o`tmish tuzumdan meros bo`lib o`tdi va hozir ham ayrim kishilarning faoliyatiga
salbiy ta`sirini o`tkazib kelmoqda.
Mustabid tuzimda munofiqlikka
asoslangan, yakka hukmronlikni da`vo qilgan rasmiy
mafkura
real hayotni, odamlarning his-tuyg`ulari va orzu-intilishlarini aks ettirmay
qo`ygan edi. Ijtimoiy ongdagi bu tuzilish natijasida odamlarda ichki norozilik ortdi.
Ayrimlar esa bu soxta g`oyaga ishonar edi.
Milliy mafkuraning muhim vazifasi - kelajakka komil ishonch, erkin va
farovon hayotga umid hissini tarbiyalashdir.
Xalqimiz azaldan
noumidlikni, ruhiy tushkunlikni qoralablikni,
ruhiy tushkunlikni
qoralabbo`lgani kabi, milliy marosimchilikni hozirgi zamon ruhiga mos ravishda
tahlil
va tahrir qilish zarurati, milliy g`oyaga muvofiq tarzda rivojlantirish mas`uliyati
vujudga keldi. Masalan, to`y va marakalardagi ortiqcha isrofgarchilikka, kim
o`zarlikka chek qo`yish, bu marosimlarni ma`naviyatga xizmat qiladigan darajada
fayzli, farovon-likni ta`minlaydigan darajada kamxarj qilib o`tkazish, uning milliy
qadriyatlarimizga mos bo`lishi lozimligi O`zbekiston Prezidentining Farmonida
(1998) ham alohida ta`kidlab o`tilgan edi.
Umumbashariy qadriyatlar - mohiyat e`tibori bilan aksariyat xalqlar e`tiqod
va hurmat qiladigan, ammo genezisi (kelib chiqishi)ga ko`ra
bir yoki bir qancha
millatlar hayotidan olingan, umume`tirof
etilgan tamoyillar ekanligi, shubhasiz.
Muayyan milliy muhitda amal qilganligi uchun ham umumbashariy
qadriyatlarda ma`lum darajada milliylik libosi saqlanib qoladi. Masalan, qonun
ustuvorligi milliy istiqlol g`oyasining umuminsoniy tamoyili deb e`tirof etilgan.
Huquqiy demokratik jamiyat barpo etayotgan O`zbekiston uchun bu tamoyilni
ijtimoiy hayotning barcha sohalari va aholining barcha qatlamlari ongi va faoliyatiga
ta`sirli mafkuraviy vositalar orqali singdirish hozirgi davrning eng dolzarb
vazifalaridan biridir.
O`zbekistonda istiqomat qilayotgan ko`p millatli xalqqa xos bo`lgan milliy
qadriyat - bag`rikenglik, o`zaro ahillik, madaniy-ma`rifiy yaqinlik-dir. Xalqimiz
shovinizm
va agressiv millatchilikning, mutaassiblik, jaholat va aqidaparastlikning
har qanday ko`rinishlarini qat`iyan inkor etadi, bularning taraqqiyot va barqarorlik,
ma`naviyat va ma`rifat uchun xavfini chuqur anglaydi.
Dostları ilə paylaş: