406
imkon beruvchi yetarlicha katta va hatto ulkan tovarlar va xizmatlar
bozori.
Public relations — jamoatchilik, matbuot, saylab quyiladigan organlar
va jamoatchilik tashkilotlari bilan aloqalar tizimi bo‘lib, reklamadan
farqli ravishda asosan notijorat asosda yuritiladi.
Pablisiti — tijorat asosidagi xayriya xabarlari, taqdimotlar yoki
tovarlar, xizmatlar, firmalar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali
beriladigan materiallar.
Pablisiti vositalari (publicity tools) — kompaniya, g‘oyalar, tovar yoki
xizmatlarni noshaxsiy tanishtirish va taqdim etishni ta’minlovchi
vositalar. Masalan, press-relizlar, matbuot anjumanlari, maxsus reklama
ana shular sirasiga kiradi.
Partsell — tovar partiyasi; yukning kichik partiyasi.
Pozitsiyalash — xaridorlar ongida kompaniya imijini va tovar
obrazini yaratish
Promoushn (promotion) — talabni oshirish, mahsulot o‘tkazilishi
va sotilishini ko‘paytirish, mahsulotni realizatsiya qilish uchun bozor
makonini yanada kengaytirish maqsadlarida reklama, press-relizlar,
shaxsan sotish, sotishni rag‘batlantirish va tovar yoki xizmatni ishlab
chiqaruvchilar, sotuvchilar tomonidan qo‘llanadigan boshqa marketing
kommunikatsiyalari vositasida amalga oshiriladigan turli marketing chora-
tadbirlari, sa’y-harakatlari yig‘indisi.
Promo-sayt (promo-site) — qandaydir reklama kampaniyasi uchun
maxsus yaratilgan yoki ma’lum bir tovar yoxud kompaniyaga bag‘ishlan-
gan sayt.
Psixografika — psixologiya va demografik statistikani birlashtiruvchi
termin. Keng jamoatchilik alohida namoyandalari va guruhlari turmush
tarzi va xulq-atvorini tadqiq, tahlil qilish, baholash texnologiyalarini
tariflash uchun foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: