O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
7-masala 
 
Ekspert jurnalining 2000 yil № 12 sonida shved mebeli chiqaradi-
gan IKEA firmasining Rossiyadagi do‘kon – ombori haqida ma’lumotlar 
nashr qilingan. 
Firmaning kapitali - 2899 rubl. 
Tungi lampa - 129 rubl. 
Vino uchun bokallar – 146 rubl. 


366 
Ushbu firma Rossiyadagi 3 – 4 tadan iborat bo‘lgan oilalarni o‘zi-
ning xaridorlari deb, hisoblaydi. Ularning 1 oylik daromadi 200$ – 400$ 
gacha va kvartiralarning umumiy maydoni 52 kv.m. Yarim asrlik 
kompaniyaning asosiy shiori-“ommaviylik”, “oddiylik”, “arzonlik”. 
Butun dunyo bo‘yicha 158 ta kompaniyalarining do‘konida yuqoridagi 
talablar bir necha oddiy uslublar bilan faoliyat yuritadi. Firma tomo-
nidan atigi 10 % assortimentdagi mebel ishlab chiqiladi. Qolgan qismi 
mol yetkazib beruvchi yoki ta’minotchilardan sotib olinadi. Shu bilan 
birga ular bilan dizayn ishlab chiqiladi va mahsulotning tannarxini 
pasaytirish uslublari izlanadi. Narxlarni tushirish va sifatni ko‘tarish 
maqsadida IKEA kompaniyasi eshik ishlab chiqaruvchilarga stolning 
ustki qismlari (“Stoleshnitsa”) ni, stolning oyog‘ini va karkasini super-
marketlar uchun metalldan aravachalarni ishlab chiqaruvchi fabrikaga 
buyurtma beradi. Firma mebelni ajratilgan turda kam joyni egallashi 
evaziga tashish uchun ham iqtisod qilib past narxlarni ushlab turadi. Eng 
asosiy yangilik mebelni xaridor do‘kondan o‘zi olib ketadi va mustaqil 
turda yig‘adi. Bunda mebelni yig‘ish, chakana sotish va yetkazib berish-
dagi iqtisod, ya’ni tejamlilik yaqqol ko‘rinadi. Barcha do‘konlar shahar-
dan tashqarida joylashganligi evaziga yerlarni egallab turish uchun narx-
lar to‘lovi juda past. IKEA kompaniyasi Rossiya ishlab chiqaruvchilarini 
ham jalb qiladi. Shu sababli mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlarining 
bir qismi ham past narxlarni ushlab turishda yordam beradi. Shunday 
qilib IKEA do‘konidagi o‘rtacha xarid 40$ ni tashkil etib, analitik 
tahlilchilar fikriga ko‘ra Rossiyadagi mebel biznesini to‘liq o‘zgarishiga 
va’da beradi. Quyidagi savollarga javob berib, vaziyatni tahlil qiling.
Rossiya IKEA maqsadli bozoriga xarakteristika bering (tavsif).
IKEAni narx strategiyasi va narx siyosatining maqsadini aniqlang.
IKEA firmasining mahsulotiga past narxlarga nima evaziga erishi-
ladi.
IKEA mahsulotlarining sifati haqida nima deyish mumkin?
Ushbu mahsulotni maqsadli bozoriga e’tiborni jalb qilishda narx 
qanday rol o‘ynaydi?
“Xarid qil va sot” savdo majmuasi “BOBO” mahsuloti narxini 45 
rubldan 42 rublgacha tushirdi. Shuning evaziga sotuv hajmi 64200 dan 
66100 donaga ortdi. Talabning elastikligini aniqlang.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin