Haqiqiy vatanparvarlik millat, Vatan manfaati deb yashash, uning istiqboli,
baxti va saodati yo`lida mehnat qilish uchun kurashishdir. Vatan erki va yurt ozodligi
uchun hayotini
tikkan kishini xalq ham, tarix ham aslo unutmaydi. Bundaylarni
bemalol hakiqiy vatanparvar deb aytsa bo`ladi.
Mustaqil O`zbekistonimizning ravnaqi, istiqloli novqiron avlod tarbiyasi va
ta`limiga ko`p jihatdan bog`liq. YOshlar Vatanimizning, mamlakatimizning
kelajagidir. Vatanimiz taqdirini ularga ishonib topshiramiz. Buning uchun ular
zimmalariga yuklatilayotgan eng murakkab va mas`uliyatli vazifani butun mohiyati
ila chuqur anglashlari, xis qilishlari, unga o`zlarini hozirdanoq
tayyorlab borishlari
lozim.
YOshlarda o`z Vatani bilan faxrlanish tuyg`usi o`z-o`zidan paydo bo`lib
qolmaydi. Vatanga bo`lgan mehr-muhabbat odamning qalbiga ona suti bilan birga
kiradi. Bu muqaddas tuyg`uni ona allasi parvarish qiladi, ota tarbiyasi va o`rnagi
ulg`aytiradi.
YOsh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda urush va mehnat
faxriylarining roli katta. Insonda yurtga, Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch
tuyg`ularini shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. “Vatanga
muhabbat hissi, - deydi Prezident I. Karimov, - odamning qalbida tabiiy ravishda
tug`iladi. YA`ni inson o`zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida
Vatanga muhabbat tuyg`usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo`lsa,
tug`ilib o`sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo`ladi”
1
.
SHu bidan birga, faxriylarga hurmat-e`tibor bilan qarash, ularni ijtimoiy
muxofaza qilib, jamoat ishlarida, ayniqsa yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda foydalanish — mustaqil davlatimiz tomonidan qilinayotgan xayrli
ishlar sirasidandir.
YOshlarda vatanparvarlik his-tuyg`ularini shakllantirish
va rivojlantirishda oila
tarbiyasi katta o`rin tutadi. Jamiyatning, davlatning, insonning kelajagi oiladan
boshlanadi. Insonda yurtga, vatanga muhabbat, kelajakka ishonch tuyg`ularini
shakllantirish va rivojlantirishda ta`lim-tarbiyaning ahamiyati benihoya katta.
Hayot tajribasi, insonning ilmiy, axloqiy kamoloti, o`z burchi va mas`uliyatini
his qilish imkoniyati kuchayib borishi natijasida vatanparvarlik tuyg`usi kundalik
axloq me`yorlariga, keyinroq borib e`tiqod va imonga aylanadi. Bugungi kunda
yoshlarimiz vatanparvarlik bilan o`z vataniga sodiq bo`lish, uni himoya qilishga
tayyor bo`lish, milliy qadriyatlarni asrash va yanada rivojlantirish, xalqning shon-
sharafini yuqori ko`tarish kabilarni bog`laydilar.
YUksak ma`naviyat,
odob-axloq, iymon, e`tiqod, insofu diyonat, yaxshi xulq-
atvor insonda o`z-o`zidan paydo bo`lmaydi. Ma`naviyat insonga xos xususiyat bo`lib,
uning jamiyatdagi hayoti, tarbiya, mehnat, hayot tajribasi jarayonlarida shakllanib
sayqal topib, ruhiy mohiyatga aylanadi. Ishlarga beriladigan tarbiya qancha ertaroq
boshlansa uning samarasi shuncha kuchli bo`ladi.
Inson kamolotida tarbiyaning ahamiyati beqiyos. Abdulla Avloniy yuqorida
eslatib o`tilgan asarida bu haqda «Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot,
yo najot
yo haloqat, yo sabot yo faloqat masalasidir» deb yozgan edi. O`lkamiz halqlarining
1
Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси-халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир// Озод ва обод Ватан,
эркин ва фаровон ҳаёт-пировард мақсадимиз.8-жилд.-Т.:Ўзбекистон, 2000.-Б.502.
yosh avlodni tarbiyalash, ma`naviy kamol toptirish imkoniyatlari bitmas-
tuganmasdir.
O`zbek xalqida dunyo tan berib kelayotgan ajoyib insoniy fazilatlar, nodir urf-
odatlar mavjud. Oila a`zolarining barchasi to`planmaguncha ovqat emay turish, oila
boshlig`ini odob saqlab kutish, ota-onani o`rindan turib ko`tib olish, ularga har doim
iltifot ko`rsatish, kattalarga hurmat, kichiklarga mehr va shafqat, urug`-ajdodlarga,
qo`ni-qo`shnilarga,
xesh-aqrabo-larga, mahalladoshlarga, tanish-bilishlarga
yordamini ayamaslik va boshqalar bunga misol bo`la oladi.
O`zidan kattalarni, birinchi galda keksa bobolaru otalarni, nuroniy onalaru
buvilarni hurmat qilish, e`zozlash, ular uchun qo`ldan kelgan yordamini ayamaslik
o`zbek xalqining an`anaviy qoidasi bo`lib, u o`zbek oilasida yoshlikdan bolalar
ongiga,
qon-qonga, vujud-vujudiga singdirib yuboriladi.
XI asrning ulug` shoiri, donishmandi, YUsuf Xos Hojib qariyalarni hurmat
qilish, ular haqida behuda so`z aytmaslik, ular huzurida odob va kamtarlik bilan
so`zlash joizligini uqtirib shunday degan edi:
Dostları ilə paylaş: