374
QIZIQARLI MARKETING
Qiziqarli savollar-1
1. Tijoratda raqobatga qarshi uchta asosiy va qudratli qurol bor:
1) sifat; 2) narx; 3-nima?
2. O‘zbekiston qonunchiligida uning to‘rt turi belgilangan — oddiy,
qiyosiy, noto‘g‘ri, yashirin.
Savol: gap nima haqida ketmoqda?
3. Ushbu pullarni nima birlashtiradi – vona, austral, lira, yuan,
to‘g‘rik, afg‘oni?
4. Bu ikkala o‘zaro raqobatchi kompaniyaning qishloq xo‘jaligiga
hech qanday aloqasi yo‘q. Lekin ulardan ikkovi ham o‘z ramzlarida
qishloq xo‘jaligining yirik sohalari bilan bog‘liq narsalarni o‘zlariga
ramz qilib olishgan. Ulardan biri qishloq xo‘jaligi
sohalaridan birining
eng asosiy mahsulotlaridan birini o‘z ramziga tushirgan bo‘lsa,
ikkinchisi qishloq xo‘jaligining yana bir sohasining asosiy mahsulotini
yaratuvchilarini o‘ziga ramz qilib olgan.
Shu kompaniyalarning nomini
ayting.
5. Oskar Uayld shunday yozgan: “Jamiyatning pul haqida boylardan
ham ko‘proq o‘ylovchi
faqat bitta sinf bor, bu ulardir”. Savol: ular
kimlar?
6. Genri Ford “Model-T” deb nomlangan avtomobillarini asosan
qora rangga bo‘yab sotgan. Savol: nima uchun?
7. Genri Ford korxonadagi ishchilarini
kam maoshga shukur qilib,
sidqidildan ishlashlari uchun ularga navbati bilan bir yumushni
bajartirgan. Agar o‘sha davrlardagi iqtisodiy
holatni bilsangiz, aytingchi
bu qanday yumush?
8. 1940- yillarda Ford kompaniyasi avtomobillarga
signalizatsiya
o‘rnatib sota boshladi. Lekin signalizatsiyaga talab sezilarli bo‘lmadi.
Buning ikkita asosiy sababi bor edi. Birinchisi-o‘g‘rilarning kamligi.
Fordni bilgan holda 2-sababini siz ayting.
9. Genri Ford 1916-yilda o‘z kompaniyasini davlat tasarrufidagi
kompaniya, deb e’lon qiladi. Savol: shundan so‘ng kompaniya
qanday
texnikalar ishlab chiqargan?
375
10. Savolda ortiqchasini toping: aka-uka Lumyerlar,
Genri Ford,
Tomas Edison, Aleksandr Bell, Alfred Nobel.
Javoblar:
1.Reklama.
2. Reklama.
3. VALUTA izoh: bosh harflar o‘qilsin.
4.
UMS-tuxum, BEELINE- asalari!
5. Kambag‘allar!
6. U arzon narxdagi mashinalar ishlab chiqarishga intilgan. Qora
rang eng arzon rang hisoblangan.
7. Deraza oynasini arttirgan. Chunki ishsizlar eshik oldida qator
bo‘lib turishgan.
8. Signalizatsiya mashinani qimmatlashtirgan.
9. Harbiy texnikalar.
10. Genre Ford. Qolganlar ixtirochilar. Ford esa avtomobil targ‘i-
botchisi.
Dostları ilə paylaş: