O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
3-masala 
 
Dunyoda birinchi bo‘lib issiq pitsalarni uyga yetkazib berish g‘oyasi 
bilan chiqqan «Domino» firmasi endigina ochilgan davrda haftasiga bor-
yo‘g‘i 15 dollar daromad olgan xolos. Bu firma o‘z qarzlaridan 10 yil 
davomida qutula olmagan. Lekin, keyinchalik, bu firma yuzlab shaxob-
chalarga ega bo‘lgan, aylanma kapitali 2 millard dollardan oshib ketgan 
yirik kompaniyaga aylangan. Bu firma faoliyatining boshlang‘ich 
davrida muvaffaqiyatga uchray olmaganligining asosiy sababi nimada 
edi, deb hisoblaysiz? Bu kompaniyaning keyinchalik muvaffaqiyat 
qozonishiga nimalar sabab bo‘ldi? 


365 
4-masala 
 
Turistik firmaning marketing muhiti mikro va makro muhitlarni o‘z 
ichiga oladi. Mikro muhitga firmaning faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi 
omillar kiradi. Masalan, turistik firmaning mikromuhitiga firmaning 
o‘zi, uning ta’minotchilari, raqobatchilari, iste’molchilari, oradagi vosi-
tachilari hamda keng jamoatchilik fikri kiradi. Sizningcha, bu omillardan 
qaysi biri eng muhim, deb sanaladi? Bu omillardan birortasini boshqa-
laridan ustun qo‘yish to‘g‘rimi? 
 
5-masala 
 
Toshkentdagi ayrim yuqori darajada xizmat ko‘rsatuvchi mehmon-
xonalarda sotiladigan ba’zi bir tovarlarning narxlari biroz qimmat. 
Masalan, plastmassa idishdagi 1,5 litr hajmdagi mineral suvning narxi 
3000 so‘m atrofida belgilangan. Xuddi shu suvni mehmonxona tash-
qarisida 1200-1300 so‘mga sotib olish mumkin bo‘lgan taqdirda narxlar-
ning bunchalik yuqori belgilanishiga nimalar sabab bo‘lgan bo‘lishi 
mumkin? 
 
6-masala 
 
«Xushtaom» nomli umumiy ovqatlanish firmasi oshxona jihozlari, 
asboblari sotib olish maqsadida «Maishiy mollar» firmasi bilan 
shartnoma tuzdi. Shartnomaga ko‘ra xaridor 100 % to‘lovni amalga 
oshirgandan so‘ng sotuvchi korxona asboblar va jihozlarni yetkazib 
berishi lozim. Xaridor 50 % to‘lovni amalga oshira olmasligini ma’lum 
qildi.Vaziyatni hal qiling. Tomonlar huquqlarini asoslab bering. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin