demokratiya - erkin yashash va erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, o`z irodasini
ifodalash, haq-huquqlaridan bemalol foydalanish va jamiyat ishlariga faol
12
Каримов И.А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. -Т.: Ўзбекистон, 2005, 54-бет.
1
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ќаёт – пировард маšсадимиз. 8- жилд – Т.: Œзбекистон,
2000, 19 – бет.
qatnashishni anglatadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bunga to`la kafolat
beradi va har bir fuqaroning huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda,
demokratiya yuksak ma`naviyat egasi bo`lish, mas`uliyat va jamiyat oldidagi burchni
his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bersa, axloq, burch, o`zgalar
manfaati bilan hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon esa mas`uliyat yuklaydi, har
bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog`liq ekanini har
soatda bizga bildirib turadi. SHu bois huquq va burch, erkinlik va mas`uliyat hamma
vaqt birga, uzviy aloqada amal qiladigan tushunchalardir. Zero, yaxlit bir tizim
markazida ma`naviyat, axloq-odob, ma`rifat kabi o`lmas qadriyatlar turmog`i
kerak. O`zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi va tadbirkorlik, ishbilarmonlik xislatlari
ham shu zaminda adolat o`zaniga tushadi, kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi,
zo`ravonlik qilinishiga yo`l qo`yilmaydi.
Barqarorlik tinchlik millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiy-siyosiy
qadriyatlarini tashkil etadi. Fuqarolar o`rtasidagi tinchlik millatlararo totuvlik va
do`stlik ularni avaylab saqlash va mustahkamlashga intilish azaldan halqimizning
o`ziga xos fazilati bo`lib kelgan va hozirgi vaqtda ham shunday bo`lib kelmoqda.
Halqlar o`rtasida tinchlik totuvlik do`stlik va o`zaro hamkorlik munosabatlarini
o`rnatish millatimizning ongiga, qoniga chuqur singib ketgan.
O`zbekiston jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar mamlakatlar
bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish hamda tarakqiyotga
erishishning o`ziga xos yo`lini tanlagan. SHuning uchun ham uning jahon
hamjamiyatidagi obro` va e`tibori tobora ortib bormoqda. Davlatlar o`rtasida
hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mustahkamlash va havfsizlikni ta`minlashda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti katta rol’ o`ynaydi. O`zbekiston 1992 yilning 2
martidan boshlab BMTning teng hyqyqli a`zosidir. Mazkur xalqaro tashkilot bilan
hamkorlikda mintaqamizda tinchlik barqarorlik millatlararo totuvlikni ta`minlashga
qaratilgan ko`pgina savobli ishlar qilinmoqda.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yili BMT
Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so`zlagan nutqida Markaziy Osiyoda
xavfsizlik va hamkorlik sohasida BMTniig doimiy seminari tashkil qilish to`g`risida
taklif kiritgan edi. O`zbekiston Prezidentining bu tashabbusi xalqaro miqyosda katta
kiziqish uyg`otdi. Amerika Qo`shma SHtatlari seminar yig`ilishi o`tkazish g`oyasini
qo`llab-quvvatladi va ushbu anjumanda yuksak diplomatik darajadagi vakili ishtirok
etishi istagini bildirdi. Bunday organni tashkil qilish g`oyasi davlatlararo o`tkazilgan
seminar va konferentsiya hamda MDH hujjatlarida ham qayd qilingan.
Seminar
yig`ilishning maqsadi o`zaro fikr almashish, ishonchli mintaqaviy xavfsizlik tizimini
yaratish yo`llarini muxokama etish, tinchlik va barkarorlikni saqlash, nizolarning
oldini olish, iqtisoddagi o`zaro jipslashish jarayoniga, insonparvarlik va madaniy
sohadagi hamjhatliklarga ko`maklashishdan iborat. SHuningdek seminar yig`ilish
mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik muammolarini qal etish, tahlil qilish, BMT,
alohida davlatlar bir guruh davlatlarga ta`sirchan bo`lgan bosqichma bosqich
diplomatiya uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish vazifasini o`z oldiga qo`ygandi.
1995 yil 15—16 sentyabrda mazkur seminar kengashning O`zbekiston poytaxti
Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik na hamkorlik masalalariga bag`ishlangan
majlisi bo`lib utdi. Seminar kengashda BMT, EXHK, Islom Konferetsiyasi tashkiloti
delegatsiyalari, BMT xavfsizlik kengashiga a`zo mamlakatlar, Mustaqil Davlatlar
Hamdo`stligi, Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari, shuningdek, mintaqaga tutash
davlatlar delegatsiyalari — jami 31 davlat, 6 xalqaro tashkilot ishtirok etdi.
O`zbekiston tashabbusi bilan o`tkazilayotgan ushbu anjuman 50 milliondan
ortiq aholi istiqomat qilayotgan Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va
hamkorlikni ta`minlash yo`lida muhim ahamiyatga egaligini ta`kidlandi. Prezident
I.A. Karimov nutqida shunday dedi: «Biz mazkur seminarni mintaqaviy xavfsizlik va
barqarorlik tizimini o`rnatish va uni amalga siljitish yo`lida, Markaziy Osiyo
mintaqasi davlatlari va halqlari uchungina emas, balki bu mintaqaga chegaradosh
ulkan hudud uchun ham juda zarur bo`lgan hamkorlikni rivojlantirish uchun
mustahkam asosni shakllantirishda turli fikr va yondashuvlarni yuzaga chiqarish va
ularni bir-biriga yaqinlashtirishda manfaatdor bo`lgan anjuman deb baholaymiz».
Mintaqamizda barqarorlik tinchlikni ta`minlashga qaratilgan tadbirlar ichida
1995 yili sentyabr’ oyida BMT tomonidan Nukus shahrida o`tkazilgan Orol havzasi
mintaqasining barqaror rivojlanishiga bag`ishlangan konferentsiya va unda qabul
qilingan deklaratsiya, ham muhim o`rin tutishini aytib o`tish joizdir.
1995 yilning oktyabr’ oyida N’yu-Yorkda bo`lib o`tgan Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining ellinginchi yubiley sessiyasida so`zlagan nutqida
I.Karimov jahon davlatlari rahbarlari va keng jamoatchilik e`tiborini yana bir bor
Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan muammolarga qaratib, yalpi xavfsizlikka
mivtaqalarda xavfsizlikni ta`minlash orqaligina erishish mumkin ekanligini uqtirib
o`tdi. SHuningdek BMTning mintaqaviy xalqaro tashkilotlar munosabatlarini
faollashtirish, tangliklarning oldini olish yo`lida uning mintaqaviy tizimlarini yanada
rivojlantirish lozimligi to`g`risidagi takliflarni ilgari surdi.
O`zbekiston mintaqamizda, jumladan Tojikistonda tinchlik va barqarorlikni
ta`minlash yo`lida ham faol harakat qilmoqda. 1995 yil 3 aprelda O`zbekiston
tomonidan muholif kuchlar rahbariyati bilan uchrashuv chog`ida Tojikiston halqlari
kongressini chaqirish xaqida taklif kiritildi. Bu taklif qabul qilindi va Tojikistondagi
muholif kuchlar o`zaro muzokaralarga kirishdilar.
O`zbekiston Afg`onistonda ham tinchlik va barqarorlikni yanada
mustahkamlashing tarafdoridir. Prezident I.Karimov hozirgi kunda mintaqada
tinchlik va barqarorlikni saqlash muammolari xususida so`z yuritganda bugungi
kunda Afg`onistonadagi vaziyatni barqarorlashtirish va qayta tiklash borasida davom
etayotgan ijobiy jarayonlar bilan bir qatorda, mntaqadagi strategik mavxumlikni
tugatish nihoyatda dolzarb masala ekanligini ta`kidladi.
Hayot shundan dalolat beradiki, bugungi kunda notinch va fojiali mintaqalarda
joylashgan davlatlarning bir-birini o`zaro anglash va birgalashib harakat qilishini
ta`minlabgina butun dunyoda tinchlik va barqarorlikka erishish yo`llarini belgilab
olish mumkin. SHuning uchun ham biz uchun barcha tinchliksevar mamlakatlar bilan
o`zaro foydali teng huquqli munosabatlarni yo`lga qo`yib, jahon hamjamiyatiga
qo`shilish o`ta dolzarb vazifadir.
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik bular davlatimizning yangi binosini barpo
qiladigan poydevordir. Bu bizning ertangi porloq kunimizga olib boradigai to`g`ri
yo`ldir. «Tinchlik va barqarorlik,- deb yozadi I.Karimov, - bular xalqaro hamjamiyat
bilan birlashtiruvchi vositadir. Insonparvarlik yaxshilik sofdillik singari umuminsoniy
kadriyatlarni qabul qilgan va birgalikda baham ko`rgan mamlakatgina, xalqgina
butun dunyo xalqlariga yaqin va tushunarli bo`lishi, jahon hamjamiyatiga qabul
qilinishi mumkin. Faqat ular bilan teng huquqi, o`zaro manfaatli munosabatlar
o`rnatilishi mumkin».
Ma`lumki, umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan,
muayyan mintaqadagi konkret davlatlarning hamjihatligi va birgalikdagi harakatidan
boshlanadigan jarayondir. SHuni e`tiborga olgan holda, O`zbekiston rahbariyati BMT
ishlab chiqqan qarorlarga muvofiq Afg`onistondagi mojarolarni bartaraf etish uchun
quyidagi. tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish zarurligini qayd etib
kelmoqda. Bular: mojaroni bosqichma-bosqich bartaraf qilish, muzokara jarayonida
barcha manfaatdor tomonlarning ishtirok etishi; o`zaro yon berish va oqilona o`zaro
kelishuv asosida nuqtai nazarlarni bir-biriga yaqinlashtirish; bu jarayonda BMT,
Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Islom konferentsiyasi tashkiloti va
boshqa halqaro tashkilotlarning xomiyligi va faol ishtirok etishi; mamlakat hududiy
yaxlitligining saqlanishi; qanday shaklda bo`lmasin, tashqaridan tazyiq yoki
aralashuvga yo`l qo`yib bo`lmasligi; Afg`onistonga qurol-yarog` etkazib berishni
qat`iy taqiqlab qo`yish zarurligi.
Bugun Afg`onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqish ortib borayotgani
dunyo hamjamiyatida katta havotir uyg`otmoqda. Birok, bu illatga qarshi faqat
giyohvand moddalar ishlab chiqarilayotgan xudud atrofida “xavfsizlik zonasi”ni
tashkil etish, jazolash va ma`muriy chora-talbirlarni kuchaytirish bilangina
kurashishning kifoya qilmaydi. Ushbu muammoni xal qilish uchun, birinchi
navbatda, Afg`oniston iqtisodiyotini chuqur trkibiy o`zgartirish, aholini tinch va
bunyodkorlik mehnati bilan band etish orqlai hal qilish mumkin va lozim.
Hozirgi o`ta murakkab va ziddiyatli jarayonda hukumatimiz tomonidan uzoqni
ko`zlab olib borilayotgan insonparvarlik siyosati tufayli jamiyatimizda osoyishtalik
tinchlik va totuvlik fuqarolarning kundalik turmush tarziga aylanib ketgan. Buni biz
millatlararo munosabatlarni takkomillashtirish sohasida qilinayotgan harakatlardan
yaqqol ko`rishimiz mumkin.
Ma`lumki, nnsonning baxt-saodati, kelajak hayoti millatlararo munosabatlar
bilan o`zviy bog`liq. Bu ayniqsa, ko`p millatli davlatlar, jumladan, O`zbekiston
Respublikasi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Hozir mamlakatimizda yuzdan ziyod
millat va elat vakillari yashaydi.
Millat kishilarning tarixan tashkil topganligi bo`lib, u xo`jalik til, madaniyat,
milliy ruhiyat xususiyatlarining yagonaligi bilan ajralib turadi. Til, hudud, iqtisodiy
turmush, madaniyatdagi umumiylik, bular millatning eng muhim belgilaridir.
Millatning til, hudud, iqtisodiy turmush va madaniyat jihatidan birligi undan
oldin vujudga kelgan urug`, qabila va elatlarning birligidan tubdan farq qiladi.
Millatning iqtisodiy va siyosiy jihatdan birlashishi elatlarning og`zaki ijodi va yozma
adabiy tilning rivojlanishi asosida yagona milliy tilning paydo bulishiga olib keladi.
Millatning tarixiy taraqqiyot xususiyatlari, uning iqtisodiy tuzumi, odat an’analari,
yashash muhiti uning ma`naviy qiyofasi ta`sir etadi. U yoki bu millatga mansub
bo`lgan kishilarning o`ziga xos milliy xususiyati va psihologiyasi milliy tili va
madaniyati bo`ladi. Til millatning eng muhim belgilaridan biridir.
Dunyoning turli mamlakatlarida hozir o`zining turmush tarzi, tili, tarixi,
madaniyati, urf-odatlari, pivojlanish darajasiga ko`ra bir-biridan farq qiladigan qariyb
ikki ming turli halqlar va millatlar yashamoqda. Ularning qariyb 1600 tasi Osiyo va
Afrika mamlakatlarida, qariyb 100 tasi rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda, qariyb
250 tasi sobiq sotsialistik mamlakatlarda yashaydi, Mustaqil davlatlar soni hozir
qariyb 190 tani tashkil etadi. Er yuzida 101 milliondan ortiq kishidan tashkil topgan
millatlar ham shuningdek ming va xatto yuz kishidan iborat bo`lgan qabilalar va etnik
guruhlar ham borligini aytmasdan o`tib bo`lmaydi.
Hozirgi davrda sobiq Ittifoq hududida ijtimoiy, milliy va millatlararo
munosabatlar masalasida ilgari aslo kutilmagan salbiy hodisalar, juda ham o`tkir va
qaltis muammolar, kuchli to`qnashuv va mojarolar tez-tez ro`y berib turganligi ham
hech kimga sir emas.
Milliy va millatlararo munosabatlar masalasida bo`lib turgan keskinliklar va
ziddiyatlar oddiy bir anglashilmovchilik natijasi emas. Uning muayyan sabablari bor,
albatta. Milliy va millatlararo munosabatlar masalasi sohasida mavjud bo`lgan
muammolarni xal qilish omili ularni keltirib chiqargan, chuqurlashtirib yuborgan
sabablarni aniqlash va bartaraf etish yo`llarini belgilashdan, ularni yangicha siyosiy
va falsafiy tafakkur asosida nazariy. jihatdan idrok etishdan iboratdir.
Milliy va millatlararo munosabatlarga oid shunday muammolar va vazifalar
borki, ularni ilgari qo`llanilgan eski vositalar, usullar bilan hal etib bo`lmaydi.
Hayot milliy masalaga yangicha yondashishni, siyqa usullardan qat’iyan voz
kechishni kun tartibiga qo`ymoqda.
Milliy masalaning hozirgi davr talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan,
ijodiy boyitilgan eng muhim nazariy qoida va xulosalari hayotga qanday tatbiq
etilayotganligini o`rganish, ularni ilmiy tahlil etish katta amaliy siyosiy va ma`rifiy
tarbiyaviy ahamiyatga molikdir.
Milliy qadriyatlarni tiklash va ulardan samarali foydalanish milliy manfaatlar
va milliy qiziqishlar bilan uzviy bog`liqdir. Milliy manfaaat iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy, ma`naviy hayotni har tomonlama, teran qamrab oladi. Boshqacha aytganda,
xaqqoniy milliy manfaatlar—bu muayyan millat vakillarining talab va ehtiyojlari
yig`indisidan iboratdir. Ammo milliy manfaatlar va ishlar boshqa mintaqa
vakillarining manfaatlariga zid bo`lmasligi kerak Asl manfaatlar bir guruh milliy
ekstremistlar, millatchilik shovinistik buyuk davlatchilik dardiga mubtalo bo`lgan
kimsalar emas, balki mehnatkashlar ommasi ifoda etadi.
Millatlar va milliy manfaatlar, milliy xis-tuyg`ular mavjud ekan, milliy
munosabatlar ham kun sayin e`tibor berishni talab qiladigan masaladir, u umumiylik
munosabatlarini hisobga olgan holda o`z vaqtida va ijobiy xal etib borishni talab etadi.
Millatlarning manfaatlariga to`g`ri munosabatda bo`lish va ana shu zaminda ixtiloflar
chiqaradigan har qanday imkoniyatlarga chek qo`yuvchi sharoitlarni yaratib beradi.
Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik o`z-o`zidan xosil bo`lmaydi, albatta.
Bular mustaqillikni qo`lga kiritgandan keyin jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, madaniy sohalarda amalga oshirilgan jiddiy o`zgarishlarning qonuniy
natijalaridir.
Eng avvalo shuni e`tirof etish kerakki, biz sobiq ijtimoiy siyosiy tuzumdan voz
kechib, jahon halqlarining ilg`or mamlakatlari tajribasini inobatga olib, millatimiz
an`analariga, milliy manfaatlarimizga muvofiq xalqaro huquqning umume`tirof etilgan
qoidalariga mos keladigan, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etdik.
Mazkur davlatning asosiy mavqedi" fuqarolar, tinchligi va milliy totuvligini, aholining
munosib hayot kechirishini ta`minlashdir.
«Biz umume`tirof etilgan demokratik qoidalar tartiblarni xalqimizning tub
axloqiy qoidalari bilan uygun tarzda qovushtira oladigan davlatni bunyod etishga
intilyapmiz»
13
, - deydi I. Karimov.
SHuningdek, rivojlangan demokratik davlatlarning tajribasini atroflicha
o`rganib chiqish, o`zbek davlatchiligi rivojining tarixiy saboqlariga tayanib,
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Asosiy qonunini qabul qildik.
YAngi demokratik ijtimoiy siyosiy tuzum va uning asosiy qonuni
jamiyatimizda barqarorlik tinchlik millatlararo totuvlikni ta`minlab berishnnng
siyosiy negizlarini yaratdi. Ayni vaqtda, jamiyatimizda demokratik jarayonlar tobora
avj olib bormoqda. Bu asosiy qonun — Konstitutsiyada mustaqkamlangan bo`lib,
uning negizida ilk bor oliy xokimiyat organi — Oliy Majlisga saylovlar bo`lib o`tdi.
Davlatni boshqarish va jamoat ishlariga fuqarolarni jalb qilish odatiy holga aylanib
borayotir.
Xalqimiz asrlar davomida maxalla yiginlari, oqsoqollar kengashlari orqali
jamoatchilik fikrini aniqlashning hamda birdamlik ko`rsatishning o`ziga xos usullarini
shakllantirib kelgan. Maxalla axli hamda ko`pni ko`rgan oksoqollar sog`lom
jamoatchilik fikriga ega bo`lishda eng katta kuch hisoblanadi. Fuqarolarning maxalliy
o`zini o`zi boshqaruviga konun asosida berilgan huquq va erkinliklardan foydalanish
barqarorlikni mustaqkamlashga, davlat ishlarini aholining ehtiyojlari, kayfiyatlari bilan
muvofiq holda olib borishga samarali ta`sir ko`rsatmoqda.
Respublikamizda milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg`unligi asosida
qurilgan huquqiy demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini boshqarishda yuksak
malakali mutaxassislarni taiyorlash va ularning yordamida hayotga zamonaviy
boshqarish usullarini joriy etishga ham katta ahamiyat berilmoqda. Respublikamizda
Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi ta`sis etilib, u o`z ishini boshlab yubordi.
I.Karimov akademiyaning ochilish marosimnda so`zlagan nutqida, yuksak
malakali mutaxassislarni tayyorlashda boshqa mamlakatlar tajribasiga suyanish
lozimligini alohida uqtirib utdi. CHunki biz bu darajadagi mutaxassislarni uqitish
uchun hozircha o`quv qo`llanmalarimizni, o`z o`quv dasturlarimizni yaratib
ulgurganimiz yuq. SHuning uchun, bu erda birinchi navbatda, boshqaruv xodimlarini
tayyorlaydigan yirik xorijiy markazlarning tajribasi, dasturlari ishga solinishi darkor.
Bu o`rinda anchadan buyon maxsus kurslar, markazlar, maxsus o`qitish modullarining
keng tarmog`iga ega bo`lgan Frantsiya, Germaniya, AQSH mamlakatlari, shuningdek,
Halqaro valyuta fondi, Jahon banki, Evropa Ittifoqi komissiyasi kabi xalqaro iqtisodiy
va moliya tashkilotlari institutlarining tajribasidan foydalanishimiz zarur.
«Bugungi hayotimizni yangilash va isloh qilish borasidagi har qanday qimmatli
g`oyalar va fikrlar sohiblari bilan uchrashish, hech mubolag`asiz aytish mumkinki,
nafaqat akademiya tinglovchilari uchun, balki uning o`qituvchilari uchun ham butun
bir maktab bo`lishi muqarrar...
Biz xorijiy mexmonlarga, Evropa va Amerika olimlari hamda amaliyotchilarga
katta umid bildiramiz. O`zbekistondagi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha sohalari
bo`yicha o`zlarining qiziqarli g`oyalari va tavsiyanomalarini akademiya bilan baham
ko`rishni xoxlagan Germaniya, AQSH, YAponiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar
13
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т.:Ўзбекистон, 1995,
248-бет.
bilan hozirdayoq kelishuvlar mavjudligi bizni quvontiradi va bu takliflarni
minnatdorlik bilan qabul qilamiz».
Milliy qadriyatlarimizning mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yanada
yaqinlashuvida davlatlararo, parlamentlararo uchrashuvlar katta ahamiyat kasb etadi.
SHuni e`tiborga olgan holda, jumxuriyatimiz raxbariyati bu masalaga ham ijobiy
yondashib kelmoqda.
Jamiyatimizda barqarorlik tinchlikni ta`minlash da jinoyatchilikka,
qonunbuzarlikka qarshi olib borilayotgan ishlar qo`l kelmokda. Keyingi yillarda
respublikamizda uyushgan jinoyatchilikka, iqtisodiy quporuvchilikka, davlat, jamoat
va xususiy mulkni muhofaza qilishda, poraxo`rlikka qarshi keskin kurashlar olib
borilyapti. Natijada, jumxuriyatimizda huquqiy vaziyat ancha yaxshilanib bormoqda.
Buni boshqa mamlakatlar raxbarlari ham e`tirof etmoqda.
YUqorida yuritilgan mulohazalardan shunday xulosa chiqarish mumkinki,
mustaqillik sharofati bilan O`zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga
qushilishi uchun zarur bo`lgan ijtimoiy siyosiy zamin vujudga keldi va u o`z
samarasini bermokda.
Barqarorlik tinchlik millatlararo totuvlikning moddiy asosini iqtisodiy islohotlar
tufayli yuzaga kelayotgan ijobiy jaraenlar tashkil qiladi. Davlat mulkini
xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot asoslarini barpo etish, agrar
munosabatlarning yangi turini shakllantirish va boshqaruvning ma`muriy buyruqbozlik
tizimini tamomila tugatish, narxlarni erkinlashtirish va bozor infrastrukturasini
shakllantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirish va jaxon iqtisodiy hamjamiyatiga
qushilish — fuqarolarni ijtimoiy muxofaza qilish ana shular jumlasiga kiradi.
To`g`ri, ayrim hollarda yuqorida ko`rsatilgan jarayonlar ma`lum sabablarga
ko`ra fuqarolar o`rtasida muayyan ziddiyatlarni ham tug`dirmadi. Lekin bular eski
iqtisodiy to`zumdan yangisiga utish jarayonida kelib chiqayotgan vaqtinchalik
ziddiyatlardir. Umuman olganda, jumxuriyatimizda muvaffakiyatli amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar fuqarolar o`rtasida osoyishtalik tinchlik va totuvlikni
ta`minlashga asos bo`lib kelmoqda.
Barqarorlik tinchlik milliy totuvlikning madaniy asosini milliy ma`naviy
qadriyatlarimiz, milliy urf-odat va an`analarning tiklanishi, milliy ongimizning o`sishi,
fuqarolar ma`naviy kamolotining yuksalib borishi kabilar tashkil etadi. Istiqlol tufayli
mafkuraviy akidalardan xalos bo`lish natijasida o`z mamlakatimiz, o`z xalqimiz
tarixini chuqurroq bilishga, ko`plab asrlar mobaynida yaratib kelingan ma`naviy
qadriyatlardan tula baxramand bo`lishga, ona tilimiz go`zalligi va ulug`vorligini
tushunishga muyassar bo`ldik. Ma`naviy kamolotning yuksalib borishi hayotiy
qadriyatlarni, ijtimoiy taraqkiyotning mazmuni va maqsadlarini isloh qilish va
yangilashning barcha jarayonlarini baholashga yangicha yondoshish imkonini berdi»
14
.
Halqimiz azaldan orzu qilib kelgan barqarorlik tinchlik totuvlik kabi
kadriyatlarga erishgan ekanmiz endilikda bizning oldimizda turgan dolzarb vazifa —
ana shu oliy ijtymoiy siyosiy qadriyatlarni quldan bermay, avaylab asrab, ko`z
qorachig`iday extiyot qilib saqlab qolish ustida abadiy izchil ravishda bosh
qo`shishimiz lozim. Bunga O`zbekistonda yashovchi har bir inson, - yoshidan,
millatidan kat`y nazar, o`z xissasini qushmog`i kerak. Buning uchun Prezidentimiz
14
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т.:Ўзбекистон, 1995,
265-бет.
atrofida jipslashib, xalq bilan bamaslaxat, hamnafas, bir tan bir jon bo`lib, xalol
mehnat qilib mustaqillikni yanada mustahkamlashimiz darkor. SHundagina biz o`z
maqsadimizga etamiz.
SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, agar har bir oilada, mehnat jamoalarida,
mahalla, qishloq, shahar, tuman, viloyatda osoyishtalik tinchlik bo`lsa,
mamlakatimizda ham barqarorlik tinchlik totuvlik bo`ladi. Mamlakatimzda tinchlik
osoyishtalik bo`lsa, bu mintaqamizdagi barqarorlik tinchlikka garov bo`ladi.
Mintaqamizda tinchlik bo`lsa, jahon hamjamiyatida ham tinchlik osoyishtalik
barkarorlik yuzaga keladi.
YAna shuni eslatib o`tish joizki, jamiyatimizda tinchlik barqarorlik millatlararo
totuvlikni ta`minlashda mehnat jamoalarining, tuman, shahar, viloyat raxbarlari katta
rol’ o`ynaydi. Donishmand raxbar atrofidagi insonlarga doimo g`amho`rlik qilib, ish
joylarida yaxshi muxit yaratib beradi va shunday yo`l bilan yangi yutuklarni qo`lga
kiritishga muyassar bo`ladi. Mansabdor shahslar shuni yaxshi bilishlari kerakki, ular
egallab turgan lavozim, mansab xalqda xizmat qilish uchun, ularning kundalik
ehtiyojlarini qondirib, hozirgi murakkab vaqtda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish
uchun berilgan,
«Bizning an`anaviy qadriyatlarimizni hozirgi demokratik jamiyatning
qadriyatlari bilan uyg`unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning,
jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qushilishining garovidir»,- deydi I.A.Karimov.
Barqarorlik tinchlik totuvlik —mustaqillikning tufayli qo`lga kiritilgan eng katta
yutug`imizdir. SHunday ekan, bugungn kunda ularni qadrdash, avaylab asrash, ximoya
qilish barchamizning eng dolzarb, eng oliyjanob vazifamiz bo`lib qolmog`i kerak
Dostları ilə paylaş: |