bu har bir kishining yashab turgan qishloq, shahari, tumani, viloyati.
SHuning uchun ham ular tuman, shahar, viloyat yutuqlari bilan faxrlanadi, unga o`z
hissasini qo`shishga intiladi, mavjud tarixiy yodgorliklar bilan faxrlanadi. Ularning
gullab-yashnashiga, obodonligiga ko`maklashadi. Vatan — bu xalqimizning jannat
misol makoni O`zbekiston Respublikasidir.
Ona-yurt, Vatan — inson uchun oltin beshik. Inson ana shu oltin beshikda
dunyoga keladi, ilk bor qadam tashlaydi, unib o`sadi, voyaga etadi, el yurt xizmatiga
bel bog`laydi. SHuning uchun ham vatan har qanday inson uchun onasi kabi aziz va
mukarramdir. Vatanni insonga baxt iqbol beradigan muqaddas maskan bo`lib
hisoblanadi.
Ma`rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq»
asarida yozganidek «Vatan har bir kishining tug`ilib o`sgan shahar va mamlakatini
shul kishining vatani deyilar. Har kim tug`ilgan, o`sgan joyini jonidan ortiq suyar.
Xatto bu vatan xis-tuyg`usi hayvonlarda ham bor. Agar ayrilsa o`zlaridagi kabi
roxatda yashamas...
Biz turkistonliklar o`z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi arablar
Arabistonni, qumlik issiq cho`llarni, eskimuslar shimol taraflarini, eng sovuq qor va
muzlik erlarini boshqa erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi,
tiriklik oson erlarga o`z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi».
Vatan bu halqning o`tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan deganda hamisha
o`zimiz tug`ilib o`sgan, ta`lim olgan, voyaga etgan necha-necha avlodu ajdodlarimiz
yashab o`tgan, ularning aqlu-idroklari, mehnatlari sarf etilgan muqaddas yurt ko`z
oldimizga keladi. Vatan bu ota yurt, ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga etgan,
uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, chuqur
ildiz otib, o`sib kamol topib boradigan zamindir.
Vatan—muqaddas qadriyat. Taraqqiyot Vatandan boshlanadi. U insonning
kindik qoni to`kilgan joy, har kimning borligini qadrlovchi zamin, ma`naviy kamolot
va saodat maydonidir. SHuning uchun ham har bir inson o`z dard-alamini, orzu-
umidlarini vatan taqdiri bilan bog`lab kelgan.
Vatan mehrini, Vatan sehrini, uning mo``tabarli ulug`vorligini so`z bilan
ifodalash qiyin.
Haqiqiy barkamol inson Vatanning ravnaqi va istikboli, el-yurtning ozodligi va
mustaqilligi uchun hamma narsani, xatto, shirin jonini ham ayamaydi.
Bu haqda Mavlono Fuzuliyning «mening bitta hayottim bor, bordi-yu mingta
hayotga ega bo`lgan taqdirimda ham hammasini Vatan uchun sarflagan bo`lar edim»,
deb aytgan so`zlari har bir aqli raso fuqaro uchun bebaxo o`gitdir.
Inson uchun Vatan yagonadir. Vatanning katta kichigi, ham, boy kambag`ali
ham bo`lmaydi. Vatan tanlanmaydi. Vatan bizning molimiz emas. SHuning uchun
ham u pulga sotilmaydi. Vatan in`om etilmaydi, qarzga berilmaydi. Vatan har bir
fuqaro uchun muqaddas va betakrordir.
Vatanni sevish, ona diyorini qadriga etish, uning kamoloti, gullab-yashnashi,
osoyishtaligi uchun qayg`urish yoshligimizdan boshlab ongimizga singdirilishida
chuqur ma`no bor. CHunki, har qanday inson Vatani, ota-bobolari o`tgan muqaddas
zamin bilan faxrlanib yashaydi.
Muqaddas Hadisi SHarifda «Vatanni sevmoq iymondandur» deyilgan. Bu
so`zda chuqur xikmat bor. Vatanni sevish, ardoqlash kishiga kuch quvvat beradi, aql-
idrok ato etadi, yuzini yorug` qiladi, jasoratlarga chorlaydi, mardliklarga undaydi,
odamlar, millatlar, halqlarni birlashtiradi.
Vatanni sevish, Vatanim, xalqim deb yashash, ona-yurtning ravnaqi yo`lida
xalol mehnat qilish, o`zini qahramonliklarga tayyorlab borish, o`zi yashab turgan
zaminni e`zozlash, uning boyligiga boylik go`zalligiga go`zallik qo`shish, odamlarni
seva bilish demakdir.
Vatanni sevish, uning har bir qarich erini, har bir siqim tuprog`ini muqaddas
bilib qadrlash, ko`zga to`tiyo qilish o`zbeklarga xos xususiyat bo`lib, bu ularga
ajdodlardan meros sifatida davom etib, sayqal topib kelmoqda.
Hamid Olimjon «Men o`zbek xalqi nomidan so`zlayman» degan maqolasida
bu haqda shunday degan edi: «Mening halqim o`z kindigining qoni to`kilgan tuproqni
o`z onasiday aziz ko`radi. Mening halqim o`z bobolari ko`milgan tuproqni o`padi,
shu tuproqni harom, nopok qilgan odamni o`ldiradi. Qadim o`zbek botirlarn uzoq
safarga ketganda, bir xovuch vatan tuprog`ini doim o`z yonlarida olib yurganlar.
CHunki bu tuproq ularga o`z tug`ilgan erlarini eslatib turgan, xalq oldida ichgan
qasamini yodga solgan. Vatanga bo`lgan muhabbatini bir nafas ham unutirmagan.
Bu bir xovuch tuproq unga o`z ota-onasini, qarindoshlarini, xalqini eslatgan, uzoq
bo`lsa ham uni o`z vatanida, xis qiladigan va qasrda bo`lmasin o`z xalqi sha`niga
isnod keltirmaslikka, o`z xalqining nomusi va sodiq o`g`li bo`lishga chaqirgan. U
Vatanini qancha sevsa, ota-onadan, sevimli yordan, qondosh vatanidan nishona
bo`lgan shu bir xovuch tuproqni ham shuncha sevgan. SHu bir hovuch tuproqning
kuchi shuncha zo`r bo`lganki, u suvsiz saxrolardan, qorli tog`lardan, vaxshiy
daryolardan, yovvoyi o`rmonlardan ko`z ochib yumguncha o`ta olgan. SHu bir
hovuch tuproq uni o`tdan omon saqlagan. O`q uning ko`kragini tesholmagan, qilich
tanasini tesholmagan, olov kuydirmagan, zindon chiritolmagan».
O`zbeklardek vatanini sevadigan, yurtiga boglangan halq jaxonda kamdan-kam
topiladi. O`zbek halqi qo`liga qurol ushlab Vatan himoyasi uchun dushmanga qarshi
jang qilishni juda yaxshi biladi. Vatan deb o`zini ham o`tga, suvga mardona otadi,
aziz yurtning har bir qarich eri uchun jon olib jon beradi.
O`zbekistan o`zbek halqi uchun ota yurtdir, uning manfaatlarini himoya
qiladigan jahondagi yagona davlatdir.
Vatanimiz O`zbekiston uchun qo`limizdan keladigan har bir foydali ishni
qilish, gullab-yashnashi uchun xissa qo`shish bizlarga ajdodlarimizdan qolgan buyuk
fazilatdir. «Qizil imperiya» davrida bizga, «sening vataning SSSR», «Vatan
Kremldan boshlanadi» deb qulog`imizga quyishdi. O`zimizniig xakiqiy Vatanimiz
O`zbekiston ekanligini qalbimizdan surib chiqarishga, vatan tuyg`usidan judo
bo`lishimizga zo`r berishdi. Milliylik va milliy mansublikka, milliy xis-tuyg`u va
milliy g`ururga sezdirmasdan zarba urila boshlandi. SHunday joxilliklar natijasida
milliy mansublik
o`rniga mamlakatda «Sovet fuqaroligi» targ`ibot, tashviqot qilina boshlandi.
Ona Vatanimiz O`zbekiston uchun emas, balki Sovet vatani ravnaqi yo`lida
fidokorlik ko`rsatish, jon olib, jon berishga da`vat etiladigan bo`ldi.
Sobiq sovet imperiyasi davrida odamlarda milliy manfaat, Vatanga, ona-
zaminga mehr-muqabbat degan his-tuyg`ular asta-sekin so`na boshlagandi. «Vatan»
tushunchasi o`zining jozibasini, ta`sirchanligini yo`qotib, mavxumlikka aylanib
qolgandi. Qilinadigan har bir ishda va harakatda millatning tub maifaati, shon-sharafi,
milliy o`ziga xosligi, aql-idroki va tafakkuri borlig`i hech kimning xayoliga kelmasdi.
Faqat bir narsa «umumsovet» manfaati ko`zda tutilardi, holos. Har bir millat va xalq
bir necha ming yillar osha yashab kelayotgan o`z Vatani uchun qayg`urishga haqli
emasdi, o`zi emasa ichmasa-da, lekin o`sha «ulug` Vatan» uchun tinmasdan mexnat
qilardi.
Butun boshli bir xalqni, eng katta va qadimiy millatlardan biri o`zbeklarni o`z
ona yurtida cheklab tashlashdi. Uning huquqlari chegaralandi. Tili kamsitildi,
tazyiqqa uchradi. O`zbeklarning o`tmishi u yoqda tursin, bugungi xizmatlari haqida
ham buzib axborot berildi.
Ahvol shu darajaga borib etgan ediki, hatto o`zbek degan millat, O`zbekiston
deb ataladigan mamlakat borligini dunyoda ko`pchilik bilmasdi. Al-Xorazmiy,
Temur, Navoiy, Ulug`bek, Bobur avlodlarini ko`pchilik tanimas edi.
YAna bir muxim masala ustida fikr yuritishga to`g`ri keladi. Stalin siyosati
tufayli bir butun Turkistonni maydalab, «mustaqil» milliy Mamlakatimizlarga bo`lib
tashlangan edi. Bu aslida uzoqni ko`zlab qilingan siyosat edi. Ana shu siyosatning
zaminida etgan asosiy maqsad, birinchidan, asrlar mobaynida yagona bir xududda
yashagan, chegara nimaligini bilmagan, og`a-ini, quda-anda bo`lib kelishgan, o`zbek
tojik, turkman, qozoq, qirg`iz xalqlarini bir-biridan butunlay ajratib tashlash,
Turkistonni markazning xom-ashyo bazasi sifatidagi holatini chorizm
mustamlakachiligi davridagidan ham mustahkamroq qilib quyishdan iborat edi.
Ikkinchidan, tili, dini, madaniyati, tarixi, urf-odatlari bir biriga chambarchas bog`liq
bo`lgan katta bir xalqni besh millatga ajratib tashlashdan ko`zda tutilgan muddao
mazkur xalqlarni milliy o`zligini anglashdan, o`tmish tarixidan, milliy iftixoridan
judo qilib, olomonga aylantirish bo`lsa, uchinchidan, zaruriyat tug`ilib qolsa
qachonlardir, ular o`rtasiga nifoq solish, gij-gijlatish, orani buzib, bemalol
xukmronlik qilaverish edi. YAgona bir butun ulug` va qudratli Turkistonni parchalab
yuborishdan, milliy mamlakatimizlarga «mustaqillik» berishdan markazniig
muddaosi nimadan iboratligi tub moxiyatini to`la tushunib etgan, buning oqibatida
juda daxshatli va fojiali bo`lishini anglab etgan elimizning ilmli, zukko kishilari,
ma`rifatchilari, ko`zga ko`ringan kishilar birin-ketin yo`qotildi, «xalq dushmani»ga
chiqarildi, qatl va surgun qilindi. Muxojirlikda yashashga majbur qilgan
yurtdoshlarimiz mol-dunyodan emas, balki g`ariblikdan, Vatan diydoriga intizorlikda
yashashdan cheksiz azob chekishgan.
Inson uchun na davlat va saltanat, na toju taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt
mexriga teng kelolmaydi. Vatandan judolik inson uchun eng katta baxtsizlikdir.
G`urbatda, ayriliqda inson o`zini shod, baxtiyor hisoblay olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |