Yetim bola – otasi xam onasi xam vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb
e’lon qilingan bola.
Yo Yomon xulq – ma’naviyat rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan, kishilarning axloqiy
ideallariga, ular e’zozlaydigan qadriyatlarga zid keladigan odamlar orasidagi munosabatlarda salbiy
xodisa tarzida namoyon bo’ladigan insoniyldik talablariga mos kelmaydigan xususiyatlar va xatti
xarakatlarni o’zida mujassamlashtirgan salbiy xarakatlar, ya’ni odatlar, qiliqlarda namoyon bo’ladi.
Yomon xulqli odam deganda, o’zining xulq atvori qilgan ishlari bilan atrofdagilarga zarar
yetkazuvchi axloqan gnopok kishini tushunamiz.
Yosh – insonning jismoniy va ruhiy rivojlanishida xronologik jixatdan chegaralangan nisbiy
davr. Turli davrning bir xil vaqt o’lchamlaridan insonning jismoniy va ruxiy rivojlanishida o’z
sur’ati va sifati jixatidan turlicha o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Yosh bo’yicha davrlashtirish – inson xayotining davrlarini anatomik, fiziologik va ijtimoiy
psixologik belgilar majmui bo’yichs ajratish.
Yosh guruxi – yosh belgisiga ko’ra birlashtiriladigan kishilarning biron bir shartli katta
guruhi. Yoshni davrlashtirishga muvofiq MTTda bolalarning yoshiga ko’ra an’anaviy ajratiladigan
guruhlar: yasli yoshdagi bolalar guruhi, birinchi kichik yoshdagi bolalar guruhi, ikkinchi kichik
yoshdagi bolalar guruhi, o’rta guruh, katta bolalar guruhi va maktabga tayyorlov guruhi.
Yosh psixologiyasi –inson ontogenezi davomida uning ruhiy rivojlanish va shaxs sifatida
shakllanish bosqiyalarining qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya fani xisoblanadi.
Yosh fiziologiyasi – inson ontogenezi davomida organizm xayotiy faoliyatining o’ziga xos
xususiyatlarini o’rganadigan fan
Yosh xususiyatlari – yosh jixatdan rivojlanish bosqichlarining o’zgarishi natijasida qonuniy
ravishda o’zgarib boradigan individ shaxsning o’ziga xos xususiyatlari. Individual xususiyatlardan
farqli o’laroq yosh bilan bog’liq o’zgarishlar shunisi bilan ajralib turadiki, ular bir xil ijtimoiy
iqtisodiy sharoitlarda ko’pchilik muayyan madaniyat vakillarining ruhiyatida qsodir bo’lgan
o’zgarishlarni bildiradi.