404
Kuzatuv — birlamchi axborotlarni doimiy ro‘yxatga olish, ya’ni
jarayon, voqea, harakatlar sezish organlari orqali ko‘rib yozib boriladi.
Eksperiment — birlamchi axborotlar sodir bo‘layotgan jarayonlarda
tadqiqotchining faol qatnashishi orqali to‘planadigan metod. Eksperi-
ment amaliyot shakli bo‘lib, haqiqiy holatni ifodalashi
tufayli marketing
qarorlarini asoslashga me’yyor — andoza bo‘ladi, shuning uchun ham
ko‘proq ilmiy tadqiqotlar jarayonida o‘tkaziladi.
So‘rov — biror obyektga va undagi jarayonga oid kishilarning fikr-
mulohazasi,
tafakkuri, dunyoqarashini bilish uchun maxsus anketada
oldindan tayyorlangan savol-javob (test) shaklida o‘tkaziladi.
Marketing strategiyasida ansoff qoidasi —
marketing nazariyasi va
amaliyotida muhim o‘rin tutadigan bir konsepsiya. Ma’lumki, marketing
strategiyasini ishlab chiqish — korxona (firma, kompaniya) faoliyatiga
nisbatan dasturiy-maqsadli yondashuvdir.
Segmentlash strategiyasi — barcha guruhdagi iste’molchilar havola
etilgan tovarlar va xizmatlar bilan to‘yinganligi darajasini chuqurlash-
tirish, eng mayda jihatlarni ham qo‘shganda bozor talabining eng
ichkarisini tanlash;
Diversifikatsiya strategiyasi — shunchaki
tovarlarni tabaqalashtirish
emas, aksincha, mutlaqo yangi va soha firmasi faoliyatining asosiy
turlariga bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatining
yoyilishini ham
qo‘shganda, yangi tovarlarni ishlab chiqarish va ular bilan yangi bozor-
larni o‘zlashtirish.
Baynalmilallashtirish strategiyasi — yangi chet el bozorlarni o‘zlashti-
rish;
Bazaviy marketing strategiyasi — korxona (kompaniya)ning uzoq
muddatli rejasi bo‘lib, g‘arb mamlakatlarida unga ko‘pincha «xomaki reja»,
deb tarif beriladi. Mazkur reja mufassal qayd etilgan strategiya rejalari
tashqi muhitda voqealarning kutilmagan burilishlariga uchraydi,
shuning
uchun bazaviy uzoq muddatli strategiya (maqsadning o‘zi singari) bir
marta berilgan va o‘zgarmas bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: