bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyil-larini o`z milliy
qadriyatlari zaminida, o`z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an`analari
bilan qo`shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSH yoki Angliya, Frantsiya
(boshqa Evropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo`lsalar-da, lekin har biri
o`z milliy ruhi, an`analarini ham saqlagan. SHu kabi YAponiya, Koreya, Malayziya
kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy e`tiqod udumlar negizida
amal qilmoqda.
SHubhasiz, O`zbekistonda ham biz ana shunday bo`lishi uchun intil-
moqdamiz. YUrtboshimizning barcha asarlarida bunga alohida e`tibor qilinib, milliy
qadriyatlarni tiklash, milliy axloq-odobni mustahkamlash uchun sa`y-xarakatlar
qilinmoqda. Biz demokratiya yo`lini, dunyoviy taraqqiyot yo`lini tanladik, hamda
rivojlanayotgan davlatlar erishgan darajaga etish uchun bosqichma-bosqich qadam
tashlamoqdamiz
12
.
SHunday qilib, milliy g`oya hayotiy va istiqbolli g`oyadir. U taraqqiyotga va
mamlakat fuqarolarini chinakam hamjihatlikka, ma`rifatga olib boradigan
insonparvar va taraqqiyotparvar g`oyadir.
SHunga ko`ra milliy g`oya har qanday «izmlar» (kommunizm, panis-lomizm,
panturkizm kabi) zararli va umrini o`tab bo`lgan fikrlarni rad etadi. Vatanga, xalqiga
muhabbatli odamgina etuk ma`naviyatli, ma`rifat-lidir. Ma`rifatli odam o`z erkini
boshqalar erki bilan birga deb biladi, o`zgalarning yashash tarzi, e`tiqodi huquqini
hurmat qiladi. Bizning ulug` ajdodlarimiz Forobiy, Bahovuddin Naqshband, Alisher
Navoiy ana shunday etuk, komil inson bo`lish uchun kurashganlar. «Naqshband
uchun shohu gado barobar edi, u qul saqlamas va o`zi ham hech kimga qul
emasligidan faxrlanardi», deb yozadi Navoiy. Hazrat Navoiy asarlarida kuylangan
g`oyalar bugun ham bizga ibrat va saboq bo`lib kelmoqda.
Mustaqillik, demokratiya va taraqqiyot o`zaro uyg`un va bir biri bilan bog`liq
tushunchalar. CHunki agar milliy mustaqillik bo`lmasa, erkinlik ham, erkin
rivojlanish ham bo`lmaydi. SHaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas.
SHu bois, O`zbekiston XX asr 90-yillarida istiqlolni qo`lga kiritganda bir - biri bilan
bog`liq bo`lgan ikki vazifa kun tartibida turardi:
biri - mustaqillikni mustahkamlash
bo`lsa,
ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish.
Hozirgi paytda O`zbekistonda bu ikki jarayon muvaffaqiyat bilan davom
etmoqda va mamlakatimiz tobora iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar safiga kirib
bormoqda. Iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy-ma`rifiy yuksalish bilan
uzviy aloqada kechishi lozim. Boshqacha aytganda, iqtisodiy taraqqiyotni
O`zbekiston xalqining o`zi amalga oshiradi. YA`ni xalqimizning ma`naviy-ma`rifiy
saviyasi, bilim va malakasi, salohiyati, umummadaniy darajasi qanchalik baland
bo`lsa, iqtisodiy taraqqiyot ham shuncha tezlashib, «erkin, farovon hancha tezlashib,
«erkin, farovon hatiladi».
1
Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi angab etib, shunga qarab
faoliyat olib borishi lozim bo`ladi. Ammo bu sohada muammolarimiz ko`p. Zero,
Dostları ilə paylaş: