Millatning tub manfaatlari, uning o`z o`tmishiga bergan bahosi va kelajakka
ishonchi milliy g`oyada o`z aksini topadi. YUksak ma`naviyatga, pokiza axloqqa,
demokratiya tamoyillariga tayangan milliy g`oyalar jamiyatni rivojlanishga etaklaydi.
Milliy g`oya mustaqillikni mustahkamlash, qadriyatlarni yuksaltirish omili va
mezonidir.
Mehnatsevarlik - ham shaxsiy, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatga
aylangan. Milliy istiqlol g`oyasi bu qadriyatga alohida baho beradi, uni buyuk
kelajakning ishonchli garovi deb e`tirof etadi. Demak quyidagicha xulosa qilish
mumkin.
1.
Mehnat - inson faoliyatining eng muhim turi, farovon hayot
kechirishning asosiy shartidir.
2.
Ta`lim inson tarbiyasida muhim o`ringa ega.
3.
Sabr - o`zbek xalqiga xos azaliy qadriyatlardan biri.
4. Savob, muruvvat, sahovat, andisha kabi tushunchalarda insoniy mohiyat
mujassamlashgan. 2004 yil «Mehr va muruvvat yili», 2005 yilning «Sihat-
salomatlik» yili deb nomlanishi, bozor munosabatlari rivojlana-yotgan hozirgi davrda
bu axloqiy qadriyatlarning ahamiyati oshib bormoqda.
5.
Halollik - insoniyat yaratgan eng olijanob axloqiy fazilatlardan biri.
6.
Odillik va haqiqatparvarlik, rostlik va to`g`riso`zlik, jamiyatda «butun
hayotimiz va faoliyatimizning bosh g`oyasi» bo`lgan adolat va haqiqat-ning namoyon
bo`lishidir.
Demak, asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelayotgan milliy ma`naviy
qadriyatlar milliy g`oyaga ma`naviy zamin, negiz bo`lib xizmat qilmoqda. Unga xalq,
millat, jamiyat amal qilish uchun kuchli, qudratli, ta`sirli milliy mafkura kerak.
Dostları ilə paylaş: