Biznes rejani qisqa va uzoq muddatga mo’ljallash
Biznes-reja bozor ehtiyojini inobatga olgan holda firmaning qisqa va uzoq
muddatga mo'ljallash, shuningdek zaruriy resurslarni olish maqsadida tuziladi.
U tadbirkorga quyidagi vazifalarni bajarishga, ya'ni:
• firma faoliyatidagi aniq yo'nalishni, maqsadli bozorlar va u bozorlarda firma
ning
o'rnini aniqlashga;
• firmaning qisqa va uzoq muddatli maqsadini belgilash va ularni amlga oshi
rish
taktikasi hamda strategiyasini ishlab chiqishga. Har bir strategiya ijrosi
ni
ta'minlovchi ma'sul, javobgar shaxslarni belgilashga;
• tovar va xizmat turlarini tanlash va iste'molchilarga qilinadigan taklif
tarkibini
belgilashga, ularni ishlab chiqarish va sotishga sarflanadigan xarajatlar
ni
baholashga;
• firma maqsadini amalga oshirish uchun mavjud kadrlar salohiyatining
hamda
mehnat motivatsiyasining talab darajada ekanligini baholashga;
• bozorni o'rganish, reklama, sotishni rag'batlantirish, narx-
navo, sotish
shaxobchalari va hokazolar bo'yicha firma marketingi faoliyati tarkibi
ni
aniqlashga;
• firma maqsadini amalga oshirishda mavjud moliyaviy va moddiy
resurslarning
muvafiqligini baholashga;
• biznes
rejanibajarishga xalaqit beruvchi, ko'zda tutilmagan qiyinchiliklar,
to'g'anoqlarni oldindan ko'ra bilishga yordam beradi.
Biznes-rejani nazarga olmagan tadbirkor kutilmagan noxushliklarga
duch kelishi tabiiy. Bu noxushliklar nafaqat tadbirkorning o'ziga, shu bilan birga
uning boshlagan yoki yurgizayotgan faoliyatiga qattiq zarba berishi mumkin. Shu
sababli vaqtni ayamasdan biznes-rejani tuzishga (uni tuzishga 200 odam-soatgacha
vaqt talab qilinadi), so'ngra faoliyatni boshlashga jazm etmoq zarur. Hattoki
bozorda o'zgaruvchanlik intensiv bo'lgan hollarda ham uni tuzishdan voz
kechmaslik darkor.
Firma
faoliyatini
biznes-reja
vositasida
rejalashtirish
quyidagi
afzalliklarga ega:
• firma rahbarlarini firma istiqboli bilan shug'ullanishga majbur qiladi;
• firma maqsadini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslarni
aniq
muvofiqlashtirishga imkon beradi;
• firma faoliyatini nazorat qilish ko'rsatkichlarini o'rnatishga yordam beradi;
• firma rahbari va ma'sul xodimlar majburiyatlarini yanada aniqroq
o'rnatishga,
ularning javobgarligini oshirishga majbur qiladi;
• firmani bozor vaziyatiga har doim tayyorlab boradi.
Qisqasi, biznes-reja tadbirkorga mazkur faoliyat uchun pul sarflash kerakligi,
bu sarf daromad olib keladimi, olingan daromad sarflangan xarajatni qoplab
firma rentabelligini ta'minlay oladimi degan savollarga javob beradi.
Biznes-reja quyidagi o'ta dolzarb vazifalarni echish uchun ham zarurdir:
• mavjud va yangitdan tashkil topadigan xususiy va aktsiyador firmalarga
kredit
olish uchun;
• davlat korxonalarni xususiylashtirish bo'yicha takliflarni asoslash uchun;
• yangi faoliyatni boshlash va firmaning bo'lg'usi yo'nalishni aniqlash uchun;
• chetdan investorlarni jalb qilish uchun;
• qo'shma korxonalarni tashkil qilish uchun;
• buyurtmachi yoki xaridor bilan yirik shartnomani tuzish uchun;
• yangi malakali xodimlarni o'z firmangizga jalb qilish uchun;
• tovaringizni yoki xizmat turlarini chetga chiqarishni asoslash va
hokazolar
uchun.
Bu muammolarni echish uchun biznes-reja zarurdir va u awalgi
ko'nikkan texnik-iqtisodiy asoslash kabi xujjatning o'rnini bosmog'i darkor.
Biznes-rejani menejer, tadbirkor, firma, firmalar guruhi, konsalting tashkiloti
tayyorlashi mumkin. Biznes-rejani tuzish jarayoni tadbirkorlik g'oyasidan
boshlanib, olingan foydani uning ishtirokchilariga taqsimlash bilan yakunlanadi.
Biznes-rejani tuzishda rahbarning shaxsan ishtiroki juda zarurdir.
Shuning uchun ham ko'pgina xorijiy mamlakatlar banklari va investorlari, agar
biznes-rejani boshidan oxirigacha chetdan maslahatchi yollab bajargan va rahbar
faqat qo'l qo'yganini bilib qolsalar, bunday biznes-reja loyihasiga mablag'
berishdan voz kechadilar.
Bu
degani
biznes-rejani
ishlab
chiqishda
maslahatchilar
hizmatidan foydalanmaslik kerak degani emas, aksincha, investorlar tomonidan
ekspert maslahatchilarning xizmatidan biznes-rejani ishlab chiqishda foydalanish
mumkinligi qo'llab-quwatlanadi. Gap bu erda boshqa narsada. Biznes-rejani ishlab
chiqishda korxona rahbarining yoki tadbirkorning shaxsan o'zi ishtirok etishi shart.
Firma
yangi
o'zlashtirilgan
mahsulotlarni
ishlab
chiqarishni
mo'ljallagan bo'lsa-yu, lekin bularni ishlab chiqarish uchun etarli quwatlarga ega
bo'lmasa, u yo yangi quwatlarni yuzaga keltirish uchun sarmoyalarni jalb qilish
yo'lidan borishi, yoki ishning bir qismini bajarib beradigan sheriklarni qidirib
topish yo'liga kirishi mumkin. Bunday holda biznes-reja sheriklar kapitalini inobatga
olgan holda tuziladi.
Biznes-rejani
yangi
hissadorlar,
kreditorlar,
biznes
sohasidagi
sheriklar, mablag' beruvchi xomiylar va chet el investorlarini qidirib topishda
hammadan ko'p foydalaniladi. Bunday sharoitda biznes-reja qachon, kim va nima
uchun degan savollarga javob olish uchun tuziladi.
Tadbirkor uchun uning biznesi hayot-mamotidir. Bank menejeri yoki chet
el investori uchun tayyorlangan bu xujjatlar ular qo'liga kelib tushadigan
ko'plab xujjatlarning faqat biridir. Siz bu reja bilan ularni ishontira olishingiz,
o'zingizga jalb qila olishingiz va pirovardda uni qo'llab-quvvatlashingizga erisha
oolishingiz lozim.
Buning uchun siz tuzgan biznes-reja quyidagi talablarga javob berishi, ya'ni:
• aniqvaravon;
• qisqa va lo'nda;
• mantiqan kuchli asoslangan;
• to'g'ri va ishonchli;
• raqam va faktlar bilan o'z tasdig'ini topgan bo'lishi shart.
|