Iroda – insonning ongli ravishda o’z oldiga qo’ygan maqsadi
sari ichki psixologik
to’siqlarni xam yengib o’tgan xolda amal qilish qobiliyati. Boshqacha aytganda, iroda qo’yilgan
maqsadga muvofiq amal qilishga xamda bunda ushbu maqsadga erishishga to’sqinlik
qilishi
mumkin bo’lgan istaklar va mayllarni bostirishga qodirlikda namoyon bo’ladi.
Is’tedod – 1. Qobiliyatlar, iqtidorlarning yuqori darajada rivojlanganligi bo’lib, ijodiy
faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. 2. fan, sanoat, madaniyat rivojiga katta xissa qo’shgan
insonning
ijtimoiy xarakteriskasi. Is’tedod ilmiy tushunchadan ko’ra, ko’proq maishiy turmush tushunchasidir,
chunki is’tedod tushunchasini tashxislashning nazariyasi va metodikasi mavjud. Is’tedod
darajasi
to’g’risda insonning faoliyat maxsullariga qarab baxo beriladi.
Ichki nutq – nutqning bu turi ongda shakllanadi va boshqalarga bayon qilinadi. U ovozsiz,
qisqa bo’ladi. Ichki nutq inson nutqiy tafakkurining muhim shaklidir, shuning uchun xam nutqida
kamchiligi bo’lgan bolalarda uni to’liq shakllantirish katta axamiyat kasb etadi.
Y
Yod yetishmasligi kasalliklari – organizmda yodning yetishmasligi oqibatida qalqonsimon
bez kasalliklari ko’rinishida namoyon bo’ladigan kasalliklar.
Yo’riqnoma (instruksiya) – 1) qonun yoki boshqa normativ akt qoidalarini tushuntirib
berish maqsadida
chiqariladigan yuridik xujjat; 2) biror bir ishni bajarish, mashina, pribordan
foydalanish tartibi to’g’risidagi ko’rsatmalar.
Dostları ilə paylaş: