364
MASALALAR, TOPSHIRIQLAR VA MUAMMOLI
VAZIYATLAR
Vaziyatli topshiriqlar
1-masala
Dunyoda ustara (britva) dan foydalanuvchilar soni olti yuz million
erkak va to‘rt yuz million ayoldan iborat, deb belgilash mumkin.
Erkaklar bir yilda o‘rtacha 12 ta (oyiga bitta) ustaradan foydalanadilar.
Ularning har birining narxi 50 sent. Ayollar yiliga taxminan 10 ta
ustaradan foydalanishadi va ularning xarajati erkaklardan taxminan 40
sentga kam. Ustaradan foydalanuvchilarning jahon bozori hajmini
jismoniy (necha kishi) va moddiy (qiymat) shaklda aniqlang.
2-masala
Rossiya bozorlarida 2009 – yilda 31,7 million dona mobil telefonlar
sotildi shundan Nokia – 8,5 mln., Samsung-7,3mln., Motorola-4.7mln.,
Benq-siemens-3,8 mln. Sony Ericsson-3,6 mln. Boshqa kompaniyalar
3,8 mln telefon sotishdi. Har bir bozor qatnashchisining hissasi ulushini
hisoblab chiqing. Mobil telefonlar bozoridagi raqobat holatini baholang.
Dostları ilə paylaş: